O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi


Magnitoelektrik mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining afzallik va kamchilik tomonlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə16/57
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#178259
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Magnitoelektrik mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining afzallik va kamchilik tomonlari
Magnitoelektrik tizimga taalluqli asboblarning afzalliklari quyidagilardan iborat:
1) aniqlik sinfining yuqoriligi;
2) tashqi magnit maydonlar tavsifining kam sezishi (chunki ular o‘zining kuchli magnit maydoniga ega);
3) shkalaning tekisligi;
4) o‘zi iste’mol qiluvchi quvvatning ancha kichik bo‘lishi (sezgirligining yuqoriligi).
Uning kamchiliklariga ortiqcha yuklanishga sezgirligi, mexanizmlarning nisbatan qimmatligini keltirish mumkin.
Magnitoelektrik o‘lchash mexanizmlaridan yuqori sezgir asboblar (ampermetr, voltmetr va galvonometrlar) tayyorlashda foydalanilib, asosan nol indikatorlar (nol asboblar), ya’ni zanjir yo‘qligini qaydlagichlar (fiksatorlar) sifatida ishlatiladi.
Ushbu mexanizmning kamchiligi uning nisbatan qimmatligidir.
Elektromagnit mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi.
Elektromagnit tizimli o‘lchov asboblari jumlasiga o‘lchov mexanizmi qo‘zg‘almas g‘altak va engil ferromagnit o‘zakdan iborat elektr o‘lchov asboblari kiradi. G‘altak o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulanganda o‘zak g‘altakka nisbatan siljiydi. Elektromagnit tizimidagi asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan tokli g‘altak 1 ga po‘lat o‘zak 2 ning tortilishiga asoslangan. Bunday qurilmada elektromagnit kuchlar shunday yo‘nalgan bo‘lishi kerakki, bunda o‘zakning holatini o‘zgartirish uchun mexanizmdagi magnit oqim eng ko‘p bo‘lsin. Qo‘zg‘aluvchan o‘zak 2 yaproqcha ko‘rinishida bo‘lib, ekssentrik holda o‘qqa mahkamlangan bo‘ladi. SHu o‘qqa strelkaga teskari ta’sir ko‘rsatuvchi moment hosil qiladigan spiral prujina 3 va tinchlantirgich 4 ning porsheni 5 mahkamlangan bo‘ladi. O‘lchanayotgan tok I qo‘zg‘almas g‘altak orqali o‘tib, magnit maydonini hosil qiladi. o‘zak 2 magnitlanib, g‘altakning teshigiga tortiladi va u mahkamlangan o‘qni buradi. O‘z navbatida, o‘qqa mahkamlangan asbob strelkasi α burchakka buriladi.

Asbobning qo‘zg‘aluvchan qismiga ta’sir etayotgan aylantiruvchi moment umumiy holda, magnit maydon energiyasi o‘zgarishining burilish burchak bo‘yicha olingan tartibli hosilasi orqali aniqlash mumkin: , bu erda L-g‘altakning o‘zak holatiga bog‘liq bo‘lgan induktivligi; i-o‘lchanayotgan tok.Aylantiruvchi moment g‘altakdagi tokning kvadratiga proporsional deb qabul qilinadi:


Aylantiruvchi moment Mayl ni muvozanatlovchi teskari ta’sir ko‘rsatuvchi moment spiral prujina 3 yordamida hosil qilinib, asbob strelkasining burilish burchagiga, ya’ni spiralning buralish burchagiga proporsionaldir:
Strelka burilishining barqarorlashuvi Mayl= Mtes yoki ga mos keladi. Bundan:

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin