O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə227/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Tropik mintaqa. Janubiy Amerikaning tropik iklim mintaqasiga Braziliya yassi
tog‘ligining sharkiy va janubi-sharqiy kismlari, Gran-Chako tekisligi va Tinch 
okean sohilining 5° va 30° j.k. lar oralig‘i kiradi. Tropik mintaqaning iklimi xilma-
xil va sharkdan g‘arbga qarab o‘zgarib boradi.
Braziliya yassi tog‘ligining sharqiy va janubi-sharqiy qismlari uchun yil davomida
Atlantika okeanidan keladigan tropik havo massalari ta’sirida hosil bo‘lgan nam 
iklim harakterli. Atlantika okeanidan keladigan janubi-sharqiy passat shamollari
o‘zi bilan nam havo massalarini keltirib, Braziliya yassi tog‘ligining yon 
bagirlarini materikning chekka qismlarini yilning aksariyat davrida atmosfera
yog‘inlari bilan ta’minlaydi. Bu yerga yil davomida 2000-3000 mm atrofida yog‘in 
yog‘adi.
Tropik mintaqali materikning ichki tekislik qismida, Gran-Chako tekisligida 
yil bo‘yi yog‘ingarchilik sharqiy regionga nisbatan kam bo‘ladi. (500-1000 mm).
Materik ichkarisidagi tropik iklimda atmosfera yogin rejimi subekvatorial 
mintaqadagiga o‘xshash bo‘lib, bu yerda ham yogangarchilik asosan yozda,
qurg‘oqchilik qishda bo‘ladi. Lekin undan yillik yogin mikdorining kamligi va 
haroratning keskin o‘zgaruvchanligi bilan farq qiladi. O‘rtacha oylik harorat 20°-
28°S ni tashkil etadi. Maksimal harorat (47°S) Gran-Chako tekisligida kuzatilgan. 
Braziliya yassi tog‘ligida kishning o‘rtacha harorati 12°-16°S.
Tropik mintaqaning Tinch okean qirg‘oqbo‘yi tekisliklari va tog etaklari 
uchun cho‘l va chalacho‘l iklim tiplari harakterli. Bu tipdagi iklim ayniqsa
Atakama cho‘lida yaqqol ifodalangan. Kirg‘oqbo‘yi cho‘l va chalacho‘llarida 
havoning nisbiy namligi 80% bo‘lishiga qaramasdan yog‘in juda kam yog‘adi.
Issiq oyning harorati o‘rtacha bo‘lib, ahyon-ahyonda 20°S"dan oshadi. Tinch 
okean sohilidagi tekisliklarda Peru sovuq oqimi yomg‘irli bulut emas, balki tuman
hosil bo‘lishiga yordam beradi. Tuman tarkibidagi mayda nam zarrachalari 
qurg‘oqchil tropik cho‘lni namlab turadi. Bu tropik cho‘llarning yagona nam
manbai hisoblanadi. Atakama cho‘li yagona namlikni ana shu tumanlardan oladi.





Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin