O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə101/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Superkategorial qatlam- konseptosferaga ishora qiluvchi mavhum qatlam.
Superkonsept - emotsional-ekspressivlik, obrazlilik kuchli darajada aks etgan konsept.
Superlativ - tashviqot, targ‘ibot va reklamaning eng yuqori bahoni ifodalashda qo‘llanuvchi vositasi.
Sqenariy (skript) - zamon va makonda alohida epizodlar va bosqichlar, elementlarning izchilligi sifatida tavsiflanadi: harakat, rivojlanish alomatlariga ega stereotip epizodlar (mushtlashuv, ekskursiya va shu kabilar).
Freym - tarkibiy qismlar yaxlitligidagi ko‘p komponentli konsept, keng ko‘lamli tasavvur, predmet yoki hodisa haqidagi standart bilimlarning ma’lum majmuasi.
Ekzersitiv - (lot. exegsitation - «ijro etmoq», «bajarmoq») nutqiy akt. Bu nutqiy akt buyruq berish, majbur qilish, maslahat berish, ogohlantirish ma’nolarini ifodalaydi.
Ekstensional - so‘zning predmet, hodisa va ob’ektivlikka mos kelishi.
Ekspozitiv - (ing. exrozition - «izoh, tavsif, tushuntirish») nutqiy akt. Muloqot jarayonida so‘zlovchining o‘z fikrini izohlashi, tasdiqlashi va tushuntirishi.
Ekspritsioer yoki agens - sub’ekt.
Metateza – yonma-yon kelgan undosh tovushlarning o‘rin almashishi.
Singarmonizm - so‘zning asosi va affiks tarkibidagi unlilarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, garmoniyasi.
SHeva – muayyan tilning o‘ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ega bo‘lgan eng kichik qismi.
Lahja - fonetik, leksik va grammatik umumiylik asosida birlashgan shevalar yig‘indisi. U dialekt nomi bilan ham ataladi.
Fonetika - tilshunoslikning fonetik birliklar, ularning fizik-akustik va h.k. xususiyatlari haqida ma’lumot beruvchi bo‘limi.
Tovush cho‘ziqligi - tebranishning oz yoki ko‘p vaqt davom etishi.
Tovushning sifat belgilari - tovushning balandligi, kuchi (intensivligi), tembri.
Tovushning miqdor belgisi - tovushning cho‘ziqligi.
Artikulyasiya - nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi harakati va holati.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin