O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə104/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Leksikografiya – tilshunoslikning lug‘atchilik bilan shug‘ullanuvchi sohasi.
Ensiklopedik lug‘atlar – tabiat va jamiyatdagi muhim hodisalar, tarixiy-ilmiy voqeliklar, buyuk shaxslar haqida ma’lumot beruvchi lug‘at tiplari.
Lisoniy lug‘atlartil birliklari, til tizimiga xos kategoriyalar haqida ma’lumot beruvchi lug‘atlar.
Universal ensiklopediyalar – tabiat va jamiyatning barcha sohalariga oid muhim voqelik-hodisalar haqida ma’lumot beruvchi qomusiy lug‘atlar.
Soha ensiklopediyalari – faqat bir sohaga oid ma’lumotlar beriladigan qomusiy lug‘atlar.
Bir tilli lug‘atlar – bir til materialiga asoslangan lug‘atlar.
Ko‘p tilli lug‘atlar – bir necha til materiallariga asoslangan lug‘atlar.
Izohli lug‘atlar – so‘z ma’nolari izohlangan, sharhlangan lug‘atlar.
Izohsiz lug‘atlar – so‘z yoki termin ma’nolari izohlanmagan lug‘atlar.
Terminologik lug‘atlar – u yoki bu sohaga oid terminlar haqida ma’lumot beruvchi lug‘atlar.
Tilshunoslikka kirish — tilshunoslik fani bo‘yicha boshlang‘ich saboqlar majmui.
Umumiy tilshunoslik — tilshunoslikning turli tillarga oid umumiy masalalarini o‘rganuvchi sohasi.
Xususiy tilshunoslik — (masalan, o‘zbek tilshunosligi) — tilshunoslikning alohida tillarni (juniladan, o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan va h.k.), ularning xususiyatlarini o‘rganuvchi sohasi. Muayyan tilni o‘rganuvchi mutaxassislar ilmiy tadqiq etuvchi tilning nomi bilan rusist, turkolog, germanist, afrikanist va h.k. deb ataladi.
Til falsafasi — Tilshunoslikning til va nutqning umumfalsafiy asoslarini o‘rganuvchi sohasi.
Antropolingvistika (antropologik tilshunoslik) — tilshunoslikning til lug‘ati, grammatikasi va boshqa xususiyatlarini o‘rganuvchi sohasi.
Paleolingvistika (lingvistik paleontologiya) — tilshunoslikning til lug‘ati, grammatikasi va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib, unda dastlabki so‘zlagan xalqning hayoti va ma’lum hududda tarqalishi hamda tafakkur jihatini ilmiy tadqiq etuvchi sohasi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin