O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


Fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə49/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

Fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik

O‘zbekistonning jahon bozoridagi fan sig‘imi yuqori mahsulotlardagi roli va o‘rni
Bugungi kunda jamiyat shu darajada taraqqiy etib ketdiki, unda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni istagan har qanday mamlakat yoki kompaniya raqobatga kirishmog‘i shart bo‘lib qoldi. Rivojlangan mamlakatlarda yohud dunyo sahnida aynan mana shunday raqobatbardosh kompaniyalargina o‘z hayotlari davomiyligini saqlab qolishi mumkin. SHunday kompaniyalar ham borki, ular insoniyat tamaddunidan 20-30 yil ilgari yurishadi.
Zamonaviy innovatsion muhit holati ayrim ob’ektiv sabablarga ko‘ra qisqa muddat ichida mahalliy biznesning innovatsion darajasi yuqori bo‘lishiga imkon bera olmaydi va shu sababdan uning rivojlanishi davlatning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha kuch sarflashini talab qiladi. Bunda quyidagi muammolarga e’tibor qaratish zarur:
- biznesning ilmiy-texnik axborotlarga ega bo‘lishi uchun tranzaksiya xarajatlari juda katta;
- yangi texnologiyalarning qiymat va bozor risklari korxonalar, ayniqsa, kichik korxonalar uchun juda katta;
- innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun o‘z resurslarini taklif etuvchi moliyaviy va investitsion institutlarning keng kamrovli va diversifikatsiyalangan bozori mavjud emas;
- xususiy sektordagi ko‘plab korxonalarda innovatsion boshqaruv qarorlari tizimi shakllantirilmagan;
- fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lab turishi mumkin bo‘lgan innovatsion vositachilar instituti rivojlangan tarmog‘i yaratilmagan;
- raqobatli muhit mahalliy korxonalarni innovatsiyalarni jalb qilishga etarli darajada rag‘batlantirmaydi;
- iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida biznes texnologiyalarining asosiy massasida biznesni tashkil qilishning mablag‘larni namunaviy tovarlar ishlab chiqarish yoki ular bilan savdo qilishga kiritishni nazarda tutuvchi an’anaviy yondashuvlar ustunlik qiladi.


O‘zbekiston Respublikasida texnologik va sotsiogenetik innovatsiyalar
Jamiyat va tabiat rivojlanishi qonuniyatlarini yaxlit holda, tizimlar rang barangligida anglash oldindan ko‘ra bilish uchun zarur asos va zamin hisoblanadi. Istalgan bir fanning asosiy funksiyasi shundan iborat. Biroq bu har qanday yirik xo‘jalik, ijtimoiy va ekologik qarorlar qabul qilishda ham amaliy zarurat hisoblanadi.
Boshlang‘ich xolatni baholash va undan foydalanishda ikki narsani inobatga olish zarur. Birinchidan, tabiiy qonunlardan farqli o‘laroq ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari jamiyatning o‘zidagi tub o‘zgarishlar bilan birgalikda o‘zgarishi mumkin. Industrial jamiyatdan postindustrial jamiyatga o‘tish bulardan keyingisiga xos bo‘lgan konuniyatlar tizimini yangidan o‘rganib chikish zarurligini ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, ijtimoiy konun va konuniyatlar tarkibi bir turda emas, ular ierarxik bo‘lib, bilishning turli darajalarini aks ettiradi. Statika qonunlari evolyusion rivojlanish davrida nisbatan muvozanatli xolatda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar faoliyat ko‘rsatuvchi struktura va shart-sharoitlarni aks ettiradi. Siklik dinamika konuniyatlari tizim dinamikasidagi notekislikni, sikllar boskichlarining almashish konuniyatlari va tizimlar rivojlanish sikllarining o‘zini, jamiyatning innovatsion yangilanish jarayonining to‘lqinsimonligini ochib beradi. Bu davriy o‘zgarayotgan voqelikni anglashning ikkinchi boskichidir. Bilishning oliy bosqichi - sotsiogenetika qonuniyatlari bo‘lib, unda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar dinamikasida nasliylik, o‘zgaruvchanlik va tanlov yig‘indisi (birikuvi) hisoblanadi. Sotsiogenetika qonuniniyatlari tizimning innovatsion yangilanishi chuqurligi va sarhadlarini baholashga ko‘maklashadi.

Hozirda muhokamada bo‘lgan «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi Qonun loyihasida innovatsion siyosat 5 yil muddatga tasdiqlanuvchi Milliy innovatsion tizimni rivojlantirish davlat dasturi orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Mazkur dastur doirasida hududiy miqyosda tasdiqlanadigan mintaqaviy innovatsion rivojlanish dasturlari shakllantiriladi.


Hududiy innovatsion dasturlarni joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirishda tashkiliy, moliyaviy va boshqa qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash, shuningdek innovatsion faoliyat sub’ektlarini tashkil qilishda ishtirok etish lozim bo‘ladi.
Ilmiy va innovatsion faoliyatni moliyaviy ta’minlash maqsadida quyidagilar tashkil etiladi:
- innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash fondlari;
- innovatsion va/yoki venchur fondlar. Innovatsion fondlar innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni qaytarish sharti bilan yoki beg‘araz asosda taqdim etadilar, shuningdek innovatsion faoliyat sub’ektlarining majburiyatlari bo‘yicha kafil vazifasini bajarishlari mumkin.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin