kaynozoyning kontinental yotqiziqlari bilan to‘lgan. Yuqori qatlamini issiq va nam
iqlim sharoitida vujudga kelgan qalin lateritli nurash pusti tashkil etadi.
Amazonkaning g‘arbiy va sharqiy qismlarini relef xususiyatlari Lyanos
Oriniko pasttekisliganing relef xususiyatlariga o‘xshab ketadi. Uning g‘arbiy qismi
ancha past, tekis, Amazonka daryosining o‘rta oqimida, Manaus shahri yaqinida
pasttekislikning yuzasi okean sathidan atiga 26 m baland. And tog‘
etaklarida
yakinida balandlik zo‘rg‘a 150 m gacha yotadi. Bu regaonda daryo vodiylari
chuqur kesilmagan.
Amazonka pastttekisligining sharqiy qismi, g‘arbiy qismiga nisbatan daryo
vodiylari bilan chuqur kesilgan, daryo oraliqlari 150-300 m gacha ko‘tarilib
tekis
yuzali platolar hosil qiladi. Pasttekislikning shimoliy va janubiy chekka qanotlarida
kristall jinsli qalqonlar asta-sekin yuzaga ko‘tarilib yassi tog‘liklar bilan tutashib
ketadi. Amazonka irmoqlarining yuqori oqimlari chuqur kesgan vodiylarida
qadimiy
kristall jinslar ochilib, yuzaga chiqib qolgan va ostonalar hosil qilgan.
Pasttekislikning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismlari uchun relefning ko‘tarilish
tendensiyasi harakterli. Bu And tog‘laridan oqizib kelinadigan daryo
yotqiziqlarining to‘planishi va yoyilma konuslarning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: