Verbal muloqot - verbal kommunikatsiya; lisoniy muloqot.
Verdiktiv - nutqiy akt. Sud, hakam kabilar tomonidan hukm chiqarish. Dj.Ostinning nutqiy aktlar tasnifida berilishicha, hakam yoki sudyalarning aybdorlarga hukm e’lon qilishiga xizmat qiladigan nutqiy akt; ijobiy yoki salbiy baho va shu kabilar (ayblash, tanbeh, tankid, maqtov va shu kabilar).
Verdikt (lotincha vere dictum - rost aytilgan) jinoyat tahlili jarayonida maslahatchilar hay’atining o‘z oldilariga ko‘yilgan masala, ya’ni ayblanuvchining gunohkor ekanligini tasdiqlovchi qarori.
Sudlanuvchining aybdor ekanligini isbotlashga qaratilgan har bir harakatda uch asosiy masala ko‘yiladi:
Bu harakatni sudlanuvchi tomonidan amalga oshirilganligi isbotlab berilganmi;
Bu harakatni amalga oshirishda sudlanuvchi rostdan ham aybdormi.
Agar yuqorida qayd etilgan bu uch asosiy masalaga maslahatchilarning asosiy qismi bir xilda ovoz bergan bo‘lsalar, ayblovchi verdikt qabul kilingan hisoblanadi.
O‘zini oqlash verdikti qabul qilinishi uchun qo‘yilgan uch asosiy savolning to‘g‘ri kelganiga berilgan rad javobini kamida olti maslahatchi yoqlab ovoz berishi lozim.
Agar ovozlar miqdori teng kelib qolsa, ayblanuvchiga ma’qul keluvchi javob tanlanadi. «Aybdor» verdiktini e’lon qilishda sud maslahatchilari ayblov fikrini o‘zgartirib, sudlanuvchiga ma’kul keluvchi qarorga kelishlari mumkin.
Har bir savolga berilgan javob tasdiqlovchi «ha» yoki rad qiluvchi «yo‘q» tarzida bo‘lishi, izohlovchi so‘zlar (ha, aybdor, yo‘q, aybdor emas) bilan kelishi kerak. Savollarga berilgan javoblar maslahatchilar boshlig‘i tomonidan savolnomaga har bir savolga javob qaytarilgandan so‘ng kiritiladi. Javoblar qaytarilgan hujjat maslahatchilar boshlig‘i tomonidan imzolanadi.
Volyuntativ- so‘zlovchining sub’ekt ish harakatiga munosabati.
Geshtalt - inson tomonidan ob’ektiv voqelikni idrok etish va talqin qilish natijasida hosil bo‘lgan olamning o‘ziga xos modeli hisoblanuvchi kognitiv konseptual struktura; tasvirlanayotgan ob’ekt yoki hodisaning dinamik va statik aspektlarini birlashtiradigan yaxlit obraz.