1.1 Fanning maqsadi va vazifalari
“Elektr o’lchash asboblari va elektrik o’lchashlar” fani o’z oldiga har tomonlama rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ta`lim-tarbiya ishlarini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal etadigan, milliy istiqlol g`oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etadigan, barkamol, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash hamda unga zamonaviy ta`lim berish maqsadini qo’yadi.
« Elektr o’lchash asboblari va elektrik o’lchashlar » fani quyidagi vazifalarni hal etadi:
talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiladigan, milliy istiqlol g`oyalariga sodiq, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash;
talabalarga elektrik o’lchashlarning ahamiyati, elektr o’lchash asboblarining turlari: magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik, induktsion, tuzilishi, ishlash printsipi, elektr o’lchash asboblariga qo’yiladigan shartli grafik belgilar va texnik talablar, elektr kattaliklar (tok kuchi, kuchlanish, qarshilik, quvvat, chastota, faza siljishi, aktiv va reaktiv elektr energiya) ni o’lchash usullari haqida nazariy bilimlar berish;
talabalarda o’zgarmas va o’zgaruvchan tokning kuchini, kuchlanish, elektr qarshilik, aktiv va reaktiv quvvat, aktiv va reaktiv energiyani bilvosita va bevosita o’lchash, quvvat koeffitsienti cosφ ni ostsillograf yordamida o’lchash, universal o’lchash asbobi AVO metr yordamida elektr kattaliklarni o’lchash ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
1.2 Fanni o’zlashtirishga ko’yiladigan talablar.
elektr o’lchashlarning ahamiyatini tushunishi hamda elektr o’lchash asboblarining turlari, tuzilishi, ishlash printsipi va elektr kattaliklarni o’lchash usullari to’g`risida tasavvurlarga ega bo’lishi;
elektrik o’lchashlarning ahamiyati, elektr o’lchash asboblarining turlari: magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik, induktsion, tuzilishi, ishlash printsipi, elektr o’lchash asboblariga qo’yiladigan shartli grafik belgilar va texnik talablar, elektr kattaliklar (tok kuchi, kuchlanish, qarshilik, quvvat, chastota, faza siljishi, aktiv va reaktiv elektr energiya) ni o’lchash usullari haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishi;
talabalar o’zgarmas va o’zgaruvchan tokning kuchini, kuchlanish, elektr qarshilik, aktiv va reaktiv quvvat, aktiv va reaktiv energiyani bilvosita va bevosita o’lchash, quvvat koeffitsienti cosφ ni ostsillograf yordamida o’lchash, universal o’lchash asbobi AVO metr yordamida elektr kattaliklarni o’lchash kabi amaliy ko’nikmalarni va malakalarni egallashi lozim.
Dostları ilə paylaş: |