Sig‘imni o‘zgaruvchan tok ko‘prigidan foydalanib o‘lchash
Sig‘im va induktivlikni o‘lchashda bevosita baholovchi asboblar bilan bir qatorda o‘zgaruvchan tok ko‘prigidan ham foydalaniladi. O‘zgaruvchan tok ko‘prigining prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.O‘zgaruvchan tok ko‘prigining elkalari kompleksli to‘la qarshilikdan iborat bo‘lishi mumkin, shuning uchun uning muvozanatlik sharti quyidagicha ifodalanadi:
Kompleksli to‘la qarshiliklarni daraja shaklida, ya’ni shaklda yozib, o‘zgaruvchan tok ko‘prigining muvozanatlik shartini quyidagicha ifodalash mumkin:
Bunda Z1, Z2, Z3 va Z4-tegishli elka to‘la qarshiliklarining moduli; φ1, φ2, φ3 va φ4 – tegishli elka kuchlanishlari bilan elka toklari orasidagi faza siljishi.
Muvozanatlik sharti ikkinchi shartni bajarish ancha qiyin, shuning uchun agar ikkita yondosh (masalan, uchinchi va to‘rtinchi) elkaga sof aktiv va ni ulasak, bo‘ladi va boshqa ikkita yondosh elkaga induktivlik yoki kondensator ulanadi. Agar aktiv qarshiliklar qarama-qarshi elkalarga ulansa, boshqa qarama-qarshi elkalarning biriga induktivlik, ikkinchisiga esa kondensator ulanadi.
O‘zgaruvchan tok ko‘prigida nol asbob (NA) o‘rnida elektron asbob, vibratsion galvanometrlar va to‘g‘rilagichli magnitoelektrik galvanometrlar ishlatiladi.
Sig‘imni o‘zgaruvchan tok ko‘prigidan foydalanib o‘lchash (davomi)
Kondensator sig‘imini o‘lchash uchun xizmat qiluvchi o‘zgaurvchan tok ko‘prigining sxemalari ko‘rsatilgan. O‘zgaruvchan tok ko‘prigi quvvat isrofi bo‘lmagan kondensator, ya’ni dielektrikli (havoli) kondensator sig‘imini o‘lchash uchun xizmat qiladi. O‘lchanayotgan sig‘im namuna sig‘imi bilan solishtirilib, quyidagicha aniqlanadi:
yoki
Odatda, kondensator oz miqdorda aktiv quvvat qabul qiladi. SHuning uchun real kondensatorni ideal sig‘im va unga ketma-ket yoki parallel ulangan aktiv qarshilik dan iborat, deb faraz qilish mumkin. Bu vaqtda aktiv qarshilikning miqdori quvvat isroflariga ekvivalent, deb qabul qilinadi.
Quvvat isrofi nisbatan kichik kondensatorlar sig‘imini o‘lchash uchun aktiv qarshiligi ketma-ket ulangan ekvivalent sxemadan foydalanish mumkin. Bu holda ko‘prik elkalarining to‘la qarshiliklari quyidagiga teng bo‘ladi:
Bu ifodalarni ko‘prikning umumiy muvozanatlik shartiga qo‘yamiz:
.
Bundan ko‘prikning ikkita muvozanatlik sharti kelib chiqadi:
Kondensatorga berilgan kuchlanish bilan tok orasidagi faza siljishini 900 ga to‘ldiruvchi quvvat isrofi burchagi ni quyidagi ifodadan aniqlash mumkin:
.
Ko‘prikni muvozanatlash uchun bo‘lganda elkalar nisbati ni o‘zgartirib, nol asbobda eng kam tok bo‘lishiga erishiladi, so‘ngra ni o‘zgartirib, tokning yanada kam bo‘lishiga erishiladi. So‘ngra ni o‘zgartirib, ko‘prik muvozanatlanadi. Quvvat isrofi nisbatan katta bo‘lgan kondensatorlar sig‘imini o‘lchash uchun aktiv qarshiligi parallel ulangan ekvivalent sxemadan foydalaniladi. Ko‘prik muvozanatda bo‘lganda o‘lchanayotgan sig‘im va kondensatorning aktiv qarshiligi:
Quvvat isrofi burchagi kondensator va rezistor parallel ulanganda quyidagicha aniqlanadi:
; dielektriklardagi quvvat isroflarini aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |