O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə229/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

And tog‘larining iqlimi. And tog‘ tizimining iqlimi sharoiti juda xilma-xil
bo‘lib, uning muayyan ravishdagi o‘zgarishi ikki xil yo‘nalishda -balandlik va 
kenglik bo‘ylab yaqqol namoyon bo‘ladi. Birinchi yo‘nalishda tog‘larning etagidan
ularning tepalariga tomon iqlimning balandlik o‘zgarishi bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish 
katta masofaga cho‘zilib yotgan tog‘larda iqlimning shimoldan janubga tomon
o‘zgarib borishidir. 
And tog‘ tizimida iqlimning balandlik bo‘ylab o‘zgarishi havo haroratining,
atmosfera yog‘inlarining taqsimlanishida, havo bosimining o‘zgarishida aniq 


seziladi. Bunday o‘zgarishlar oqibatida iqlimning balandlik mintaqalari vujudga


keladi. Meridional ravishda 9000 km masofaga cho‘zilib yotgan And tog‘ tizimi 
shimolda subekvatorial va ekvatorial mintaqalardan tortib, janubda subtropik va
mo‘’tadil mintaqalarni ham kesib o‘tadi. Shuning uchun har qaysi mintaqa 
hududida joylashgan And tog‘larining qismi shu mintaqaning iqlim xususiyatlarini
o‘zida aks ettiradi.
Binobarin, ekvator yaqinida And tog‘larining quyi mintaqasida ekvatorial
iqlimi mavjud bo‘lsa, tog‘ tepalarida qor va muzliklarni hosil kiluvchi nival iqlim 
mavjud. And tog‘larining tropik mintaqada joylashgan markaziy yassi tog‘liklarida
iqlim o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu yerda havo nihoyatda toza, quruq va sovuq. 
Hatto yoz oylarida ham yog‘in qor tarzida yog‘adi. Tropik mintaqadagi baland
yassi tog‘liklar dunyodatn eng quruq va unumsiz yerlar hisoblanadi. Bir kecha 
kunduzda ob-havo necha martalab o‘zgarib, kuchli shamollar tez-tez takrorlanib
turadi. Odamlar bunday iqlim sharoitiga zo‘rg‘a chidaydi. And tog‘ tizimining 
subtropik va mo‘’tadil mintaqalarida iqlim boshqacha harakterga ega. Bu joylarda
yog‘in mikdori ancha ko‘payadi. Havo haroratining va yogingarchilik mikdorining 
taqsimlanishida fasl o‘zgarishlari aniq sezilib turadi.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin