mintaqasiga Karib dengizi sohillari, Orinako pasttekisligi, Gviana pasttekisligi va
Gviana yassi tog‘ligining katta qismi qaraydi. Janubiy subekvatorial iqlim
mintaqasiga Braziliya yassi tog‘ligining shimoliy qismi, Amazonka
pasttekisligining janubiy qismi va Tinch okean sohilining ekvatordan to 5° j.k.
gacha bo‘lgan qismi kiradi. Shimoliy va janubiy yarim sharlarning subekvatorial
mintaqalari materikning sharqiy qismida o‘zaro tutashadi.
Subekvatorial iqlim mintaqalarida yozda ekvator havo massalari, qishda
tropik havo massalari barqaror bo‘ladi. Shu sababli subekvatorial iqlim uchun
sernam yoz va qurg‘oqchil issiq kish fasllari harakterlidir. O‘rtacha oylik harorat
25°, 30° S ni tashkil etadi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori mintaqaning aksariyat
qismida 1500-2000 mm dan ortadi. Faqat Braziliya yassi tog‘ligining shimoli-
sharqiy qismiga yiliga 1000 mm dan kamroq yog‘in tushadi.
Janubiy yarim sharda, Braziliya yassi tog‘ligida, Amazonka pasttekisligining
janubida ekvatorial musson bilan bog‘liq bo‘lgan yomg‘ir davri dekabrdan
maygacha davom etadi. Shimoliy yarim sharda aksincha, yomg‘ir davri maydan
dekabrgacha davom etadi. Qishda tropik passatlar hukmronlik qilgan davrda
yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: