O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


-MAVZU. INNOVATSION MARKETINGDA TOVAR VA XIZMATLARNI STRATEGIK YO‘NALISHLARI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə50/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

18-MAVZU. INNOVATSION MARKETINGDA TOVAR VA XIZMATLARNI STRATEGIK YO‘NALISHLARI

O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy innovatsion marketing strategiyalari
Hozirgi iqtisodiy nobarqarorlik, biznes-modellarning va texnologiyaning yuqori sur’atda o‘zgarishi, mahsulotlarning hayotiylik davrining tezlashishi korxona raqobatbardoshligini innovatsiyalardan foydalanmay turib oshirishning imkoni mavjud emasligini isbotlamoqda. Korxona raqobatbardoshligi uning ma’lum bir sohada boshqa raqib korxonalardan ustunligini anglatadi. M.Porterning fikricha, raqobatbardoshlik o‘z navbatida resurslardan samarali foydalanishni aks ettiradi[1]. Korxona raqobatbardoshligini oshirish yo‘llaridan biri innovatsiyalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish hisoblanadi. SHuningdek, bozor sharoitlarining doimiy o‘zgarishi marketingda innovatsiyalarni qo‘llash zaruratini oshirmoqda. Inqirozli vaziyatlar sharoitida iste’molchilar ehtiyojiga tayangan holda mahsulot ishlab chiqarish, korxonani bozorda raqobatbardoshligini oshiradi va o‘z faoliyatini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, texnologik innovatsiyalar uchun moliyaviy resurslar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda, innovatsion marketing korxonaning raqobat kurashida asosiy dastak bo‘lib xizmat qiladi. Korxonaning bozor muhitidagi faoliyati uning mijozlari tomonidan belgilanadi. Agar, mijozlar korxona mahsulot va xizmatlarini ularni yaratish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan ko‘proq baholasa, biznes rivojlanadi, aks holda unga tashqi yordam zarur bo‘ladi yoki bunday korxona inqirozga yuz tutadi. Bu borada P. Druker quyidagi fikrni bildirgan: “biznesning asosiy maqsadi mijozlarni jalb qilish bo‘lganligi sababli, korxonaning ikkita va faqat ikkita asosiy funksiyasi mavjud: marketing va innovatsiya”. Tadqiqotlarga ko‘ra, innovatsion marketing yangi mahsulotlar, uskunalar, xizmatlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularni bozorda realizatsiya qilish uchun yangi marketing usullaridan foydalanish bilan bog‘liq. Korxonalar faoliyatini tahliliga asosan, marketingda innovatsiyalardan foydalanish, iste’molchilar talabini to‘liq qondirish hamda yangi bozorlarni egallash imkoniyatini beradi. Ilmiy izlanishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, innovatsiya o‘z ahamiyatiga ko‘ra quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
1. SHakliga ko‘ra innovatsiya: mahsulot innovatsiyasi (innovatsion faoliyatning moddiy natijasi), innovatsion xizmatlar (nomoddiy natija), jarayon va texnologik innovatsiya (texnologiyaning o‘zgarishi), kadrlar innovatsiyasi hamda yangi yoki takomillashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari.
2. YAngilik darajasiga ko‘ra innovatsiya: inkremetal (quyi, o‘suvchi), modulli, arxitekturali va radikal (yuqori). Binobarin, innovatsiyalar yangilikni tavsiflovchi hamda samara keltiruvchi mahsulotlarda, xizmatlarda va jarayonlarda turli darajadagi o‘zgarishlarni nazarda tutadi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, texnologiyaning rivojlanishi innovatsion boshqaruv hamda innovatsion marketing bilan birgalikda borishi lozim. Ularga quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Texnologik innovatsiyalarni yuritish shakllari va yangi bozorlarni eggallash.
2. Iste’molchilar faolligini rag‘batlantirishning yangi usullari ishlab chiqish.
3. Kombinatsiyalashgan innovatsion marketing.
Makroiqtisodiy nuqtai nazardan o‘rganilganda, bir-qator muammolarni innovatsiyalar yordamida echish mumkin. YAqin yillargacha firmalar o‘z daromadlarini ekstensiv rivojlanish, sodda qilib aytganda, ishlab chiqarilayotgan tovarlar sonini ko‘paytirish hisobiga oshirib kelgan. Rivojlangan mamlakatlarda aholi sonining o‘sishidagi to‘xtashi mazkur mamlakatlar iqtisodiyotida innovatsiyalardan keng va samarali foydalanishni taqozo etgan bo‘lsa, yana bir omil sifatida ishlab chiqarish xomashyosi baholarining o‘sishi, inoovatsion jarayonlarni tezlashtirishda muhim turtki bo‘lganligini kuzatish mumkin.
Innovatsiyalar o‘z navbatida, bir-necha turga bo‘linadi va ularning tizimli klassifikatsiyalanishi T. Robertsonning fikriga ko‘ra, quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Uzluksiz innovatsiyalar.
2. Uzluksiz dinamik innovatsiyalar.
3. Uzlukli innovatsiyalar.
Uzluksiz innovatsiyalar – mavjud mahsulotlar variatsiyasini o‘zida aks ettiradi. Ushbu innovatsiyalar iste’molchining mavjud shakllanib kelgan an’anaviy xatti-harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Uzluksiz dinamik innovatsiyalar–yangi mahsulot yoki mavjud mahsulotlar modifikatsiyasi bo‘lib, ular iste’molchi xatti-harakatini ifodalamaydi. Uzlukli innovatsiyalar–iste’molchi hatti-harakatini butunlay o‘zgartirib yuboruvchi yangi mahsulotlar bilan bog‘liq jarayondir.
O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan Respublika “Innovatsion g‘oyalar, ishlamalar va texnologiyalar”, “Sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjalar yarmarkasi”da taqdim etilgan ilmiy-tekshirish ishlamalari va texnologiyalari, qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sifat ko‘rsatkichlari xalqaro ISO/MEK standart talablariga mosligi va O‘zbekistonda lokalizatsiya filingan import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan ko‘plab tovarlar ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi davrda respublikamiz kundalik hayot va uning dinamikasi o‘zgarib bormoqda, bu esa iqtisodni yangilashda marketing tadqiqotlarini natijalarini tahlil qilib, yaqin kelajakka va uzoq davrga nisbatan innovatsion strategiyani tanlash, rejalash va amalga oshirishni bu esa O‘zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyatida obro‘sini oshirishda va iqtisodiyotini yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Ko‘p sonli ma’lumotlar tahlili shundan dalolat beradiki, iqtisodiy o‘sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ilmiy-texnik innovatsiyalar hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kichik biznes va tadbirkorlik innovatsion jarayonda markaziy rol o‘ynaydi, innovatsiyalar esa texnik taraqqiyot sur’ati yuqori bo‘lgan tarmoqlarda asosiy raqobat quroli hisoblanadi. Texnik taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi institutlarga alohida e’tibor qaratgan. XX asrning birinchi yarmi iqtisodchisi Yozef Aloiz SHumpeter (1883-1950) innovatsiyalarni olg‘a suruvchi va unda normal darajadan katta bo‘lgan daromadning asosiy manbasi bo‘luvchi raqobat mexanizmini ko‘rsatib bergan.
“Martekingning uchta asosiy aspekti sanoatning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Birinchisi innovatsion musobaqadir. Firmalar musobaqasida birinchi bo‘lib innovatsiyaga erishgan firma marteking sohasida ham etakchi hisoblanadi. Ikkinchisi, yirik firmalar bozorda innovatsiyalarni izlash bilan bog‘liq ishlarni doim takomillashtirishga harakat qilishlaridir. Uchinchisi, Kristensen (1997) bozor talabi asosiy innovatsiyalarga bo‘lgan talabni aniqlashtiruvchi omil ekanligini ta’kidlab o‘tgan”26.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin