O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə219/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Geologik tuzilishi 
Materikning sharqiy katta qismi platformali geologik strukturadan, shimoliy
va g‘arbiy chekka qismlari vertikal tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan 
geosinklinal qurilmalardan iborat. Platformaning shimoliy katta qismi eng
qadimiy, arxey va proterazoy eralarining kristall jinslaridan tarkib topgan. 
Platformaning janubiy kichikroq qismi gersin bosqichida shakllangan. Shuning
uchun Janubiy Amerika hududining aksariyat qismini poydevorini tashkil etuvchi 
yirik platforma shakllanish tarixiga va yoshiga kura ikkiga: arxey va proterozoy
burmalangan zamindagi Gviana-Braziliya (Janubiy Amerika) platformasiga va 
gersin burmalanish davrida vujudga kelgan Patagoniya platformasiga
bo‘linadi. 
Gviana-Braziliya platformasiga Patagoniya platformasiga nisbatan juda katta
maydonni egallab olgan. Uning hududi turli davrlarda vujudga kelgan xilma-xil 
jinslardan tarkib topgan. Eng qadimiy kembriydan avval hosil bo‘lgan granit va
gneyslar platformaning burmalangan va murakkab geologik strukturaga ega 
bo‘lgan zaminini tashkil etadi. Platformaning usti paleozoy, mezozoy va kaynozoy



eralarida hosil bo‘lgan yoshroq jinslar bilan qoplangan. Bu jinslarning qalinligi


qadimgi poydevor yuzasining relef tuzilishiga bog‘liq.
Gviana-Braziliya platformasining botiq zaminida asosan sinklinal tektonik
strukturalar va ko‘tarilib turgan zaminida antiklinal tektonik strulturalar-qalqonlar 
vujudga kelgan. Binobarin, sinklinal zonalarda akkumulyativ jarayon yetakchi
o‘rin egallasa, antiklinal zonalarda denudatsiya jarayoni faol davom etadi. Shuning 
uchun botiqlarda cho‘kindi jinslarning qalinligi minglab metrlar bilan o‘lchansa,
qalqonlarda va anteklizalarda o‘nlab va yuzlab metrlar bilan o‘lchanadi. Bu jinslar 
ko‘pchilik holatlarda gorizontal ravishda joylashgan bo‘lib, ular kam burmalangan.
Gviana-Braziliya platformasi tarkibida asosan ikkita qalqon-Gviana va Braziliya 
qalqonlari mavjud bo‘lib, ular bir-biridan Amazoniya botig‘i orqali ajralib turadi.
Geologlarning ilmiy faraziga ko‘ra Janubiy Amerika platformasining 
rivojlanish tarixi Afrika, Avstraliya, Antarktida va Janubiy Osiyo platformalarining
rivojlanish tarixi bilan uzviy bog‘liq. Chunki janubiy yarim shardagi ulkan 
Gondvana materigi paleozoy erasi davomida yaxlit holda mavjud bo‘lib, yuqorida
nomlari aytilgan materiklar unig‘g tarkibiy qismini tashkil etgan. 
Kembriyda Amazoniya pasttekisligi o‘rnida juda katta bukilma hosil bo‘ladi.
Keinchalik bu bukilma janubga Paragvay havzasi tomon cho‘zilib boradi. Natijada 
devon davriga kelib bu bukilmalar dengiz tagida qolib, yirik suv havzasi vujudga
keladi. Karbon (toshko‘mir) davriga kelib dengizlarning maydoni ancha qisqaradi. 
Gersin bosqichida kembriydan oldin hosil bo‘lgan platforma zaminida,
Braziliya qalqonining janubiy qismida magmalarning otilib chiqishi sodir bo‘ladi. 
Gersin orogenezi And geosinklinal zonasining sharqiy qismida, platformaga yaqin
joylarda ham namoyon bo‘ladi. Materikning janubiy qismida gersin burmalanishi 
davrida Patagoniya platformasi vujudga keladi.
Mezozoyning boshlariga kelib, trias davrida Atlantika okeanining hozirgi 
janubiy qismida katta bukilma hosil bo‘ladi. Ana shundan boshlab Gondvana
quruqligi parchalanib, boshqa-boshqa materiklarga bo‘linib ketadi. 
Braziliya yassi tog‘ligining markaziy qismida kristalli zamin juda pastda
yotadi. Bu uchastka qalqonning ichki qismidagi cho‘kma bo‘lib, u platformaning 
qadimgi burmalanishi natijasida hosil bo‘lgan. Cho‘kmaning yuzasi gorizontal
joylashgan va yuqori ko‘tarilgan katta qalinlikdagi mezozoy yotqiziqlari bilan 
qoplangan.
Janubiy Amerika platformasida paleozoyda hosil bo‘lgan tog‘larning butun 
mezozoy erasi davomida yemirilishi tufayli katta miqdorda kontinental yotqiziqlar
to‘planadi. Ular bukilgan zonalarni asta-sekin to‘ldira borib, botiqlardagi suv 
havzalarini quruqlikka aylantiradi.
Materikning shimoliy va g‘arbiy chekka qismida joylashgan And 
geosinklinal zonasi Janubiy Amerikaning eng yosh va seysmik jihatdan
harakatchan hududi hisoblanadi. Bu yerda tog‘ hosil bulish jarayoni quyi bo‘r 
davridan boshlanigan va dastlab g‘arbiy rayonlarda sodir bo‘lgan. Mezozoy
burmalanish bosqichi And geosinklinal zonasida vertikal harakatlar, vulkanlarning 
otilishi, yoriqlarning va tog‘oralig‘i cho‘kmalarining hosil bo‘lishi bir muncha
shiddat bilan davom etadi. Paleogen davrida tog‘ burmalanish jarayoni 
geosinklinal zonaning sharqiy qismiga ham tarqaladi. Neogenning oxirida Qirg‘oq



Kordileralari hosil bo‘ladi, ikki materik Shimoliy va Janubiy Amerika bir-biri bilan


uzil-kesil tutashadi. 
Mezozoy va alp tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari natijasida Janubiy
Amerikaning faqatgina g‘arbiy qismidagi geosinklinal zonada tog‘ tizmalari hosil 
bo‘lib qolmasdan, balki platformaning chekka qismlarida ham ko‘tarilmalar
vujudga keladi. Natijada kembriygacha bo‘lgan va paleozoydagi geologik 
qurilmalarning ayrim uchastkalari o‘z ko‘rinishini va balandlik shakllarini
o‘zgartirib And tog‘ tizmasiga qo‘shilib ketgan. 
Neogen va to‘rtlamchi davrning boshlarida And tog‘ tizimining barcha
hududida differensiatsiyalashgan shiddatli yangi tektonik harakatlar yuz berdi. Bu 
zonada geosinklinallarning o‘zaro tutashishi bilan bir vaqtda alp burmalanishida
paydo bo‘lgan tog‘larning juda katta balandlikka ko‘tarilishi ham kuzatilgan. 
Materikning alp burmalanish zonasi sharqiy platformali zonaga nisbatan seysmik
harakatchanligi va hozirgi zamon so‘nmagan vulkanlarining keng tarqalganligi 
bilan farq qiladi.
And tog‘ tizimi tektonik mintaqasining materikdan tashqaridagi Tinch okean 
qismi Peru va Chili chuqur botiqlari hozir ham geosinklinal rivojlanishda bo‘lib,
ular kuchli ravishda davom etayotgan cho‘kish xususiyatiga ega. Shunga paralel 
ravishda bu zonada materikdan kelib tushayotgan cho‘kindi jinslarning to‘planib
borish jarayoni ham davom etmoqda. 
And tog‘ tizimi mintaqasida yangi tektonik harakatlar hozirgi kunda ham o‘z
faoliyatini susaytirgan emas. Bu esa tog‘ hosil bo‘lish jarayonining davom 
etayotganligidan darak beradi. And tizimida sungan va harakatdagi vulkanlar keng
tarqalgan. Vulkanlarning ko‘pchiligi Kolumbiya va Ekvador And tog‘larida, 
Markaziy Andda va Chilining o‘rta qismidagi And tog‘larida joylashgan. Yuz
beradigan eng kuchli va dahshatli zilzilalar ham shu regionlar bilan chambarchas 
bog‘liq. Eng kuchli tektonik harakatlar va yer qimirlashlar har 10-15 yilda
takrorlanib turadi. Jumladan, 1960 yilda Chilida, 1970 yilda Peruda va 1985 yilda 
And tog‘larining boshqa regionlarida dahshatli zilzilalar bo‘lib o‘tgan.


Relefi 

Janubiy Amerika yer yuzasining tuzilishi Shimoliy Amerikaning orografik 


tuzilishiga o‘xshab ketadi. Materikning eng chekka g‘arbiy va shimoliy qismida
qirg‘oq bo‘ylab 9000 km masofaga cho‘zilgan And tog‘ tizimi joylashgan. Uning 
Atlantika okeani sohillariga yaqin joylashgan sharqiy qismini Gviana, Braziliya va
Patagoniya yassi tog‘liklari egallab olgan. Janubiy Amerikaning 45% ga yaqin 
xududi Amazonka, Orinoko, Markaziy (Ichki). Gviana kabi pasttekisliklardan
tashkil topgan. 
Materikning hozirgi relef shakllarining hosil bo‘lishida yangi tektonik
harakatlarning roli nihoyatda katta. Yangi tektonik harakatlar materikning 
geosinklinal g‘arbiy tog‘lik mintaqasiga kuchli ta’sir etib qolmasdan, balki unga
nisbatan tinchroq bo‘lgan sharqiy tekislik va yassi tog‘lik mintaqasiga ham o‘z 
ta’sirini ko‘rsatgan. Natijada turli xil morfologik strukturalarga ega bo‘lgan yirik
relef shakllari vujudga kelgan. 


Janubiy Amerika taraqqiyot tarixi geotektonik strukturasiga ko‘ra ikkita


yirik qismga: 1) platformali strukturadan tarkib topgan Andsiz Sharqqa va 2) 
geosinklinal mintaqadan tashkil topgan Andli G‘arbga bo‘lgladi. Har ikkala
geotektonik yirik region relef shakllarining vujudga kelish tarixiga va hozirgi relef 
xususiyatlariga ko‘ra bir qator morfostruktura oblastlarga bo‘linadi.
Andsiz Sharq Janubiy Amerika va Patagoniya platformalarining 
geostrukturasiga va hozirgi relef shakllariga mos keladigan antekliza va sinekliza
morfostruktura oblastlaridan tarkib topgan. Janubiy Amerika platformasining 
antekliza va sinekliza morfostruktura oblastlari Gviana va Braziliya yassi
tog‘liklaridan iborat. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin