O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə45/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmi


10-rasm. Davlatning innovatsion tizimi modeli
chiqarishga muhandislik-texnik hamkorlik qilish hamda iqtisodiyotning davlat va bozor shakllarini uyg‘unlashtirgan holda innovatsion faoliyatni kuchaytirishni ta’minlash, o‘zining ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazishga qodir bo‘lgan ilmiy-texnik salohiyat tiklanadi”24.

Xalqaro ilmiy tadqiqot ishlari va ularning huquqiy muhofazasi.

Ilmiy va innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi


16-MAVZU. INTELLEKTUAL KAPITAL, INTELLEKTUAL MULKNI SHAKLLANTIRISH VA BOSHQARISH
Fuqarolik huquqining obetki sifatida intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri nomoddiy ne’matlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma’lumki, insonning intellektual faoliyat natijalari ularni yaratish jarayonlari va o‘z xususiyatlari bo‘yicha odatdagi ashyolardan farq qiladi. SHuning uchun ham bunday turdagi obektlar fuqarolik huquqiy munosabatning o‘ziga xos obekti sifatida qaraladi. «Intellekt» - lotincha so‘z bo‘lib «aql» ma’nosini bildiradi. Intellektual faoliyat natijalari ijodiy faoliyat hisoblanadi. Bu ko‘p hollarda aqliy mehnat kishilari – yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar, injener texnik xodim va boshqalar faoliyatining maxsullaridir. Bu mahsullar o‘zining yangiligi yoki o‘ziga xosligi, takrorlanmas belgilariga ega bo‘ladi. Huquq fanida bu mahsullarni ko‘pchiligi g‘oyaviy – nomoddiy ko‘rinishda bыlishligi qayd etiladi. SHu sababli ham ularga nisbatan odatdagi ashyo, moddiy obektga nisbatan qo‘llaniladigan huquq meyorlarini qo‘llab bo‘lmaydi.
Bu mahsullar fuqarolik qonunlari bilan qo‘riqlanishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak: -haqiqatda ijod mahsuli bo‘lishi, ya’ni original (o‘ziga xos) bo‘lishi;
-betakror bo‘lishi;
-biron-bir ob’ektiv shaklda ifoda etilishi.
Huquq fanida bu mahsullarning ko‘pchiligi g‘oyaviy-nomoddiy ko‘rinishda bo‘lishi qayd etiladi. SHu sababli ham ularga nisbatan odatdagi ashyolarga, moddiy ob’ektga nisbatan qo‘llaniladigan huquq me’yorlarini qo‘llab bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari intellektual faoliyatning quyidagi natijalarini farqlaydi:
- ixtiro, foydali model, sanoat namunalari;
- seleksiya yutuqlari;
- mualliflik va turdosh huquqlar ob’ektlari
- fan, adabiyot, san’at asarlari, audivizual asarlar, radio eshittirishlar va televizion ko‘rsatuvlari, asarlar ijrolari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumot bazalari;
- integral mikrosxemalar toplogiyalari.
Insonning ijodiy tafakkuri bu ob’ektlar doirasini tinmay kengaytirib bormoqda. Umumiy qoida bo‘yicha yuridik shaxsning individuallashtirish vositalari, jismoniy va yuridik shaxslarning mahsulot va xizmat-lari ham intellektual faoliyat natijalariga tenglashtiriladi (FKning 97-moddasi, 1-qismi). Individuallashtirish vositalari (firma nomi, tovar va xizmat belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomi) turdosh mahsulot va xizmatlarni boshqalaridan farqlash, ularni bir-birlari bilan chalkashtirib yubormaslikka xizmat qiladi. FKning 97-moddasiga asosan intellektual faoliyat natijalari va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalariga nisbatan fuqaroning yoki yuridik shaxsning mutlaq huquqi e’tirof etiladi, tan olinadi. Buning ma’nosi shundaki, mutlaq huquq egasi intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalaridan foydalanish va tasarruf etishda faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan huquq egasidir. U uchinchi shaxslarga bu ob’ektlardan foydalanishga ruxsat berishi va taqiqlab qo‘yishga o‘zigina haqli (yuridik shaxsning firma nomi bundan mustasno bo‘lib, uchinchi shaxslarga foydalanish uchun berilishi mumkin emas). Fuqarolik huquqlarining ob’ekti sifatida intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri nomoddiy ne’matlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma’lumki, insonning intellektual faoliyati mahsullari, ularni yaratish jarayoni va o‘z xususiyat-lari bo‘yicha odatdagi ashyolardan farq qiladi. SHuning uchun ular fuqarolik huquqiy munosabatlarida o‘ziga xos ob’ekt sifatida qaraladi. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish, ulardan foyda-lanish, ularni tasarruf etish va huquqiy muhofaza qilishda vujudga keladigan munosabatlar FKning tegishli normalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida6 gi, Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida7 gi qonun, 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan "Mualliflik va turdosh huquqlari to‘g‘risida"gi qonun bilan tartibga solinadi.
Sub’ektlarni individuallashtirish vositalaridan foydalanish masalalari O‘zbekiston Respublikasi-ning 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonunda belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi FKning 98-moddasiga asosan, xizmat va tijorat sirlari ham nomoddiy ne’matlar tarkibiga kiradi. Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi (1993 yil 7 mayda qabul qilingan “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”8 gi qonunining 3-moddasi). Korxonaning tijorat siri deganda, korxonaning ishlab chiqarish, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirilishi, moliyalashtirilishi, moliyasi va boshqa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hamda e’lon qilish (topshirish, oshkor bo‘lib qolishi) uning manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan, davlat siri bo‘lmagan ma’lumotlar tushuniladi. Xizmat va tijorat sirlari fuqarolik huquqi ob’ekti sifatida himoya qilinishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi lozim:
birinchidan, xizmat yoki tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlar uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qiymatiga ega bo‘lishi kerak;
ikkinchidan, bu ma’lumotlardan uchinchi shaxslarning xabardor bo‘lishga, bahramand bo‘lishga qonuniy asoslari bo‘lmasligi talab qilinadi; uchinchidan, sir hisoblangan axborot (ma’lumot) egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralarni ko‘rgan bo‘lishi zarur. Ushbu shartlardan birortasi mavjud bo‘lmasa, xizmat yoki ti-jorat sirlaridan boshqalarni xabardor bo‘lib foydalanganlik-lari uchun sir egasidan ruxsatsiz fuqarolik huquqiy tartibda javobgarlikka tortilishi uchun asos bo‘lolmaydi.
Korxonalar va boshqa sub’ektlarning atrof Korxonalar va boshqa sub’ektlarning atrof-muhitni ifloslantirayotganligi yoki jamiyatga zarar keltirish mumkin bo‘lgan boshqa salbiy faoliyatlari haqidagi ma’lumotlar xizmat yoki tijorat siri hisoblanmaydi. Tijorat sirlari egasi ulardan o‘z faoliyatida foydalanishi, shuningdek, boshqalarga foydalanish uchun litsenziya shartnomasi asosida ruxsat berishga, sotishga, boshqacha usullardan tasarruf etishga haqli. Intellektual faoliyat natijasini yaratgan ijodkor yaratgan mahsuliga intellektual mulk huquqiga ega bo‘ladi.
Intellektual mulk obektlar fuqarolik huquqining boshqa ob’ektlari - ashyolar, qimmatbaho qog‘ozlardan quyidagi xususiyatlari bilan fark qiladi.
A) intellektual faoliyat natijalari ko‘p xollarda moddiy ko‘rinishda emas balki, g‘oya bilan axborot shaklida namoyon bo‘ladi.
B) g‘oya, bilim shaklidagi intellektual mulk ob’ektiga odatda moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas.
S) Bunday ob’etlardan bir vaqtning o‘zida cheksiz doiradagi shaxslar foydalanishi mumkin.
D) Intellektual mulk huquqi ob’etlariga mulk huquqining bemuddat ekanligi xaqidagi qoida qo‘llanilmaydi.
E) qonunda belgilangan muddatlar o‘tishi bilan intellektual mulk soxibining ma’lum intellektual mulkiga nisbatan huquqlari bekor bo‘ladi va bu ob’ektlar umuminsoniy boylikka aylanadi, har nima undan ma’lum shartlar asosida tekin va ruxsatsiz foydalanishga xaqli bo‘ladi.
F) intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan mulk huquqini ximoya qilishda vijdonan da’voni qo‘llash imkniyati amalda mavjud emas.
G) Intellektual mulk huquqi obektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqi emas, mutloq huquqlar xaqidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Z) Intellektual mulk huquqining ning amal qilishi, ayni vaqtda ma’lum xudud bilan chegaralangan bo‘ladi. Ixtiroga berilgan O‘zbekiston Respublikasi Patent idorasini patenti bilan ixtiro davlatimiz xududida amal qiladi.
K) Ko‘pgina intellektual mulk obektlariga nisbatan ularning mualliflar shaxsiy huquqlari mavjud bo‘lib, bu oektlardan foydalanuvchilarda bu shaxsiy huquqlarga rioya qilishlari lozim.

Ushbu xususiyatlarga ega bo‘lgan intellektual faoliyat natijalariga quyidagilar kiradi:


  • Fan, adabiyot, san’at asarlari, eshittirish tashkilotlarining ijrosi, fonogrammalari va ko‘rsatuvlari;


  • EXM dasturlari va ma’lumot ba’zalari;


  • Ixtiro, foydali modellar, san’at namunalari seleksiya yutuqlari;


  • Oshkor etilmagan axborot, shuningdek ishlab chiqarish siri ya’ni nouxaular.




SHuningdek fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining o‘zlarini uning ishlab chiqargan tovarlari, bajargan ishlari va ko‘rsatadigan xizmatlarining alomatlarini aks ettruvchi vositalar ham intellektual faoliyat natijalariga tenglashtiriladi. Bunday belgilarga Firma nomlari; Tovar belgilari; Tovar chiqarilgan joyning nomi; Ko‘rsatiladigan xizmatlar va bajariladigan ishlar ham fuqarolik huquqining ob’ektlari bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, fuqarolar va tashkilotlar o‘zlariga qonun yoki o‘zaro tuzilgan shartnoma-lar bo‘yicha yuklatilgan xizmatlarni yoxud ishlarni amalga oshira-dilar. Masalan, pudrat shartnomasiga muvofiq xilma-xil kiyim-lar, uy-ro‘zg‘or ashyolari va boshqa narsalarni tayyorlaydilar, ta’-mirlaydilar. Qurilishga oid pudrat shartnomasiga binoan turar joy qurilishi va boshqa qurilish ishlari amalga oshiriladi. Omo-nat shartnomasi bo‘yicha mulklar omonat saqlanadi. Topshiriq shartnomasi yuzasidan fuqaro va tashkilotlarning turli topshiriqlari amalga oshiriladi. Vositachilik shartnomasi bo‘yicha fuqarolarning buyumlari sotish uchun qabul qilinadi va sotiladi, jamoa xo‘jaliklari a’zolarining o‘zlaridan ortiqcha qishloq xo‘jalik mahsulotlari ham sotish uchun qabul qilinib, keyinchalik vositachilik asoslarida sotiladi va hokazo. Ishlarning natijasi moddiy ko‘rinishda bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish tufayli, masalan, repititorlik xizmati tufayli ilm-ma’rifat o‘quvchiga singdiriladi, sayyohlik xizmati tufayli- sayyohlarga tegishli xizmat ko‘rsatiladi. Xizmatlarning natijasi odatda, g‘oyaviy, nomoddiy ko‘rinishda bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunlari intellektual faoliyat natijalarini quyidagicha farqlaydi: - ixtirolar, foydaloi model, sanoat namunalari; - mualliflik va turdosh huquqlar obektlari – fan, adabiyot, san’at asarlari, radioeshittirishlari va televidenie ko‘rsatuvlari, EXM dasturlari va ma’lumotlar ba’zalari; Fuqarolik Kodeksining 97-moddasiga binoan yuridik shaxsni induviduallashtirish vositalari, jismoniy va yuridik shaxslarning maxsulotlari va xizmatlari ham intellektual faoliyat natijalariga tenglashtiriladi. Fuqarolik Kodeksining 97-moddasiga muvofiq intellektual faoliyat natijalari va ularga tenglashtirilgan induviduallashtirish vositalariga nisbatan fuqaroning yoki yuridik shaxsning mutlaq huquqi e’tirof etiladi. Buning ma’nosi shundan iboratki mutloq huquq egasi intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalaridan foydalanish va tasarruf etishda faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan huquq egasidir. Bu huquqlar egasi 3 shaxsga bu ob’ektlardan foydalanishga ruxsat berishi yoki ta’qiqlab qo‘yishga xaqli. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish va huquqiy muxofaza qilishda vujudga keladigan munosabatlari Fuqarolik Kodeksi moddalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabo‘l qilingan «Ihtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi qonuni , «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar ba’zalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunlar bilan tartibga solinadi. Individuallashtirish vositalaridan foydalanish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasasining 1993 yil 7 mayda qabo‘l qilingan «Mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida»gi qonunida belgilab qo‘yilgan. 1994 yil 6 mayda qabo‘l qilingan «Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari to‘g‘risida»gi11 qonunning 5-moddasida ixtiroga tushuncha berilgan. Unga ko‘ra ixtiro sifatida ko‘rsatilgan ob’ekt basharti, u texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, ixtiro deb topiladi. Ixtiro ustivorligi sanasiga qadar jaxonda ommaga oshkor bo‘lmagan ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Ixtiro basharti, uning san’at, qishloq xo‘jaligi, sog‘likni saqlash va boshqa soxalarda qo‘llash mumkin bo‘lsa, sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi. qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlar shtamplari, o‘simliklar va xayvonlar xujayralari turlari, ilgaridan ma’lum bo‘lgan qurilmalar, usullar, moddalarning mikroorganizmlarning shtamplarining yangi-yangi maqsadlarda qo‘llanilishi ixtiro sifatida e’tirof etiladi.
Quyidagilar ixtiro deb e’tirof etilmaydi:
- ilmiy nazariyalar va matematika nazariyalari;
- xo‘jalikni tashkil etish va boshqarish usullari;
- shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
- aqliy operatsiyalar bajarish qoidalari va usullari;
- integral sxemalarganing tipologiyalari;
- o‘simlik navlari va xayvon zotlari;
- jamoat manfaatlari, insonparvarlik va axlok qoidalariga zid echimlar;
SHu qonunning 6-moddasida foydali model xaqida tushunchalar berilgan. Foydali model, basharti uning muxim alomatlari majmui texnika tarakkiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, yangi deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1041-moddasi, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi qonunning 5- moddasida mualliflik huquqining yana bir qoidasi nazarda tutilgan. Muallif asarni yaratishda yoki e’lon qilishda u davlat sirlri, shaxsiy sirlari yoxud boshqalarning qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lmasa, oldindan ruxsat olish, asar mazmuni oldindan nazoratdan o‘tganligi talab etilmaydi. qoidani mazmuni ham shundan kelib chiqadi, ya’ni muallif huquqlarini vujudga kelishi, uni muxofaza etish, asarni yaratish fakt asosida vujudga kelishi, u qandaydir rasmiyatchiliklarga rioya etilishi talab etilmasligidir. Mualliflarning asarlarni yaratish va ulardan foydalanishda ma’naviyat va moddiy manfaatdorligni har tomonlama muxofaza qilish ham qonunda mustaxkamlab qo‘yilgan. Ushbu qoida mualliflik huquqiy munosabatlari qatnashchilarining huquq va burchlarini belgilovchi me’yorlardangina emas, balki subektiv huquqlarni amalga oshirish kafolatlarida muallif huquqlarini muxofaza etish bo‘yicha davlat organlari zimmasiga yuklanish majburiyatlarda, buzilgan muallif huquqlarini ximoya qilinishini ta’minlovchi me’yorlarda o‘z ifodasini topgan.
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 1996-yil 30 avgust (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 135-modda) qabul qilingan.
I. Umumiy qoidalar.
1-modda. Asosiy tushunchalar.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
«Muallif» — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs;
«YOzuv» — ovozlar va (yoki) tasvirlarning ularni texnikaviy vositalar yordamida qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki uzatish imkonini beradigan biror-bir moddiy shakldagi mujassami;
«Ijrochi» — aktyor, qo‘shiqchi, musiqachi, raqqos yoki rol o‘ynaydigan, o‘qiydigan, ifodali o‘qiydigan, musiqa asbobini chaladigan yohud adabiyot yoki san’at asarnni (shu jumladan estrada, stirk yoki qo‘irchoqli nomerni) boshqa bir tarzda ijro etadigan shaxs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori va dirijyor;
«E’lon qilish (oshkor qilish, chop etish)» – ommaning oqilona talab-ehtiyojlarini qondirish uchun hamda asarning, fonogrammaning xususiyatidan kelib chikqani holda asar, fonogramma nusxalarini muomalaga etarli miqdorda chiqarish;
«Manzarali amaliy san’ag asarlari» – amalda foydalaniladigan buyumlarga ko‘chirilgan ikki o‘lchovli yoki uch o‘lchovli san’at asari, shu jumladan, badiiy hunarmandchilik asari yoki sanoat yo‘li bilan tayyorlanadigan asar;
«Fonogramma» — biron-bir ijro yoki boshqa ovozlarning har qanday mutloqo ovozli yozuvi;
«Asar nusxasi» — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan ko‘chirmasi;
«Fonogramma nusxasi» — fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va shu fonogrammaga jo bo‘lgan ovozlarning hammasinn yoki bir qismini qamrab olgan har qanday moddiy jismdagi fonogramma ko‘chirmasi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin