O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə228/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Subtropik mintaqa. Materikning 30° va 40° j.k. lar oralig‘i subtropik iklim
mintaqasiga qaraydi. Bu mintaqaning iklimi yozda tropik havo massalari ta’sirida 
va qishda mo‘’tadil havo massalari ta’sirida tarkib topadi. Subtropik mintaqada
ham tropik mintaqadagiga o‘xshash ichki iklim tafovutlari mavjud bo‘lib, ular 
sharkdan g‘arbga qarab namoyon bo‘ladi.
Materikning janubi-sharqiy kismi, Urugvay hududi, Braziliya yassi 
tog‘ligining janubiy chekka qismi, Parana va Urugvay daryo oralig‘i, Pampaning
sharqiy kismi yil davomida bir me’yorda sernam bo‘lib turadigan nam subtropik 
iqlim oblastiga qaraydi. O‘rtacha yillik yog‘in mikdori 1000-2000 mm ni tashkil
etadi. Yozi issiq, kishi yumshoq bo‘ladi, qish oyining o‘rtacha harorati +10°S 
atrofida. Janubdan sovuq havo massalari kirib kelganda havo harorati 0°S dan ham
pasayadi.
Subtropik mintaqada materik ichkarisiga kirib borgan sari (Pampaning g‘arbiy
qismi) kontinentallik orta boradi, yog‘in faqat yozda yog‘adi. Atlantika okeanidan 
nam havo massalari kam yetib kelganligi tufayli yillik yog‘in miqdori 500 mm dan
oshmaydi. Havo harorati nam subtropik iqlim oblastiga o‘xshash. Materikning eng 
g‘arbiy qismida, Tinch okean sohilining 30°va 37° j.k. lari oralig‘ida o‘rta
dengizbo‘yi tipidagi qishi yumshoq, sernam va yozi quruq subtropik iklim tarkib 
topgan.
Mo‘’tadil mintaqa. Materikning 40° j.k. dan janubdagi tor qismida
mo‘’tadil iqlim mintaqasi joylashgan. Bu mintaqa o‘zining iqlim xususiyatlari 
bilan shimoldagi iqlim mintaqalaridan keskin farq qiladi. Uning hududida ikkita
iqlim oblasti ajratiladi. Mintaqaning g‘arbiy qismida, Tinch okean sohilida 
mo‘’tadil dengiz iqlimi shakllangan. Bu yerda qish nisbatan iliq, havo harorati
+4°S, +6°S, ob-havo ko‘pincha bulutli va shamolli bo‘ladi. Yoz oylari salqin, 
sernam, tez-tez yomg‘ir yog‘ib turadi, havo harorati +15°S dan yuqori
ko‘tarilmaydi. O‘rtacha yillik-yog‘in mikdori 2000-3000 mm ni tashkil etadi. 
Mintaqaning sharqiy qismida iqlim g‘arbiy qismiga nisbatan keskin
kontinentalligi bilan farq qiladi. Chunki Patagoniya yassi tog‘ligi ustida mo‘’tadil 
kenglikning kontinental havo massalari vujudga keladigan markaz mavjud. Bundan
tashqari atmosfera yog‘inlari bu yerga g‘arbiy shamollar yordamida keladi. Biroq 
Patagoniya g‘arbdan And tog‘lari bilan to‘silganligi tufayli nam havo massalari
bemalol o‘ta olmaydi. Shu sababli bu regionda yog‘in miqdori 250-300 mm dan 
oshmaydi. Bu yerda qish sovuq, yoz esa iliq va quruq bo‘ladi. Antarktikadan
keladigan sovuq havo massalari tufayli qishda qattiq sovuqlar bo‘lib turadi. 
Patagoniyada minimal harorat -35°S kuzatilgan. O‘rtacha oylik harorat 0°S dan
yuqori.


Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin