O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə7/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Okeanlar tabiiy geografiyasi 
Kirish. Okeanlar tabiiy geografiyasining maqsadi va vazifalari, boshqa 
fanlar bilan aloqasi. Dunyo okeani tushunchasi. Dunyo okeani tabiatining asosiy
xususiyatlari. 
Okeanning birlamchiligi, ikkilamchiligi va litosfera plitalari tektonikasi
nazariyalari. Okean tagi relefining asosiy shakllari, okean tagi yotqiziqlari. 
Dunyo okeanining iqlimi va suv massalari. Iqlim hosil qiluvchi omillar.
Doimiy va mavsumiy past va baland atmosfera bosimi markazlari, doimiy 
shamollar. Suvning sho‘rligi va harorati. Suv massalari va ularning harakati.
Okeandagi hayot. Okean mavjudotlarining geologik faoliyati. Dunyo okeani 
biotsenozlari va biogeografik oblastlari.
Dunyo okeanining geografik mintaqalari. Suv yuzasidagi va okean tubidagi 
geografik mintaqalar. Okean tabiatini muhofaza qilish.
Regional birliklari: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeani. 
Okeanlarga umumiy tabiiy geografik ta’rif.
Materiklar tabiiy geografiyasi 

Yevrosiyo 
Yevrosiyoning asosiy xususiyatlari (maydonining kattaligi, shimoldan 
janubga cho‘zilganligi va shimoliy yarim shardagi hamma geografik
mintaqalarning namoyon bo‘lganligi. Relefining juda xilma-xilligi, quruqlikning 
eng baland va past nuqtalarining shu materikda joylashganligi va hokazo). Siyosiy
haritasi va asosiy xalqlari. 


Materikning shakllanish tarixi
Qadimgi platformalar, kaledon, gersin va alp burmalanish bosqichlarida 
hosil bo‘lgan geologik tuzilmalar va ularning relefda aks etishi. Relefining asosiy
shakllari. Vulqonli oblastlar. Foydali qazilmalari. Iqlimini hosil qiluvchi omillar. 
Ichki suvlari. Yevrosiyoning tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Geografik
mintaqalari va tabiat zonalari. Yevrosiyoning yirik regional tabiiy geografik 
o‘lkalari: Shimoliy YYevropa, Markaziy YYevropa, Janubiy YYevropa, Sharqiy
YYevropa, g‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Sharqiy Osiyo, Janubi-
Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, O‘rta Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-g‘arbiy
Osiyo, Old Osiyo. Yirik regional tabiiy geografik o‘lkalarning kichik tabiiy 
geografik o‘lkalarga ajratilishi. Masalan, Shimoliy YYevropa Fennoskandiya,
Islandiya, O‘rta YYevropa yoki Germaniya-Polsha tekistliklari, Gersin 
YYevropasi va Britaniya orolllari tabiiy geografik o‘lkalariga ajratiladi. Har bir
regional tabiiy geografik o‘lkaning umumiy tabiiy geografik tasnifi quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi: geografik o‘rni, tektonikasi va geologik tuzilishi, foydali
qazilmalari va relefi, iqlimi, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot 
dunyosi, tabiatiga inson faoliyatining ta’siri.





Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin