Differensial usulda o‘lchanayotgan kattalikning qiymati namuna o‘lchov bilan taqqoslanadi va hosil bo‘lgan farq oddiy elektr o‘lchash asbobi bilan o‘lchanadi. Differensial usul bir-biridan kam farq qilgan ikkita miqdorni taqqoslash va o‘lchash uchun ishlatiladi. SHuning uchun ham bu usulning o‘lchash aniqligi yuqoridir. Masalan, ikki miqdorning farqi 1% ga teng bo‘lib, bu farq 1,5% xatolik bilan o‘lchansa, u holda o‘lchanadigan miqdor 0,015% xatolik bilan o‘lchanadi.
YUqorida ko‘rib chiqilgan usullarning qaysi biridan foydalanmaylik, o‘lchash natijasini to‘g‘ridan – to‘g‘ri yoki bilvosita olish mumkin.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash – bu o‘lchanuvchi miqdorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajribadan, ya’ni bevosita o‘lchash asbobining ko‘rsatishidan olishdir.
Bilvosita o‘lchash – bu aniqlanishi lozim bo‘lgan miqdorni shu miqdorni va bevosita o‘lchash mumkin bo‘lgan boshqa miqdorlarni o‘zaro bog‘lovchi ma’lum ifodadan topishdir. Masalan, kuchlanishni voltmetr yordamida va tokni ampermetr yordamida o‘lchab, qarshilikni topishdir. Ba’zi hollarda ayniqsa, ilmiy tekshirish ishlarida o‘lchash natijasi o‘lchanuvchi miqdor bilan tenglamalar orqali bog‘langan bir qancha miqdorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita o‘lchab, so‘ngra tenglamalarni echish orqali topiladi va bunday o‘lchash birgalikdagi o‘lchash deb ataladi. Bunga materiallar qarshiliklarining temperatura koeffitsientini topish misol bo‘ladi.
O‘lchash jarayonida yuzaga keladigan xatoliklar (absolyut xatolik, nisbiy xatolik, davriy xatolik, tasodifiy xatolik) Har qanday o‘lchashda o‘lchash natijasi o‘lchanayotgan miqdorning haqiqiy qiymatidan biroz farq qiladi. Bu farq o‘lchash xatoligi deb ataladi. Ba’zan o‘lchash natijasini baholashda “o‘lchash aniqligi” dan foydalaniladi. O‘lchash aniqligi o‘lchash natijasining haqiqiy miqdoriga qanchalik yaqinligini ko‘rsatadi. YUqori o‘lchash aniqligining yuqori bo‘lishiga o‘lchash xatosi kichik bo‘lganida erishiladi.
O‘lchangan miqdor (Ao‘) bilan o‘lchanayotgan miqdorning haqiqiy qiymati (Ah)orasidagi ayirma o‘lchashdagi absolyut xatolik deb ataladi va ∆ bilan belgilanadi, ya’ni:
Absolyut xatoning o‘lchanayotgan miqdorning haqiqiy qiymatiga nisbati o‘lchashdagi nisbiy xatolik deb ataladi va β bilan belgilanadi, ya’ni:
(1)
Agar o‘lchangan miqdor o‘lchanayotgan miqdorning haqiqiy qiymatidan katta bo‘lsa, o‘lchashdagi nisbiy atolik musbat va, aksincha, kichik bo‘lsa, manfiy bo‘ladi.
Agar (1) formuladagi ∆ o‘rniga ((6.1) formulaga qarang) ni qo‘ysak, nisbiy xatolik quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
;
Demak, o‘lchanayotgan miqdor asbobning o‘lchash chegarasi (Amax) ga yaqin bo‘lsa, o‘lchashdagi nisbiy xatolik asbobning keltirilgan xatosi γ ga yaqin bo‘ladi.
Xatoliklarning o‘zgarish xarakteriga qarab ularni davriy va tasodifiy xatoliklarga ajratish mumkin.