O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi


Asbobning o‘zi iste’mol qiladigan quvvat



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə13/57
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#178259
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Asbobning o‘zi iste’mol qiladigan quvvat. Elektr o‘lchash asbobining ishlashi elektr energiyaning sarflanishi bilan bog‘liqdir. Bunda asbobning elektr zanjiri qiziydi. Asbobning quvvat isrofi va uning parametrlari shunday bo‘lishi kerakki, asbob ulanganda o‘lchash bajarilayotgan zanjirning ish rejimi o‘zgarmasligi kerak.
Asbobning tez ishlay olishi. O‘lchanayotgan miqdorlar o‘zgarganda asbobning qo‘zg‘aluvchan qismi (strelka) biror muvozanat holatdan ikkinchi muvozanat holatga o‘tadi. Strelkaning shkala uzunligi bo‘yicha 1% dan oshmagandagi tebranish amplitudasi uchun ketgan vaqt oralig‘i tinchlanish vaqti deb ataladi. Barcha o‘lchash asboblari tinchlantirgichlar (dempferlar) bilan ta’minlanadi. Tinchlanish vaqti 4-6 sekunddan oshmasligi kerak.
Izolyasiya mustahkamligi. O‘lchash asboblari va yordamchi qismlarning izolyasiyasi etarli mustahkamlikka ega bo‘lishi kerak. Izolyasiya GOST 1845-59 ga muvofiq 1 minut davomida 2 dan 5 kV gacha kuchlanishga bardosh berishi kerak (mos ravishda tarmoq kuchlanishi 40 V dan 2 kV gacha bo‘lganda).


Bevosita baholaydigan elektr o‘lchash asboblarining tasnifi
O‘lchanadigan kattaliklarning turiga qarab elektr o‘lchash asboblari quyidagilarga bo‘linadi (1-jadval).

O‘lchanadigan kattalik

O‘lchash asbobi

Asbobning shartli belgisi

Tok kuchi

Ampermetr

A

Milliampermetr

mA

Mikorampermetr

μA

Kuchlanish

Voltmetr

V

Millivolmetr

mV

Elektr quvvati

Vattmetr

W

Kilovattmetr

kW

Elektr energiyasi

Elektr energiya schyotchigi

kWh

Fazalar siljishi

Fazometr

φ

CHastota

CHastotometr

Hz

Elektr qarshilik

Ommetr

Ω

Magommetr, megger






Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin