Innovatsion jarayonning chiziqli modeli va uni joriy qilish shartlari
XX asrning ikkinchi yarmi innovatsion rivojlanish bo‘yicha hayratlanarli misollarni taqdim etdi. Jahon innovatsion maydonida o‘zlarining afzalliklarini ishga solishga barcha diqqatini qaratgan, o‘z milliy, ilmiy-texnikaviy va texnologik siyosatini shaklantirgan mamlakatlar raqobatbardosh bo‘lib chiqdilar.
Innovatsion iqtisodiyotning yuzaga kelish xronologiyasi
Ushbu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq turlicha nomlanadi: intellektual kapital, ko‘rinmas aktivlar. Agar barcha tarkibiy elementlarni bir maxrajga keltirishga urinib ko‘rilsa, unda bular turli bilim shakllari ekanligi ayon bo‘ladi.
Intellektual kapitalning tarkibi
Innovatsion jarayonning chiziqli modeli
Innovatsion faoliyatning boshqarish qonuniyati
Innovatsion faoliyatning nazariy asoslari iqtisodchi olimlar tomonidan atroflicha tadqiq etilgan. Xususan, Avstriyalik olim Y.SHumpeter innovatsion o‘zgarishlarni besh yo‘nalishga bo‘lgan: yangi texnika va texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishni yangi bozor asosida ta’minlash; yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot turlarini yaratish; yangi xom-ashyolardan foydalanish; ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va yangi innovatsion tovarlar bilan ta’minlash; yangi iste’mol bozorlarini ochish21.
Innovatsion jarayon innovatsion faoliyatga nisbatan keng ma’noga ega bo‘lib, innovatsion jarayonning amalga oshirish xususiyatlari mavjud.
Innovatsion jarayonni amalga oshirish xususiyatlari
“Asosiy rivojlanishga nafaqat innovatsiyalarni sanoat bilan bog‘lash orqali, balki tarkibiy o‘zgarishlarni va ularda innovatsiyalarni amalga oshirish orqali erishilganligi Metkalfe, Dosi, Montobbio, De Bresson va Andersenlarning ilmiy ishlarida aniq yoritilgandir”22.
15-MAVZU. ILMIY TEXNIKA TARAQQIYOTI VA UNI BOSHQARISH
Fan-texnika taraqqiyoti – bu juda murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. U ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o‘z ichiga oladi. SHu sababli ham fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi. Texnika taraqqiyotining asosini fan, ilmiy bilimlar tashkil etadi.Fan – bu inson faoliyatining ma’lum sohasi. U shunday sohaki, voqea- hodisalar haqidagi bilimlar yaratiladi va ular nazariy nuqtai nazardan bir yo‘lga solinadi. Fan ijtimoiy fikrlash va bilishning shakllaridan biridir. Fan yoki ilm – bu o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba asosida fikrlanadigan bilim va malakalar majmuasidir. Uning asosiy vazifasi avvalo voqea va hodisalarni, shu jumladan, texnik va texnologik hodisalarni tasvirlash, keyin tushuntirish, oldindan aytib berish, bashorat qilishdan iboratdir. Texnika – bu eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng ma’noda esa u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarining yig‘insidir. U ishlab chiqarish kuchlarining eng faol elementi hisoblanadi. Texnologiya (yunoncha “techue“ – san’at, mahorat, uddalash va …logiya) – ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan xomashyo, material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini o‘zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir. Fan-texnika taraqqiyoti juda murakkab jarayon bo‘lib, ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Fan va texnikani bir biridan faqat shartli ajratib ko‘rish mumkin. Aslida esa ular yonmayon turadi. SHu sababli “Fan- texnika“ atamasi ko‘p ishlatiladi. Fan-texnika taraqqiyotining asosini ilmiy bilimlar tashkil etadi. Ilm va bilim asosida yangi texnika va texnologiya yaratiladi, eskilari esa takomillashadi.
Fan-texnika taraqqiyoti bu mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng yangi xomashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik jarayonning, boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishlovchilarning umumiy ma’lumotini, mahoratini uzluksiz sistematik rivojlantirish va takomillashtirish ham fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat:
• tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xomashyo va materiallarni, yoqilg‘i, elektr energiyasi va h.k. larni tejash);
• ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni engillashtirish;
• mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirish;
• ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarish.
Innovatsiya – iqtisodiyotga mablag‘ solish jarayoni. YAngilikni joriy etish: birinchidan, texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar bo‘lsa; ikkinchidan esa, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari natijalari bo‘lgan yangi texnika va texnologiya. Ixtirochilikning rivojlanishi, biror yo‘nalishdagi yirik ixtiro va kashfiyotlar maydonga kelishi i
Dostları ilə paylaş: |