O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə42/57
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#178259
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Davriy xatolik - bu bir xil miqdorlarni qayta o‘lchaganda o‘z qiymatini yoki o‘zgarish qonuniyatini o‘zgartirmaydigan xatolikdir.
Tasodifiy xatolik -bu bir xil miqdorni qayta o‘lchaganda o‘z qiymatini biror qonuniyatga bo‘ysunmagan holda tasodifan o‘zgartiruvchi xatolikdir.
Umuman, o‘lchash xatoligiga bir qancha sabablar ta’sir ko‘rsatadi. Bularga asbobni o‘lchanayotgan miqdorning diapazoniga, asbobning o‘zi qabul qiladigan quvvatiga, sezgirligiga nisbatan noto‘g‘ri tanlash, asbobni noto‘g‘ri ishlatish (tashqi sharoitning normal sharoitdan farq qilishi, asbobni to‘g‘ri o‘rnatmaslik), o‘lchash sistemalarini noto‘g‘ri tanlash va boshqalar kiradi.
Davriy xatolik o‘z navbatida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xa­toliklarga bo‘linadi. Qayta o‘lchaganda o‘z qiymati va ishorasini o‘zgartirmaydigan xatolikka o‘zgarmas davriy xatolik deyiladi. Bunga misol tariqasida o‘lchashda qo‘llanadigan o‘lchovning haqiqiy qiymati yuqori aniqlik bilan o‘lchanmaganligini keltirish mumkin. Ma’lum qonuniyat bilan o‘zgaruvchi xatolikka esa o‘zgaruvchan davriy xatolik deyiladi. Agar o‘lchash natijasi kuchlanishga bog‘liq bo‘lsa, akkumulyatorning zaryadsizlanishidagi kuchlanishning bir tekis kamayishi o‘zgaruvchan davriy xatolikka misol bo‘la oladi. Davriy xato­lik keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlab, tuzatish kiritish orqali mazkur xatolikni kamaytirish va butunlay yo‘q qilish mumkin.
Agar davriy xatolik tasodifiy xatolikdan kichik bo‘lsa, bir xil miqdorni o‘lchashda uni bir necha bor o‘lchab, o‘lchash natijasi sifatida ularning o‘rtacha qiymatini olish maqsadga muvofiq, ya’ni
;
bunda A1, A2, A3......., An - har bir o‘lchash natijasi, n - o‘lchashlar soni. O‘lchashlar soni katta bo‘lganda Ao‘r o‘lchanayotgan miqdorning haqiqiy qiymatiga yaqinlashadi.
Bilvosita o‘lchashda ikkita va undan ortiq o‘lchash asboblaridan foydalaniladi. Bu holda bilvosita o‘lchashdagi xato­lik bevosita o‘lchashdagi xatolikning algebraik yig‘indisi shaklida yozib, topiladi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin