O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə9/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Janubiy Amerika 
Geografik joylanishi, qiyofasi, o‘lchamlari va tabiatining asosiy 
xususiyatlari, Shimoliy Amerika materigi bilan o‘xshashligi va farqlari.
Shakllanish tarixi, relefi va foydali qazilmalari. Janubiy Amerika 
platformasi, kaledon, gersin, mezozoy va alp burmalanish oblastlari. Sharqiy
qismidagi yassi tog‘lar va tekislik, pasttekisliklar. And burmalanish oblasti. Iqlimi. 
Iqlimini hosil qiluvchi omillar. Atrofidagi okeanlarning iqlimga ta’siri. Iqlimning
fasllar bo‘yicha almashinishi. Iqlim mintaqalari va ularning ta’rifi. Ichki suvlari. 
Asosiy daryolari, ularning ta’rifi. Ko‘llari. Suv resurslari.
Tuproq, o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining asosiy xsusiyatlari. 
Zoogeografik oblastlari. Geografik mintaqalari va zonalari. And tog‘laridagi
mintaqalar. 
Yirik regional tabiiy geografik o‘lkalari: And tog‘lari, And tog‘laridan
tashqaridagi sharq. And tog‘laridan tashqaridagi sharq quyidagi kichik tabiiy 
geografik o‘lkalarga ajratiladi: Lyanos-Orinoko, Gviana yassi tog‘ligi, Amazoniya,
Braziliya yassi tog‘ligi, Ichki tekisliklar, Kordilera oldi va Serra pampasi. And 
tog‘lari quyidagi kichik o‘lkalarga ajratiladi: Shimoliy And, Markaziy And,



Subtropik And va Patagoniya And tog‘lari. Ularning umumiy tabiiy geografik


tasnifi. 
Afrika 
Materik geografik o‘rnining asosiy xususiyatlari. 
Shakllanish tarixi, relefi va foydali qazilmalari. Afrika platformasi va uning
relefda aks etganligi. Baland va past Afrika. Shimoliy Afrika cho‘llari. Buyuk 
Afrika yoriqlari. Paleozoy va Alp burmalanish oblastlari va ularning relefda aks
etishi. Rudali foydali qazilmalarning baland Afrikada, neft, gaz, fosforit 
konlarining past Afrikada joylashganligi.
Iqlimi. Iqlimini hosil qiluvchi asosiy omillar. Yoz va qish fasllarida harorat, 
namlik va yog‘inning taqsimlanishi. Iqlim mintaqalarining takrorlanishi (ekvatorial
mintaqadan tashqari). Faunistik oblastlari, hayvonot dunyosining o‘ziga xos 
xususiyatlari. Tuproqlari va ularning hosil bo‘lish jarayoni. Cho‘llanish muammosi
va uni yechish yo‘llari.
Asosiy qo‘riqxonalari. Geografik mintaqalari va tabiat zonalari, ularning
tavsifi. 
Yirik regional tabiiy geografik o‘lkalari: Past Afrika, Baland Afrika. Past
Afrika quyidagi kichik tabiiy geografik o‘lkalarga ajratiladi: Atlas tog‘lari; Sahroi 
Kabir; Sudan-Gvineya; Kongo botig‘i. Baland Afrika quyidagi kichik tabiiy
geografik o‘lkalarga ajratiladi: Sharqiy Afrika; Efiopiya-Somali; Janubiy Afrika. 
Ularning umumiy tabiiy geografik tasnifi.


Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin