« ELEKTR ENERGIYASIDAN XALQ XO’JALIGIDA FOYDALANISH » fanidan glossariylar. Glassariy – biror teksdagi notanish, tushunishi qiyin so’zlar lug’ati, izohi, sharqi.
Elektrotexnika – elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, o’zgartirish va iste’mol qilish vositalarini o’rganadigan fan.
Elektr zanjiri – elektr energiyasi manbai, uzatuvchi sim, o’zgartiruvchi (to’g’rilagich, transformator), nazorat qiluvchi (o’lchov asboblar), himoya qiluvchi (saqlagich, rele) va iste’mol qiluvchi vositalar o’zaro ketma-ket ulangan, ya’ni elektr energiyasidan amalda foydalanish uchun tuzilgan qurilmalar o’zaro ketma-ket ulangan to’plam.
Elektr sxema – elektr zanjirining zanjir elementlarining shartli grafik va harfli belgilari orqali ifodalangan grafik tasviri.
Element – zanjir tartibidagi har bir qurilma.
Asosiy element – bu elementlarsiz elektr energiyasidan amalda foydalanib bo’lmaydi.ularga tok manbai, uzatish simi, iste’molchilar kiradi.
Yordamchi element – transformator, to’g’rilagich, o’lchov, himoya, komutasionasboblar kiradi.
O’zgaruvchan tok – T – davr deb ataladigan vaqt davomida tokning barcha qiymatlari davriy takrorlanib turuvchi tokka aytiadi.
O’zgaruvchan tokning oniy qiymati – tokning biror momentdagi qiymatiga aytiladi.
O’zgaruvchan tokning amplitudaviy qiymati – tokning bir davr mobaynidagi eng katta qabul qilgan qiymati.
O’zgaruvchan tokning effektiv yoki ta’sir etuvchi qiymati – deb R qarshilikda bir davr mobaynida o’zgaruvchan tok qancha issiqlik ajratsa, shuncha issiqlik ajrata oladigan o’zgarmas tokning qiymatiga aytiladi.
Elektr akkumulyatori – o’zgarmas tok manbaidan olingan elektr energiyasini to’plash (zaryadlanish) va ma’lum vaqt saqlash, so’ng zaruriyatga qarab iste’molchilarga berish xususiyatiga ega bo’lgan golvanik element.
Aktiv qarshilik – elektr zanjiridan tok o’tganda zanjir bu tokka shunday qarshilik ko’rsatadiki, uni engishga tokning bajargan ishi hisobiga faqat issiqlik chiqadigan qarshilikka aytiladi.
Reaktiv qarshilik – elektr zanjiri to’la qarshiligining mavhum qismi bo’ib, u induktiv (XL = Lφ), sig’im qarshilik (Xc = 1 / Lφ) yoki ularning yig’indisidan iboratdir. Xp = XL + Xc birligi Om.
Aktiv quvvat – bir davr mobaynida o’zgaruvchan tokdan hosil bo’ladigan foydali ishning o’rtacha qiymati R harfi belgilanadi. U qaytmas bo’lib isrof bo’ladi. Birligi Vatt.
Reaktiv quvvat – elektr zanjirlarining L va C elementlaridan o’zgaruvchan tok o’tganda hosil bo’ladigan quvvat Q harfi bilan belgilanadi. Birligi volt – amper – reaktiv qisqacha BAR ko’rinishida yoziladi.
To’la quvvat - elektr zanjirining manbadan olayotgan kuchlanish va tokning effektiv qiymatlari ko’paytmasidir. S bilan belgilanadi, birligi VA (voltamper).
To’la qarshilik – o’zgaruvchan tok zanjiri R, L, C dan tashkil topgan bo’lsa ularning o’zgaruvchan tokka ko’rsatadigan qarshiligidir. To’la qarshilik Z harfi bilan belgilanadi. Z = √ R² + (XL – Xc)² Rezonans – ma’lum sharoitda tebranuvchi jism amplitudasining keskin ortib ketish hodisasidir. Rezonans turlari ko’p.
Kuchlanishlar rezonansi - R, L, C o’zaro ketma-ket ulangan zanjirdan o’zgaruvchan tok o’tganda sig’im va induktiv qarshilik o’zaro teng bo’lganda kuchlanishlar rezonansi sodir bo’ladi.