O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi


E lektr o‘lchash asboblari ishlash prinsipiga ko‘ra quyidagi tizimlarga bo‘linadi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə14/57
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#178259
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

E lektr o‘lchash asboblari ishlash prinsipiga ko‘ra quyidagi tizimlarga bo‘linadi:



Tizimning nomi

SHkaladagi shartli belgilanish

Magnitoelektrik: qo‘zg‘aluvchan ramkali, teskari ta’sir ko‘rsatuvchi mexank momenti bo‘lgan asbob



Magnitoelektrik: teskari ta’sir ko‘rsatuvchi mexanik momenti bo‘lmagan, qo‘zg‘aluvchan ramkali asbob (logometr)





Elektromagnit tizimli



Elektrodinamik tizimli



Ferrodinamik tizimli



Induksion tizimli



Elektrostatik tizimli



Vibratsion tizimli



Issiqlik tizimli



Bimetall tizimli



To‘g‘rilagichli magnitoelektrik tizimli



Bevosita baholaydigan elektr o‘lchash asboblarining tasnifi
O‘lchash asbobining shkalasida quyidagi shartli belgilar: tok turi, fazalar soni, asbobning aniqlik sinfi, izolyasiyasi tekshirib (sinab) ko‘rilgan kuchlanish, asbobning ish holati, asbob ijrosining eksplutatsiya sharoitiga bog‘liqligi, tashqi magnit maydondan himoyalanish darajasi ko‘rsatilgan bo‘ladi

Shartli belgilar

Shartli belgining ma’nosi



O‘zgarmas tok asbobi



O‘zgaruvchan tok asbobi



O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok asbobi



Uchfazali tok tizimidagi asbob



Asbobni vertikal holatda ishlating



Asbobni gorizontal holatda ishlating



Asbobning aniqlik sinfi



Asbobning o‘lchaydigan zanjiri uning korpusidan izolyasiyalangan va bu izolyasiya ushbu kuchlanish (2 kV) bilan tekshirilgan



Havfli! Asbobning o‘lchaydigan zanjirining izolyasiyasi talablarga javob bermaydi



Asbob tashqi magnit maydoni ta’siridan himoyalangan



Asbob tashqi elektr maydoni ta’siridan himoyalangan



Diqqat! Asbob yo‘riqnomasidagi ko‘rsatmalarga e’tibor ber.

2-Mavzu: Elektr o‘lchash asboblarining mexanizmlari. Magnitoelektrik va elektromagnit mexanizmli elektr o‘lchash asboblari.
Reja:

  1. Elektr o‘lchash asboblarining mexanizmlari.

  2. Magnitoelektrik mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi.

  3. Magnitoelektrik mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining afzallik va kamchilik tomonlari.

  4. Elektromagnit mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi.

  5. Elektromagnit mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining afzallik va kamchilik tomonlari.

Darsning maqsadi: Talabalarda elektr o‘lchash asboblarining mexanizmlari, magnitoelektrik va elektromagnit mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi haqidagi bilimlarni shakllantirish. Talabalarda mustaqil fikrlashni shakllantirish.
Elektr o‘lchash asboblarining mexanizmlari
Elektr o‘lchash asbobining asosiy qismlari undagi o‘lchash zanjiri va o‘lchash mexanizmidir. O‘lchash zanjiri (kuchlanish, quvvat, chastota va boshqalar) ni unga proporsional bo‘lgan va o‘lchash mexanizmiga ta’sir etuvchi kattalikka aylantirib beradi. Masalan, voltmetrning o‘lchash zanjiri o‘lchash mexanizmining cho‘lg‘amidan va qo‘shimcha qarshilikdan iborat. Bunday qarshilik zanjiri o‘zgarmasdir. Demak, o‘lchash mexanizmi orqali kuchlanishga proporsional bo‘lgan tok o‘tadi. O‘lchash mexanizmi (O‘M) o‘lchash asbobi konstruksiyasining bir qismi bo‘lib, elementlarning o‘zaro ta’siri natijasida ularning bir-biriga nisbatan harakatini vujudga keltiradi. O‘lchash mexanizmi qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qismlardan iborat. O‘lchash mexanizmi chulg‘amidagi tokning qo‘zg‘almas qismining magnit (yoki elektr) maydoni bilan ta’sirlashishi natijasida mexanizmning qo‘zg‘aluvchi qismi suriladi. Aylantiruvchi moment Mayl o‘lchanayotgan midorlarga bir xilda bog‘liq.O‘lchanayotgan kattalikning qiymati qo‘zg‘aluvchi qismning surilishiga qarab aniqlanadi.
Aylantiruvchi moment teskari ko‘rsatuvchi moment Mtes bilan muvozanat bo‘lganda qo‘zg‘aluvchi qism strelka bilan birgalikda o‘lchanayotgan kattalik qiymatiga mos keladigan aniq holatni egallaydi. O‘lchash asboblaridagi teskari ta’sir ko‘rsatuvchi moment ko‘pincha prujina yordamida hosil qilinadi.
Qo‘zg‘aluvchan qismning surilishi muvozanat holatda bo‘lishi momentlarning tengligi Mayl= Mtes bilan ifodalanadi.
Asosiy elektromexanik o‘lchash mexanizmlariga magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik va induksion mexanizmlar kiradi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin