14-MAVZU. SANOATDA INNOVATSION MODELLAR
Innovatsion faoliyatni boshqarish uslubiyoti
“Jati Senguptaning innovatsion modellar klassfikatsiyasi quyidagicha:
Raqobatdosh innovatsion modellar
Texnik innovatsiyalar va diffuzion modellar
Kurno-Nashning ortiqchalik samarasi dinamik modeli
Talabga oid innovatsion model”20.
Innovatsiya statikada ham, dinamikada ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Agar statikada yangilik kiritish bu yangiliklarni tijoratlashtirishning yakuniy natijasi bo‘lsa, dinamikada yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish vatarqatish murakkab jarayoni hisoblanadi.
Innovatsion jarayonning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u innovatsiyalar tashabbusi bilan chiqish, yangi mahsulot va operatsiyalar ishlab chiqish, ularni bozorda sotish va diffuziyalash bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan harakatlar zanjirini ifodalaydi.
YAngi mahsulot (operatsiya) asoslab berilgach, taklif etilayotgan innovatsiyaning marketing tadqiqotlari o‘tkaziladi. Marketing tadqiqotlari davomida yangi mahsulot yoki operatsiyaga talab o‘rganiladi, agar ular limitlanadigan bo‘lsa ularni chiqarish hajmi yoki soni belgilanadi, innovatsiyaga bozorga kirib borayotgan tovar sifatida baxshida etish lozim bo‘lgan tovar tavsifnomalari va iste’mol xususiyatlari aniqlanadi. So‘ngra innovatsiyani sotish, ya’ni bozorda innovatsiyaning kichik partiyasi paydo bo‘lishi, uni ilgari surish, samaradorligini baholash va diffuziyalash amalga oshiriladi.
Quyidagi jadvalda innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi omillar tizimi ko‘rsatilgan.
Innovatsion jarayonlar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
Dostları ilə paylaş: |