O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


Butun jahon intellektual mulk tashkiloti



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə47/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

Butun jahon intellektual mulk tashkiloti
Butun jahon intellektual mulk tashkilotining tarixi 1883 va 1886-yillardan Sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi va Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish Bern konvensiyasi qabul qilingandan boshlangan. Bu Konvensiyalar "Xalqaro byurolar" deb nomlangan o‘z kotibiyatlarini tashkil etishni ko‘zda tutgan edi. 1893-yilda bu ikki kotibyat "Intellektual mulkni muhofaza qilish bo‘yicha birlashgan xalqaro byu¬rolar" yoki fransuz tilida qisqartirilgan BIRPI nomi ostida yagona kotibiyatga birlashtirildi.
Hozirgi Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (qisqartirilgan shaklda "BIMT", ingliz tilida - "WIPO", franstuz va ispan tillarida — "OMRI") 1967-yil 14-iyulda imzolangan "Butun jahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etish Konvensiyasi"ga muvofiq tuzilgan. Bu Konvensiya 1970-yilda kuchga kirgan.
Hozirda BIMT Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tizimi tarkibiga (1974-yil dekabridan) kiruvchi ixtisoslashgan muassasadan iborat.


2001-yil 1-yanvariga kelib tashkilot 175 davlatni birlashtirdi. Konvensiyada uning qatnashchisi bo‘lgan davlatlar sanoat mulkining ayrim sohalari bo‘yicha maxsus bitimlar tuzishi mumkinligi nazarda tutilgan. Albatta bunday bitimlar Konvensiyaga zid bo‘lmasligi shart. Parij Ittifoqi kotibiyati vazifasini BIMT bajaradi. Konvensiyaning dastlabki matni 1883 yilda tuzilgan, 1891 yilda Madridda Tushuntirish bayonnomasi bilan to‘ldirilgan, 1900 yilda Bryusselda, 1911 yilda Vashingtonda, 1925 yilda Gaagada, 1934 yilda Londonda, 1958 yilda Lissabonda, 1967 yilda Stokgolmda qayta ko‘rib chiqilgan va 1979 yilda unga tuzatishlar kiritilgan. Konvensiya barcha davlatlar uchun ochiq. Ratifikatsiya yorlig‘i yoxud qo‘shilish haqidagi hujjat BIMT Bosh direktoriga saqlash uchun topshirilishi lozim. Konvensiya keng ma’nodagi sanoat mulki sohasida qo‘llaniladi. Uning doirasiga ixtirolar, tovar belgilari, xizmat belgilari, sanoat namunalari, foydali modellar, firma nomi, geografik ko‘rsatkichlar (kelib chiqish manbasi ko‘rsatkichi, kelib chiqish joyining nomi) va g‘irrom raqobatning oldini olish kiradi. Konvensiyaning asosiy qoidalari uch asosiy toifaga bo‘linadi: milliy rejim, ustuvorlik huquqi, umumiy qoidalar. Milliy rejim yoxud unga tenglashtirish to‘g‘risidagi qoidalarga asosan Konvensiyada qatnashuvchi har bir davlat unda qatnashuvchi boshqa davlatlar fuqarolariga nisbatan sanoat mulkini huquqiy muhofaza qilish sohasida o‘z fuqarolariga qanday huquqlar bersa huddi shunday huquqlar berishi lozim. Ayni vaqtda garchi Konvensiya ishtirokchisi bo‘lmagan davlatning fuqarosi bo‘lsa ham, biroq Konvensiya ishtirokchisi bo‘lgan davlatlarda istiqomat qilsa yoxud haqiqiy va soxta bo‘lmagan sanoat yoki savdo korxonalariga ega bo‘lsa ham Konvensiya tomonidan beriladigan huquqiy muhofazadan foydalanadi. Konvensiyada ustuvorlik sanasiga bo‘lgan huquq patentlarga, tovar belgilari, sanoat namunalariga nisbatan mustahkamlangan. Uning mohiyati shundan iboratki, Konvensiya qatnashchisi bo‘lgan davlatlardan biriga to‘g‘ri rasmiylashtirilgan asosda ariza (talabnoma) bergan talabnomachi muayyan belgilangan muddat davomida (ixtirolarga va foydali modellar patentlariga 12 oy, tovar belgilari va sanoat namunalariga 6 oy) boshqa har qanday ishtirokchi davlatlardan muhofaza so‘rab murojaat etishi mumkin, bunda keyingi talabnomalar birinchi marta berilgan ariza (talabnoma) sanasida berilgan hisoblanadi. Boshqacha aytganda keyingi talabnomalar huddi shu muddat davomida boshqa shaxslar tomonidan ixtiro, sanoat namunasi, tovar belgisi, foydali modelga huquqiy muhofaza berilishini so‘rab berilgan talabnomalarga nisbatan ustuvorlik huquqiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari keyingi berilgan talabnomalar o‘sha talabnoma beruvchining birinchi talabnomasiga asoslangani sababli shu vaqt oralig‘ida ixtironi e’lon qilish, ushbu sanoat namunasi yoxud tovar belgisini o‘zida mujassamlantiruvchi buyumning sotilishi va shu kabi xatti-harakatlar talabnoma sofligiga ta’sir etmaydi. Bu qoidaning amaliy afzalliklaridan biri shundaki, agarda talabnoma beruvchi ob’ektga nisbatan bir necha mamlakatlarda huquqiy muhofaza olmoqchi bo‘lsa, u birvaqtning o‘zida barcha mamlakatlarga talabnoma berishi shart emas, uning ixtiyorida 6 oy yoki 12 oy bor, bu muddat ichida u qaysi mamlakatlarda huquqiy muhofaza yorlig‘i olishi maqsadga muvofiqligi, muhofazani ta’minlash uchun nimalar qilishi lozimligi bo‘yicha puxta reja tuzishga ulguradi. Konvensiyada barcha ishtirokchi davlatlar rioya qilishlari shart bo‘lgan qator umumiy qoidalar belgilangan. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: a) patentlarga nisbatan: turli ishtirokchi davlatlarda aynan bir ixtiroga berilgan patentlar bir-biridan mustaqildir; bir ishtirokchi davlatning patent berishi boshqa ishtirokchi davlatning ham patent berishini ham shart qilib qo‘ymaydi. Bir ishtirokchi davlatda patent berish rad etilganligi, patentni bekor qilganligi, uning muddati o‘tganligi boshqa ishtirokchi davlatda patent berishni rad etishga, uni muddati tamom bo‘lgan deb e’lon qilishga yoki patentni bekor qilishga asos bo‘lmaydi. Ixtirochi patentda o‘z nomining ko‘rsatilishi huquqiga ega. Agarda milliy qonunchilikka asosan patentlangan usul bo‘yicha tayyorlangan buyumni sotish taqiqlangan yoxud cheklangan bo‘lsa ham patent berishni rad etish yoxud patentni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lmaydi. Har bir ishtirokchi davlat mutloq huquqlarini amalga oshirish har xil suiiste’molchiliklarni keltirib chiqarmasligi uchun majburiy litsenziya berilishi lozim bo‘lgan holatlarni qonunlarda nazarda tutishi mumkin. b) tovar belgilariga nisbatan: tovar belgilariga talabnoma berish va ro‘yxatdan o‘tkazish har bir ishtirokchi davlatning milliy qonunlari bilan belgilanadi. Demak ishtirokchi davlat fuqarosi tomonidan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan talabnoma bu fuqaroni o‘z davlatida ro‘yxatdan o‘tkazdirilmaganligi yoki muddati uzaytirilmaganligi sababli qabul qilinmasligi yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishi mumkin emas. Tovar belgisi ishtirokchi davlatlardan birida ro‘yxatdan o‘tkazdirilishi bilan u boshqa har qanday mamlakatda, shu jumladan tovarning kelib chiqish manbai bo‘lgan mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazdirishlardan mustaqil bo‘ladi va ularga bog‘liq bo‘lmaydi. Binobarin, tovar belgisini ishtirokchi davlatlardan birida ro‘yxatdan o‘tkazdirish muddatining tugashi yoki bekor qilinishi tovar belgisi boshqa ishtirokchi davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazdirilganligining haqiqiyligiga ta’sir qilmaydi. Agar tovar belgisi tovarning kelib chiqish joyi bo‘lgan mamlakatda tegishli tarzda ro‘yxatdan o‘tkazdirilgan bo‘lsa, u talabnoma bo‘yicha o‘zining dastlabki holatida boshqa ishtirokchi davlatlar hamro‘yxatdan o‘tkazdirishi uchun qabul qilinishi va muhofaza etilishi shart. Biroq shunga qaramasdan qonunda aniq belgilangan holatlarda, masalan tovar belgisi uchinchi shaxslarning mavjud huquqlarini buzsa yoxud u farqlanuvchi belgilarga ega bo‘lmasa yo ijtimoiy tartibot va axloqqa zid bo‘lsa yoinki ommani chalg‘itishga sabab bo‘ladigan bo‘lsa ro‘yxatdan o‘tkazdirish rad etilishi mumkin.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin