O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi


O‘zgarmas tokni o‘lchashning kompensatsiya usuli



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə30/57
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#178259
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

O‘zgarmas tokni o‘lchashning kompensatsiya usuli
Kuchlanish pasayuvini hosil qilish uchun oldin yuqoridagi konturda yordamchi batareya Eyor ta’siri ostida nominal ish tok hosil qilinadi va uning miqdor reostat yordamida rostlanadi. So‘ngra pastki konturdagi surgich A ni tax­minan o‘rta holatdan o‘ngga va chapga shunday surish kerakki, bunda galvanometr G nolni ko‘rsatsin. Bu esa o‘lchanadigan EYUK zanjirida tokning yo‘qligidan dalolat beradi. SHu vaqtda qarshilik ning qismidagi kuchlanishning pasayuvi o‘lchanayottan EYUK ga teng bo‘ladi, ya’ni Bu formuladagi ish toki:
O‘lchash jarayonida qarshiliklar va ma’lum bo‘lganligi uchun, noma’lum EYUK quyidagicha topiladi: .Ushbu formuladan ko‘rinadiki, ni topishda karshilik dan o‘tuvchi ish toki ishtirok etmay, balki yordamchi batareya EYUK ishtirok etadi. Bu esa o‘lchash xatoligini oshiradi. CHunki EYUK qarshilikka ulangani tufayli, u vaqt o‘tishi bilan zaryadsizlanadi. Mazkur kamchilikning ta’sirini kamaytirish maqsadida hozirgi hamma potensiometrlarda yordamchi batareya kuchlanishini barqaror ushlab turuvchi yarim o‘tkazgichli stabilizatorlar ishlatiladi.
O‘zgaruvchan tokni o‘lchashning kompensatsiya usuli.
O‘zgaruvchan tok zanjirlaridagi kichik EYUK, kuchlanish, kompleks qarshilik va boshqalarni aniq o‘lchashlar, xuddi o‘zgarmas tok zanjirlaridagidek, kompensatsiya usuli yordamida amalga oshiriladi. O‘zgaruvchan tok potensiometrlarining ishlashi xuddi o‘zgarmas tok potensiometrlari kabi bo‘lib, o‘lchanadigan noma’lum kuchlanishni kompensatsiya qarshiligida ish toki hosil qilgan ma’lum kuchlanish pasayuvi bilan muvozanatlashdan iborat. Ammo o‘zgaruvchan tok zanjirlarida muvozanatlik sharti, o‘zgarmas tok zanjirlaridagiga qaraganda anchagina murakkabroq. O‘lchanadigan noma’lum o‘zgaruvchan tok kuchlanishini ma’lum kuchlanish bilan muvozanatlash uchun quyidagi to‘rtta shart:
1) ular son qiymatlari (modullari) ning tengligi;
2) ular fazalarining qarama-qarshiligi;
3) chastotalarining tengligi;
4) oniy qiymatlarining vaqt bo‘yicha o‘zgarish egri chiziqlari shaklining bir xilligi ta’minlanishi kerak.
O‘zgaruvchan tok potensiometrlarining nol asboblari sifatida sanoat chastota uchun vibratsion galvanometrlar va yuqori chastotalar uchun elektron asboblar ishlatiladi. O‘zgaruvchan tok EYUK uchun namuna o‘lchovining yo‘qligi o‘zgaruvchan tok potensiometrlarining o‘lchash aniqligini anchagina pasaytiradi. Potensiometrlarda ish toki aniqlik sinfi 0,2 yoki 0,5 bo‘lgan elektrodinamik ampermetrlar bilan rostlanadi. Shunga qaramay, o‘lchash ob’ektidan quvvat qabul qilmay ishlashi va o‘lchanadigan kuchlanishning fazasini aniqlash imkoniyati o‘zgaruvchan tok potensiometrlaridan foydalanishga sabab bo‘ldi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin