O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə40/57
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#178259
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

AMALIY MASHG’ULOT
2-Mavzu: O’lchash jarayonida yuzaga keladigan absalyut va nisbiy xatoliklarni hisoblash
Xalq xo‘jaligida elektrik o‘lchashlarning ahmiyati to‘g‘risida ma’lumot
O‘lchash texnikasi xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida fan va texnika taraqqiyotini ilgari suruvchi muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tabiatdagi narsa va hodisalarni o‘zaro taqqoslamay turib, ularni ilmiy jihatdan asoslab bo‘lmaydi. Bunda o‘lchash texnikasining bir tarmog‘i bo‘lgan elektr o‘lchash texnikasi katta ahamiyatga ega.
Elektr o‘lchash usuli elektr va elektr bo‘lmagan kattaliklarni uzoq masofadan o‘lchash (telemetriya) imkonini beradi. Telemetrik o‘lchashlar chuqur burg‘ilanadigan quduqlarda, Erning sun’iy yo‘ldoshlarida keng qo‘llaniladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda elektr o‘lchashlar texnikasi mashina va mexanizmlarga ta’sir etib, har xil texnologik jarayonlarni kuzatish imkoniyatini beradi. SHuning uchun ham ular ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarishining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi Elektr o‘lchash texnikasi yordamida amalda ma’lum bo‘lgan barcha fizik miqdorlar, ya’ni elektrik va noelektrik miqdorlarni, o‘zgarmas va vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan miqdorlarni keng ko‘lamda va uzoq masofadan o‘lchash mumkin.
Elektr o‘lchash usullari (bevosita baholash usuli, taqqoslash usuli) haqida ma’lumot
Elektr o‘lchash usullariga bevosita baholash usuli va taqqoslash usullari kiradi.
Agar o‘lchanadigan kattalikning qiymati oldindan darajalab qo‘yilgan o‘lchash asbobining hisoblash qurilmasidan bevosita olingan bo‘lsa, bunday o‘lchash bevosita baholash usuli deyiladi. Masalan, tok kuchini o‘lchash ampermetr bilan, kuchlanishni o‘lchash voltmetr bilan, quvvatni o‘lchash vattmetr bilan olib boriladi va hokazo.
Agar o‘lchanadigan kattalnkning qiymati o‘lchov namunasi bilan solishtirib aniqlansa. bunday o‘lchash usuli taqqoslash usuli deyiladi. Taqqoslash usuli o‘z navbatida nol differensial, almashtirish va ustma-ust tushirish usullariga bo‘linadi. Taqqoslash usuliga ko‘priksimon zanjirlardagi karshilik, sig‘im va induktivliklarni yoki potensiometrlardagi kuchlanish va EYUK larni o‘lchash usullari misol bo‘la oladi. Amalda taqqoslash usullaridan nol va differensial usullari eng ko‘p qo‘llanadi.
Nol usulda o‘lchanayotgan kattalikning qiymati namuna o‘lchov bilan solishtirishda hosil bo‘lgan farq nolga tenglashguncha o‘zgartirib boriladi. Bunga potensiometrda kuchlanishni, muvozanat ko‘priksimon zanjirlarda qarshilikni o‘lchashlar misol bo‘la oladi. Solishtirish farqi solishtirish asbobida yoki nol indikatorda kuzatiladi. Nol o‘lchash usuli juda aniq o‘lchash usulidir. CHunki bunday o‘lchashda yuqori aniqlikli namuna o‘lchovi va sezgirligi yuqori taqqoslash asbobi, masalan galvonometr ishlatiladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin