1507 yilda lotaringiyalik kartograf M.Valdzemyuller janubiy materikni
florensiyalik Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif qildi. 1541
yildan keyin bu nom Shimoliy Amerika uchun ham rasm bo‘ldi.
1516 yilda ispaniyalik dengizchi sayyoh H.D.Solis Urugvay va Parana
daryolarining quyi oqimidagi yerlarni tekshirdi va geografiyaga oid materiallarni
to‘pladi. 1520 yilda F.Magellan boshliq ispan ekspeditsiyasi materikning
janubiy
qirg‘oqlarigacha suzib bordi va Patagoniya (hozirgi Magellan) bo‘g‘ozi orqali
Tinch okeanga chiqdi. Bo‘g‘ozning janubidagi joylarni Magellan Olovli Yer deb
atadi.
Janubiy Amerika tabiatini kompleks tekshirgan
dastlabki olimlardan biri
nemis geografi va sayyohi Aleksandr Gumboldtdir. U fransuz botanigi E.Bonplan
bilan birga 1801 yilda Janubiy Amerika tabiatini har tomonlama mukammal
o‘rganish uchun ekspeditsiya tashkil etdi. A.Gumboldt materikning dastlabki
geologiya
kartasini tuzdi, g‘arbiy qirg‘oqlar tabiatini tasvirlab yozdi, qirg‘oq
yaqinidagi dengiz oqimini o‘rgandi va bu oqimning sohilbo‘yi iqlimiga ta’sirini
izohlab berdi. U And tog‘lari tabiatini o‘rganib, balandlik mintaqalik g‘oyasini
ilgari surdi.
Janubiy Amerika tabiatini tadqiq etishda rus sayyohlari ham o‘z hissalarini
qo‘shdilar. XIX asrning boshida N.G.Rubsov va G.I.Langsdorf boshchiligidagi
ilmiy safar xodimlari Braziliya tog‘ligida ilmiy tekshirish ishlari olib bordi. Ilmiy
safar ishtirokchilarining asosiy maqsadi Braziliya tog‘ligining
ichki rayonlari
tabiiy sharoitini hamda tubjoy aholisining etnografik xususiyatlarini o‘rganish edi.
Bu maqsad ular tomonidan to‘liq amalga oshirildi.
Botanik olimlardan N.I.Vavilov 1932-1933 yillarda materikka ilmiy safar
uyushtirib, u yerda dehqonchilikning qadimgi o‘choklarining geografik
markazlarini va vatani Janubiy Amerika bo‘lgan
bir necha tur madaniy
o‘simliklarning kelib chiqishini aniqladi.
Dostları ilə paylaş: