O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə36/57
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#178259
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Toklar rezonansiR, L, C o’zaro parallel ulangan zanjirdan o’zgaruvchan tok o’tganda sig’im va induktiv qarshiliklar o’zaro teng bo’lganda toklar rezonansi sodir bo’ladi, ya’ni tok ortib ketadi.
Rezonans chastotaXL = Xc shartidan topiladi. Lφ = 1 / Cω ω² = 1 / LC ω = 2π / T = 2πf frez = 1 / 2π √ LC frez – rezonans chastota deyiladi.
Reostat – elektr zanjiridagi tok kuchi va kuchlanishni rostlashga mo’ljallangan asbob. Reostat zanjirga ketma-ket ulansa tok kuchini, parallel ulansa kuchlanishni rostlashga imkon bo’ladi. Rheostat sim shaklidagi nixromdan tayyorlanadi. U o’zgaruvchan qarshilik vazifasini ham o’taydi.
Rezistor – tok va kuchlanishni cheklash uchun zanjirga ulanadigan qurilma.
Qarshilik – zanjir qismining yoki iste’molchining elektr xossalaridan birini xarakterlovchi parametr. Aktiv, induktiv, sig’im, to’la qarshilik kabi turlarga bo’linadi.
Izolyator – elektr tokini o’tkazmaydigan material – chinni, shisha, kauchuk, rezina kabilar.
Elektr izolyatori – solishtirma elektr qarshiligi juda katta bo’lgan modda, ya’ni dielektriklar.
Elektr izolyasiya – elektr simlarining boshqa tok o’tkazuvchi qismlarga tegib ketish havfidan saqlash maqsadida ularni ajratib qo’yish uchun qo’llaniladigan material.
Erga ulashelektr mashinasi, transformator kabi elektrotexnik qurilmaning bir qismini er bilan tutashtirish. Bunda gaz trubasi yonuvchi moddasi bor jismlardan foydalanilmaydi.
Faza burchagi - sinusoidal tok tenglamasidagi argument – (ωt+ φo) i = ISin (ωt+ φo)
Fazometr – o’zgaruvchan tok zanjiridagi tok va kuchlanish orasidagi faza burxhagini o’lchaydi.
Tok parametrlari – tok kuchi, kuchlanishi, qarshilik, induktivlik, sig’im zich ko’p uchraydigan parametrlardir.
Ayrim kichik kattaliklar – milli = 10¯³, mikro = 10¯6, nano = 10¯9, niko =10¯12.
Ayrim katta kattaliklar – kilo= 10+³, mega= 10+6, giga= 10+9.
Qisqa tutashuv - tok o’tuvchi simlarning bir-biriga nagruzkasiz ulanishi tok kuchi keskin ortib ketadi.
Elektr generatori – turli energiyadan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan elektromexanik asbob.
Elektron generator – elektron asboblar yordamida doimiy elektr tokian shakli va chastotasi turlicha bo’lgan elektr tebranishlar ishlab chiqaradigan qurilma.
Uch fazali tok – E.Yu.K.lari bir xil chastotali va faza bo’yicha bir-biriga nisbatan 120° burchakka siljigan uchta bir fazali elektr zanjirlar to’plamiga aytiladi.
Faza – uch fazali sistemasini tashkil etuvchi ayrim fazalar.
Yulduz usulida ulash – uchta cho’lg’am oxirlari o’zaro tutashtirilgan to’rt simli sistema.
Uchburchak usulida ulash – birinchi cho’lg’am oxiri ikkinchi cho’lg’am boshi bilan, ikkinchi cho’lg’m oxiri uchunchi cho’lg’am boshi bilan, uchunchi cho’lg’am oxiri birinchi cho’lg’am boshi bilan ulanish usuli.
Faza kuchlanishi – biror liniya simi va neytral sim orasidagi kuchlanish.
Liniya kuchlanishi – liniyalar orasidagi kuchlanish.
Cho’lg’am uchi – g’altakning tok manbaiga ulanadigan uchiga aytiladi.
Cho’lg’am oxiri – g’altakning iste’molchiga ulanadigan uchi.
Stator – elektr mashinasining qo’zg’almaydigan qismi.
Rotor – elektr mashinasining aylanadigan qismi.
Transformator – tok parametrlarini o’zgartirib uzatuvchi.
Kuch transformatori – kuchlanishni o’zgartirib uzatadigan transformator.
Transformatorning birlamchi cho’lg’ami – tok manbaiga ulanadigan cho’lg’am.
Ikkilamchi cho’lg’am – iste’molchi ulanadigan cho’lg’am.
Maxsus trasformator – o’zgaruvchan tokning kuchlanishdan boshqa parametrlarini o’zgartiradigan transformatorlar.
Induktor – elektr mashinasining yordamida magnit maydon hosil qiladigan qismi – elektromagnit.
Yakor – elektr mashinasining tok paydo bo’ladigan qismi.
Kollektor – elektrotexnik mashinalarining elektr toki yo;nalishini to’g’rilovchi qismi.
Noelektrik kattalik – elektrik bo’lmagan (mexanik – tezlik, bosim, temperature, namlik).
Datchik – o’zgartirgich, noelektrik kattalikni elektrik kattaligiga o’zgartirgich.
Kollektr – tranzistorning elektrodlaridan birining nomi.
Elektrovakuum asbobi - vakuumda elektr tokining paydo bo’lishi faqat termoelektr harakati bilan bog’lik asboblar.
Ion asboblar – uchib borayotgan elektronlarning biror gaz bug’larini ionlashga asoslangan asbob.
Yarim o’tkazgichli asbob – diod, transistor.
Electron to’g’rilagich – electron asbob yordamida o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantiruvchi asbob.
Electron asboblar – radiolampa, yarim o’tkazgichli diod, transistor.
Asinxron – barovar emas n1 > n2.
Sinxron – barovar n1 = n2.
Aylanuvchi magnit maydon – statorga joylashgan uch fazali tok cho’lg’amlaridan tok o’tish jarayonida hosil bo’luvchi va aylanib turuvchi maydon.
Yakor reaksiyasi – doimiy tok mashinasi yakorida hosil bo’lgan tok magnit maydonining stator (inductor) hosil qilgan elektromagnit maydoniga ta’siri.
Tok komutasiyasi – yakor aylanganda parallel tarmoqlar uchlarining navbati bilan tok oluvchi shyotkalarga ulanishi va bu tokning (endi doimiy) iste’molchiga borishi.
O’zgarmas tok generatorining salt ishlash xarakteristikasi – generator nagruzkasiz ishlaganda uning aylanishkar soni o’zgarmas (n=const) bo’lganda yakorda hosil bo’lgan E.Yu.K. (Eya) bilan uyg’otish toki (Iuyg’) orasidagi bog’lanish.
O’zgarmas tok generatorlarining tashqi xarakteristikasi – generator chiqishidagi kuchlanishning nagruzka tokiga bog’liqligi.
O’zgarmas tok generatorining rostlash xarakteristikasi – nagruzka toki o’zgarmaganda generator qisqichlaridagi kuchlanishni o’zgartirmay saqlash uchun uyg’otish cho’lg’amidagi tokni qanday o’zgartirish kerakligini ko’rsatadi.
O’zgarmas tok dvigatelining ish xarakteristikasiU=const; Iuyg’= const bo’lganda dvigatel aylanish chastotasining (n), aylantiruvchi (M) momentining, dvigatel foydalanish ish koeffisientining yakorda hosil bo’lgan tokka bog’liqligi tushuniladi.
O’zgarmas tok dvigatelining mexanik xarakteristikasi – dvigatel vali aylanish chastotasining mexanik momentga bog’liqligi.
O’zgarmas tok dvigatelining foydali ish koeffisientidvigatel sarflayotgan foydali P2 quvvatning tarmoqdan olayotgan quvvat (P1)ga nisbatining foizlarda ifodalangan qiymati.
Elektr yuritma – ish mashinasini xarakatga keltiruvchi elektr dvigatel, dvigateldan ish mashinasiga quvvatni uzatuvchi moslama (transmissiya) va elektr dvigatelni boshqaruvchi qurilmalar to’plami.
Ish mashinasi – biror texnologik operasiyani amalgam oshiradigan mashina (masalan tikuv mashinasi).
Elektr dvigatel – elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi mashina.
Transmissiya – quvvatni tasma, tishli g’ildiraklar yoki kardan vali orqali uzatuvchi moslama.
Boshqarish apparatlari – elektr dvigatelni yurgizuvchi, to’xyayuvchi, tezligini o’zgartiruvchi, reverslovchi apparatlar – ularni ishga tushuruvchi apparatlar deyiladi, ikkinchisi himoya apparatlari – saqlagich va relelar.


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin