O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə230/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Ichki suvlari

Janubiy Amerikaning iqlim sharoiti, yer yuzasining tuzilishi va shakllanish


tarixi daryo to‘rining nihoyat darajada rivojlanishiga va qalin bo‘lishiga yaxshi 
qulaylik yaratib bergan. Janubiy Amerika sayyoramizning sernam va sersuv
materigi hisoblanadi. Uning hududiga boshqa materiklarga nisbatan ikki hissa ko‘p 
yog‘in yog‘adi. Bu yerdaga daryo suvlarining yillik umumiy miqdorini
materikning barcha maydoniga taqsimlaganda o‘rtacha qalinligi 414 mm bo‘lgan 
suv qatlami hosil qiladi. Suvning maksimal qatlami 150 sm dan ortiq bo‘lib, And
tog‘larining janubiy Chili regioniga to‘g‘ri kelsa, minimal qatlami 10-15 mm ga 
teng bo‘lib, Atakama cho‘liga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkichlar Gviana va Braziliya
yassi tog‘liklarining sharqiy yon bag‘rlarida hamda Amazonka pasttekisligining 
g‘arbiy qismida 10 sm ni tashkil etadi.
Daryolari 

Materik yuzasining orografik tuzilishi daryo to‘rining va suv okimlarining


notekis taqsimlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Janubiy Amerikaning bosh 
suvayirg‘ichi materikning eng chekka g‘arbiy qismidan o‘tadi. Bosh
suvayirg‘ichdan sharq tomonda juda katta maydonlarni egallab yotgan keng 
pasttekisliklar va yassi tog‘liklar joylashgan. Bu yerdan boshlanuvchi daryolar
yirik, uzun, ko‘p irmoqli, sersuv, suv yig‘uvchi havzalari katta maydonlardan 
tarkib topgan. And tog‘larining sharqiy yonbag‘rlaridan, yassi tog‘liklardan va
pasttekisliklardan boshlanuvchi daryolar o‘z suvini Atlantika okeani havzasiga 
quyadi. Materikning chekka g‘arbiy qismida cho‘zilib yotgan And tog‘ tizimning
g‘arbiy yon bagrlaridan boshlanuvchi daryolar sharkdagi daryolarga nisbatan juda 
qisqa bo‘lib, ular o‘z suvini Tinch okeani havzasiga quyadi.
Materikning 1350 ming km2maydonidan oqib o‘tuvchi daryolar Tinch 
okean havzasiga va 15650 ming km2 maydonidan oqib o‘tuvchi daryolar Atlantika



okeani havzasiga quyilddi, Bu Tinch okean havzasiga quyiladigan daryolar suviga


nisbatan 12 hissa ko‘pdir. Materikning 5,5% maydoni ichki berk oqim havzasiga 
qaraydi. Berk havzaga Gran-Chago tekisligining janubiy qismi va Markaziy
Andning ichki yassi tog‘liklari kiradi. 
Janubiy Amerika yirik va sersuv daryolar tizimiga boy. Uning hududidan
to‘lib oqadigan Amazonka, Parana, Orinoko daryolari faqat materikninggina emas, 
balki Yer kurasining yirik daryolari qatoriga kiradi. Shuning uchun ham Yer
yuzidagi daryolar umumiy suv oqimining 20% i (7450 km3/yil) Janubiy Amerika 
daryolariga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin