O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi


Elektrodinak sistemadagi o’lchov asboblari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə39/57
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#178259
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Elektrodinak sistemadagi o’lchov asboblari. Bunday asboblar elektr toki o’tib turgan ikkita alohida o’ramning o’zaro ta’siri asosida ishlanadi va elektromagnit sistemasidagi elektr o’lchov asboblari singari ham ikkala tok zanjirida ham qo’llaniladi.
Har qanday elektr o’lchov asboblari ham elektr miqdorlarni o’lchash paytida bir oz xatolikka yo’l qo’yadi .
O’lchanayotgan miqdorning xaqiqiy qiymati bilan o’lchov asbobi ko’rsatgan qiymat orasidagi tafovut absolyut hatolik deb ataladi va (delta) harfi bilan belgilanadi. Bu harf o’lchanayotgan miqdori belgilovchi harf oldiga yoziladi. Masalan, kuchlanishni volt metr bilan o’lchash paytida sodir bo’ladigan absolyut xatolik U shaklida yoziladi.
Absolyut xatolik o’lchov asbobining qanchalik o’lchay olishi xaqida to’la tasovur bera olmaydi. Bunga sabab, juda katta miqdolarni o’lchaganda ham , kichik miqdoni o’lchaganda ham absolyut hatolik bir hil son bilan ifoda qilinadi.Masalan, 100A tok kuchini o’lchashda absolyu xatolik I =5A bo’lsa , 10 A tok kuchini o’lchashda ham o’shancha bo’ladi.
Elektr o’lchov asboblarining qanchalik aniq o’lchashini ifodalash uchun keltirilgan xatolik degan tushinchadan foydalaniladi.
Keltirilgan xatolik deb, absolyut xatolikni elektr o’lchov asbobining shkalasida ko’rsatilgan eng katta miqdoga nisbatini aytiladi.Keltirilgan xatolik prosent bilan ifodalanadi.
Elektr energiya schyotchigidan boshqa hamma o’lchov asboblari, keltirilgan xatolikning kattaligiga qarab yettita klassga bo’linadi:
0,1; 0,2; 0,5; 1,0; 1,5; 2,5; va 4,0
Har qaysi asbobning aniqlik klass nomeri shu asbobdagi keltirilgan xatolikning miqdoriga teng bo’ladi. Masalan, 200 ampergacha bo’lgan tok kuchini o’lchay oladigan ya’ni shkalasidagi eng katta raqam 200A bo’lgan ampermetrning aniqlik klasi 1,0 bo’lsa, shu ampermetr bilan shu ampermetr bilan o’lchash paytida faqat 1% xatoga yo’l qo’yiladi. Boshqacha aytganda, o’lchanayotgan tok kuchining ampermetr ko’rsatayotgan qiymati haqiqiy qiymatidan faqat 1,0% farq qiladi.
0,1 va 0,2 klass o’lchov asboblari juda aniq ishlaydi, shuning uchun bunday asboblar asosan tekshirish va tadqiqot ishlarida qo’llaniladi.
Texnikada aksari 0,5 va undan ko’proq prosent xatoga yo’l qo’yadigan asboblar ishlatiladi.
Elektr o’lchov asboblarining shkalasida bir necha shartli belgilar yozilgan bo’ladi. Bunday belgilar shu asbob bilan shu asbob bilan qanday kattalikni o’lchash mumkin ekanligini , asbob qanday toka mo’ljallangan ekanligini , asbobning qanday sistemaga va qanday aniqlik klassiga taaluqli ekanligini ,asbobni ishlatishda qanday holatda o’rnatish lozimligini va nihoyat asbobning izolyasiyasi qanday kuchlanishga bardosh bera olishini ko’rsatadi.

Quydagi jadvalda elektr o’lchov asboblarining shkalasida yozilgan shartli belgilar va bunday belgilarning manosi berilgan.



Shkalada ko’rsatilgan shartli belgilar

Shartli belgining ma’nosi



Magnitaelektrik sistemadagi o’lchov asbobi






Elektromagnit sistemadagi o’lchov asbobi






Elektrodinamika sistemadagi o’lchov asbobi





O’zgarmas tok zanjirida o’lchash uchun mo’ljallangan asbob



O’zgarchan tok zanjirida o’lchash uchun qo’llaniladigan asbob



O’zgarmas tok zanjirida ham, o’zgaruvchan tok zanjirida ham ishlatilishi mumkin bo’lgan elektr asbob



Asbob vertikal holatda o’rnatilishi lozim



Asbob gorizantal holatda o’rnatilishi lozim

0,5

Asbobning aniqlik klass nomeri


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin