Toklar rezonansi – R, L, C o’zaro parallel ulangan zanjirdan o’zgaruvchan tok o’tganda sig’im va induktiv qarshiliklar o’zaro teng bo’lganda toklar rezonansi sodir bo’ladi, ya’ni tok ortib ketadi.
Rezonans chastota – XL = Xc shartidan topiladi. Lφ = 1 / Cω ω² = 1 / LC ω = 2π / T = 2πf frez = 1 / 2π √ LC frez – rezonans chastota deyiladi.
Reostat – elektr zanjiridagi tok kuchi va kuchlanishni rostlashga mo’ljallangan asbob. Reostat zanjirga ketma-ket ulansa tok kuchini, parallel ulansa kuchlanishni rostlashga imkon bo’ladi. Rheostat sim shaklidagi nixromdan tayyorlanadi. U o’zgaruvchan qarshilik vazifasini ham o’taydi.
Rezistor – tok va kuchlanishni cheklash uchun zanjirga ulanadigan qurilma.
Qarshilik – zanjir qismining yoki iste’molchining elektr xossalaridan birini xarakterlovchi parametr. Aktiv, induktiv, sig’im, to’la qarshilik kabi turlarga bo’linadi.
Izolyator – elektr tokini o’tkazmaydigan material – chinni, shisha, kauchuk, rezina kabilar.
Elektr izolyatori – solishtirma elektr qarshiligi juda katta bo’lgan modda, ya’ni dielektriklar.
Elektr izolyasiya – elektr simlarining boshqa tok o’tkazuvchi qismlarga tegib ketish havfidan saqlash maqsadida ularni ajratib qo’yish uchun qo’llaniladigan material.
Erga ulash – elektr mashinasi, transformator kabi elektrotexnik qurilmaning bir qismini er bilan tutashtirish. Bunda gaz trubasi yonuvchi moddasi bor jismlardan foydalanilmaydi.
Faza burchagi - sinusoidal tok tenglamasidagi argument – (ωt+ φo) i = ISin (ωt+ φo) Fazometr – o’zgaruvchan tok zanjiridagi tok va kuchlanish orasidagi faza burxhagini o’lchaydi.
Tok parametrlari – tok kuchi, kuchlanishi, qarshilik, induktivlik, sig’im zich ko’p uchraydigan parametrlardir.
Ayrim kichik kattaliklar – milli = 10¯³, mikro = 10¯6, nano = 10¯9, niko =10¯12.
Ayrim katta kattaliklar – kilo= 10+³, mega= 10+6, giga= 10+9.
Qisqa tutashuv - tok o’tuvchi simlarning bir-biriga nagruzkasiz ulanishi tok kuchi keskin ortib ketadi.
Elektr generatori – turli energiyadan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan elektromexanik asbob.
Elektron generator – elektron asboblar yordamida doimiy elektr tokian shakli va chastotasi turlicha bo’lgan elektr tebranishlar ishlab chiqaradigan qurilma.
Uch fazali tok – E.Yu.K.lari bir xil chastotali va faza bo’yicha bir-biriga nisbatan 120° burchakka siljigan uchta bir fazali elektr zanjirlar to’plamiga aytiladi.
Faza – uch fazali sistemasini tashkil etuvchi ayrim fazalar.
Yulduz usulida ulash – uchta cho’lg’am oxirlari o’zaro tutashtirilgan to’rt simli sistema.
Uchburchak usulida ulash – birinchi cho’lg’am oxiri ikkinchi cho’lg’am boshi bilan, ikkinchi cho’lg’m oxiri uchunchi cho’lg’am boshi bilan, uchunchi cho’lg’am oxiri birinchi cho’lg’am boshi bilan ulanish usuli.
Faza kuchlanishi – biror liniya simi va neytral sim orasidagi kuchlanish.
Liniya kuchlanishi – liniyalar orasidagi kuchlanish.
Cho’lg’am uchi – g’altakning tok manbaiga ulanadigan uchiga aytiladi.
Cho’lg’am oxiri – g’altakning iste’molchiga ulanadigan uchi.
Stator – elektr mashinasining qo’zg’almaydigan qismi.
Rotor – elektr mashinasining aylanadigan qismi.
Transformator – tok parametrlarini o’zgartirib uzatuvchi.
Kuch transformatori – kuchlanishni o’zgartirib uzatadigan transformator.
