O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi


-Mavzu Aktiv, reaktiv quvvatni o‘lchash



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə31/57
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#178259
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

9-Mavzu Aktiv, reaktiv quvvatni o‘lchash
O‘zgarmas tok zanjirlarida quvvatni o‘lchash.
O‘zgarmas tok zanjirlarida quvvatni ampermetr va voltmetr yordamida o‘lchash mumkin. Buning uchun bir vaqtda ikki asbobning ko‘rsatishini yozib olish va so‘ngra o‘lchangan tok va kuchlanish qiymatlari o‘zaro ko‘paytiriladi. Bu holda o‘lchash aniqligi ancha past bo‘ladi, shuning uchun o‘zgarmas tok quvvatini o‘lchash uchun amalda elekrodinamik vattmetr ishlatiladi.
Bir fazali o‘zgaruvchan tok zanjirlarida aktiv quvvatni o‘lchash.
O‘zgaruvchan tok zanjirlarida quvvatni ampermetr va voltmetr bilan o‘lchab bo‘lmaydi, chunki o‘zgaruvchan tok zanjirining quvvati tok va kuchlanishdan tashqari quvvat koeffitsienti cosφ ga ham bog‘liqdir. Demak, o‘zgaruvchan tok tok quvvatini ampermetr, voltmetr va fazometr bilan o‘lchash ancha noqulaydir, chunki bir vaqtning o‘zida uchta asbobning ko‘rsatishini yozib olish ancha qiyin, ikkinchi tomondan quvvatni o‘lchashdagi xatolik uchta asbob ayrim xatoliklariga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun o‘zgaruvchan tok zanjirlaridagi quvvat faqat elektrodinamik va ferrodinamik vattmetrlar bilan o‘lchanadi.
Elektrodinamik vattmetrlarning aniqligi ferrodinamik vattmetrnikiga nisbatan yuqori bo‘lganligi uchun ularni yuqori aniqlik bilan o‘lchash kerak bo‘lganda hamda yuqori chastotali (2000 Gs gacha) o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatiladi. YUqori chastotali quvvatlarni o‘lchashda termoelektrik va elektron vattmetrlardan ham foydalanish mumkin. Ferrodinamik vattmetrlar asosan, sanoat chastotasida shchit asbobi sifatida ishlatiladi.
Bir fazali o‘zgaruvchan tok zanjirlaridagi aktiv quvvatni o‘lchash uchun bitta, ikkita va uchta vattmetr usullaridan foydalaniladi.
Uch simli simmetrik zanjirning aktiv quvvatini bitta vattmetr usulida o‘lchash
Simmetrik sistemalarda uch fazali quvvatni o‘lchash uchun bitta vattmetrdan foydalansa bo‘ladi, chunki bunda iste’molchilarning toki, kuchlanishi, faza siljishi va har bir fazadagi aktiv quvvat bir xil bo‘ladi.
Iste’molchilarning aktiv quvvatini o‘lchash uchun vattmetrni ulash sxemasi 7.3.1-rasmda keltirilgan. Rasmda vattmetr chulg‘amlarining bosh uchlari yulduzcha bilan belgilangan. 7.3.2-rasmda aktiv quvvatni o‘lchash uchun vattmetr sun’iy neytral nuqta orqali ulash sxemasi keltirilgan. CHunki ko‘pgina hollarda neytral nuqtaga ulash va uchburchakni uzish mumkin bo‘lmay qoladi.
Qarshilik R2 va R3 lar vattmetrdagi kuchlanish cho‘lg‘amining qarshiligi RW ga teng bo‘lishi shart.
Uch fazali sistemaning aktiv quvvatini aniqlash uchun to‘rtala sxemada ham vattmetr ko‘rsatgan quvvat RW ni uchga ko‘paytirish kerak:







Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin