b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: O’zgarmas va o’zgaruvchan tokning kuchini, kuchlanish, elektr qarshilik, aktiv va reaktiv quvvat, aktiv va reaktiv energiyani bilvosita va bevosita o’lchash, quvvat koeffitsienti cosφ ni ostsillograf yordamida o’lchash, universal o’lchash asbobi AVO metr yordamida elektr kattaliklarni o’lchash kabi amaliy ko’nikmalarni va malakalarni egallashi; .
elektrik o’lchashlarning ahamiyati, elektr o’lchash asboblarining turlari: magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik, induktsion, tuzilishi, ishlash printsipi, elektr o’lchash asboblariga qo’yiladigan shartli grafik belgilar va texnik talablar, elektr kattaliklar (tok kuchi, kuchlanish, qarshilik, quvvat, chastota, faza siljishi, aktiv va reaktiv elektr energiya) ni o’lchash usullari haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishi;
elektr o’lchashlarning ahamiyatini tushunishi hamda elektr o’lchash asboblarining turlari, tuzilishi, ishlash printsipi va elektr kattaliklarni o’lchash usullari to’g`risida tasavvurlarga ega bo’lishi.
v) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: Elektrik o’lchashlarning ahamiyati, elektr o’lchash asboblarining turlari: magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik, induktsion, tuzilishi, ishlash printsipi, elektr o’lchash asboblariga qo’yiladigan shartli grafik belgilar va texnik talablar, elektr kattaliklar (tok kuchi, kuchlanish, qarshilik, quvvat, chastota, faza siljishi, aktiv va reaktiv elektr energiya) ni o’lchash usullari haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishi;
elektr o’lchashlarning ahamiyatini tushunishi hamda elektr o’lchash asboblarining turlari, tuzilishi, ishlash printsipi va elektr kattaliklarni o’lchash usullari to’g`risida tasavvurlarga ega bo’lishi.
g) Quyidagi hollarda talabaning bilim darajasini 0-54 ball bilan baholash mumkin: Elektr o’lchashlarning ahamiyatini tushunishi hamda elektr o’lchash asboblarining turlari, tuzilishi, ishlash printsipi va elektr kattaliklarni o’lchash usullari to’g`risida tasavvurlarga ega bo’lmagan va O.N va J.N lar uchun ajratilgan minimal ballarni to’play olmagan hollarda.
Dostları ilə paylaş: |