O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi


Raqamli elektr o‘lchash asboblari to‘g‘risida asosiy tushunchalar (davomi)



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə19/57
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#178259
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Raqamli elektr o‘lchash asboblari to‘g‘risida asosiy tushunchalar (davomi)
Raqamli elektr asboblaridan voltmetrlar, ommetrlar chastotomerlar, elektr energiyasi schyotchiklari va boshqa asboblar sifatida keng foydalaniladi.
Raqamli o‘zgarmas tok voltmetrlari 1 mV dan 1 kV gacha bo‘lgan kuchlanishlarni sekundiga 2000 martagacha o‘lchash imkonini beradi. O‘lchash xatoligining nisbatan kichikligi, tez ishlashi, o‘lchash natijalarini raqam ko‘rinishida berish va ularni raqam yozish qurilmalari yordamida hujjatlarga asosan qayd qilish, elektron hisoblash mashinalariga o‘lchash axborotlarini kiritish mumkinligi raqamli elektr o‘lchov asboblarining afzalliklaridir. SHu bilan birga, raqamli elektr asboblarining kamchiliklari ham bor: sxema va konstruksiyasining murakkabligi, nisbatan qimmat turishi, ishonchlilik darajasining pastroqligi. Mikroelektronikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi, deyish mumkin.


4.2-Mavzu: Elektr o‘lchash usullari va o‘lchash xatoligi.
Reja:

  1. Elektr o‘lchash usullari (bevosita baholash usuli, taqqoslash usuli).

  2. O‘lchash xatoligi (absolyut xatolik, nisbiy xatolik, davriy xatolik, tasodifiy xatolik).

Darsning maqsadi: Talabalarda elektrik o‘lchashlar, elektr o‘lchash usullari va o‘lchash xatoligi mavzusiga oid bilimlarni shakllantirish. Talabalarda mustaqil fikrlashni shakllantirish.
Xalq xo‘jaligida elektrik o‘lchashlarning ahmiyati to‘g‘risida ma’lumot
O‘lchash texnikasi xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida fan va texnika taraqqiyotini ilgari suruvchi muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tabiatdagi narsa va hodisalarni o‘zaro taqqoslamay turib, ularni ilmiy jihatdan asoslab bo‘lmaydi. Bunda o‘lchash texnikasining bir tarmog‘i bo‘lgan elektr o‘lchash texnikasi katta ahamiyatga ega.
Elektr o‘lchash usuli elektr va elektr bo‘lmagan kattaliklarni uzoq masofadan o‘lchash (telemetriya) imkonini beradi. Telemetrik o‘lchashlar chuqur burg‘ilanadigan quduqlarda, Erning sun’iy yo‘ldoshlarida keng qo‘llaniladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda elektr o‘lchashlar texnikasi mashina va mexanizmlarga ta’sir etib, har xil texnologik jarayonlarni kuzatish imkoniyatini beradi. SHuning uchun ham ular ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarishining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi
Elektr o‘lchash texnikasi yordamida amalda ma’lum bo‘lgan barcha fizik miqdorlar, ya’ni elektrik va noelektrik miqdorlarni, o‘zgarmas va vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan miqdorlarni keng ko‘lamda va uzoq masofadan o‘lchash mumkin.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin