Braziliya yassi tog‘ligining Atlantika okeani tomon qaragan sharqiy va
janubi-sharqiy qismida baland ko‘tarilgan uzilmalar sohil bo‘ylab cho‘zilgan
bo‘lib, ular kuchli parchalangan. Bu uzilmalar balandligi 2000-2800 m keladigan
bir necha tog‘ tizmalarini hosil kiladi.
Bular Serra Jeral, Serra-du-Mar, Serra-da-
Mantikeyra, Serra-du-Yespinyasu tizmalari va Borborema platosidir. Tizmalarning
o‘ziga xos cho‘qkilari bo‘lib, shundan Bandeyra okean sathidan 2890 m, Itambe
2033 m, Igreja 1808 m baland ko‘tarilib turibdi. Bandeyra tog‘i
Braziliya yassi
tog‘ligining eng baland nuqtasi hisoblanadi.
Braziliya yassi tog‘ligining markaziy, g‘arbiy va shimoliy qismlari uning
sharqiy va janubi-sharqiy qismiga nisbatan ancha past. Bu yerda o‘rtacha
balandligi 500-800 m dan oshmaydigan Serra-Dorada,
Serra-du-Ronnador, Serra-
dus-Paresis, Serra-Formoza, Serra-du-Kashimbu kabi tog‘lar va kristall zaminli
Matu-Grosu platosi joylashgan.
Janubiy Amerika platformasining sinekliza
morfostruktura oblastlari
Orinoko, Amazonka va Markaziy pastteksiliklardan iborat.
Dostları ilə paylaş: