O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s
AMALIY MASHG’ULOTLAR 1- Mavzu: Elektr o’lchash asboblariga qo’yiladigan shartli grafik belgilar va texnik talablar. Eletr energiya ishlab chiqari va iste’mochilarga yuborish bilan birga ular tamonidan qabul qilinayotgan energiyaning miqdori va sifatini tekshirib turish lozim bo’ladi. Masalan, energiya miqdori schyotchik , tok kuchi amper , kuchlanish volt metr, quvvat vattmetr, tok chastotasi chastotametr bilan o’lchanadi.
Quydagi jadvalda bazi elektr o’lchov asboblarning nom iva shartli belgilari berilgan.
Har qanday elektr o’lchov asbobi elektr toki ta’sirida yuz beradigan biror xodisa orqali ishlangan bo’ladi. Hamma elektr o’lchov asboblarida bunday hodisa mexanik energiyaga aylantiriladi va asbobga o’rnatilgan ko’rsatgichni (strelka) harakatlantiradi.
Elektr o’lchov asboblarining nomi va shartli belgilari.
Magnita elektrik stansiyasidagi o’lchov asboblari o’zgarmas magnit maydoni bilan shu maydonda joylashgan o’tkazgichdagi tokning o’zaro ta’siriga asoslangan. Ular faqat o’zgarmas tok zanjiridagi elektr miqdorini o’lchash uchun qo’llaniladi.
Elektromagnit sistemasidagi o’lchov asboblari elektr toki o’tib turgan o’ram atrofida hosil bo’ladigan magnit maydoni bilan shu o’ram orasiga joylashgan temir o’zakning o’zaro ta’siri asosida ishlanadi va o’zgarmas tok zanjirida ham, o’zgaruvchan tok zanjirida ham qo’llanilaveradi.