Transformatorning birlamchi cho’lg’ami – tok manbaiga ulanadigan cho’lg’am.
Ikkilamchi cho’lg’am – iste’molchi ulanadigan cho’lg’am.
Maxsus trasformator – o’zgaruvchan tokning kuchlanishdan boshqa parametrlarini o’zgartiradigan transformatorlar.
Induktor – elektr mashinasining yordamida magnit maydon hosil qiladigan qismi – elektromagnit.
Yakor – elektr mashinasining tok paydo bo’ladigan qismi.
Kollektor – elektrotexnik mashinalarining elektr toki yo;nalishini to’g’rilovchi qismi.
Noelektrik kattalik – elektrik bo’lmagan (mexanik – tezlik, bosim, temperature, namlik).
Datchik – o’zgartirgich, noelektrik kattalikni elektrik kattaligiga o’zgartirgich.
Kollektr – tranzistorning elektrodlaridan birining nomi.
Elektrovakuum asbobi - vakuumda elektr tokining paydo bo’lishi faqat termoelektr harakati bilan bog’lik asboblar.
Ion asboblar – uchib borayotgan elektronlarning biror gaz bug’larini ionlashga asoslangan asbob.
Yarim o’tkazgichli asbob – diod, transistor.
Electron to’g’rilagich – electron asbob yordamida o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantiruvchi asbob.
Electron asboblar – radiolampa, yarim o’tkazgichli diod, transistor.
Asinxron – barovar emas n1 > n2. Sinxron – barovar n1 = n2. Aylanuvchi magnit maydon – statorga joylashgan uch fazali tok cho’lg’amlaridan tok o’tish jarayonida hosil bo’luvchi va aylanib turuvchi maydon.
Yakor reaksiyasi – doimiy tok mashinasi yakorida hosil bo’lgan tok magnit maydonining stator (inductor) hosil qilgan elektromagnit maydoniga ta’siri.
Tok komutasiyasi – yakor aylanganda parallel tarmoqlar uchlarining navbati bilan tok oluvchi shyotkalarga ulanishi va bu tokning (endi doimiy) iste’molchiga borishi.
O’zgarmas tok generatorining salt ishlash xarakteristikasi – generator nagruzkasiz ishlaganda uning aylanishkar soni o’zgarmas (n=const) bo’lganda yakorda hosil bo’lgan E.Yu.K. (Eya) bilan uyg’otish toki (Iuyg’) orasidagi bog’lanish.
O’zgarmas tok generatorlarining tashqi xarakteristikasi – generator chiqishidagi kuchlanishning nagruzka tokiga bog’liqligi.
O’zgarmas tok generatorining rostlash xarakteristikasi – nagruzka toki o’zgarmaganda generator qisqichlaridagi kuchlanishni o’zgartirmay saqlash uchun uyg’otish cho’lg’amidagi tokni qanday o’zgartirish kerakligini ko’rsatadi.
O’zgarmas tok dvigatelining ish xarakteristikasi – U=const; Iuyg’= const bo’lganda dvigatel aylanish chastotasining (n), aylantiruvchi (M) momentining, dvigatel foydalanish ish koeffisientining yakorda hosil bo’lgan tokka bog’liqligi tushuniladi.
O’zgarmas tok dvigatelining mexanik xarakteristikasi – dvigatel vali aylanish chastotasining mexanik momentga bog’liqligi.
O’zgarmas tok dvigatelining foydali ish koeffisienti – dvigatel sarflayotgan foydali P2 quvvatning tarmoqdan olayotgan quvvat (P1)ga nisbatining foizlarda ifodalangan qiymati.
Elektr yuritma – ish mashinasini xarakatga keltiruvchi elektr dvigatel, dvigateldan ish mashinasiga quvvatni uzatuvchi moslama (transmissiya) va elektr dvigatelni boshqaruvchi qurilmalar to’plami.
Ish mashinasi – biror texnologik operasiyani amalgam oshiradigan mashina (masalan tikuv mashinasi).
Elektr dvigatel – elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi mashina.
Transmissiya – quvvatni tasma, tishli g’ildiraklar yoki kardan vali orqali uzatuvchi moslama.
Boshqarish apparatlari – elektr dvigatelni yurgizuvchi, to’xyayuvchi, tezligini o’zgartiruvchi, reverslovchi apparatlar – ularni ishga tushuruvchi apparatlar deyiladi, ikkinchisi himoya apparatlari – saqlagich va relelar.