MAVZU: INNOVATSIYALARNING MAMLAKAT IQTISODIYOTIDAGI O‘RNI
Innovatsion salohiyatni oshirish kichik korxonalarni rivojlantirish bilan bog‘liq. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kichik korxonalar katta korxonalarga qaraganda, 4 barobar ko‘p innovatsiyalar yaratadi yoki ilmiy tadqiqotga kiritilgan har bir dollarga kichik innovatsion korxonalar 2,5 barobar ko‘p mahsulot yaratadilar. Korxonalarda innovatsion salohiyatni baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega:
- ilmiy-texnik salohiyat (ilmiy darajaga ega xodimlar soni; bir xodimga to‘g‘ri keladigan ratsionalizatorlik takliflar soni; patentlar soni va boshqalar);
- kommersializatsiya ko‘rsatkichlari (ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmida yangi mahsulot ulushi; litsenziya shartnomalari soni va boshqalar);
- bajarilayotgan ishlarning davomiyligi (innovatsion davrning kattaligi);
- innovatsiyaning boshqarilayotgan tizimi tavsifi (korxonada innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish shakllari; yuqori darajadagi rahbarlarning innovatsion loyihalarni amalga oshirishda qatnashishi; innovatsion faoliyatga qatnashuvchilarga erkinlik darajasini ta’minlanishi).
Innovatsion faoliyat maqsadlarni amalga oshirish miqyosi va xususiyatlardan kelib chiqib, innovatsion strategiyani ishlab chiqish mumkin. Innovatsion strategiya korxonaning uzoq muddatga rivojlanishida innovatsion salohiyatdan samarali foydalanishini ta’minlaydigan tadbirlar majmuasidir. Innovatsion o‘zgarishlar raqobat afzalliklari asosida o‘rganilib, quyidagi strategiyalar ishlab chiqiladi:
- differensiatsiyalash;
- xarajatlarni pasaytirish;
- eng yaxshi qiymat.
“Innovatsiyalarning iqtisodiy ahamiyatini misollarda ko‘rib chiqish materialni tushunishni yanada osnolashtirishi shubxasizdir. SHunday ekan, innovatsiyalarning turli mamlakatlar, xususan, Xitoy, Tayvan, Koreya va Singapurlar misolida mamlakat sanoatida va iqtisodiyotining o‘sishidagi ahamiyati e’tiborga sazovordir. Ularning innovatsion rivojlanishi boshqa Evropa mamlakatlariga nisbatan ancha tez bo‘lganligi sababi shundaki, bu mamlakatlar innovatsiyalarni yaratish uchun texnologiyalarni horijdan sotib olib, o‘zlari uni takomillashtirish ustida ishlashgan”15.
“ Bomol, innovatsion iqtisodiyot sohasining etakchi olimlaridan biri, nima sababdan bu mamlakatlarda firmalar innovatsion rivojlanishni aynan ko‘zlagan MCHJlarni tuzishgani to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tgan. U innovatsiyalar sig‘imi indeksi (ISI)ni ishlab chiqib, quyidagicha analiz olib borgan:
Bu erda ICI rank – innovatsiyalar sig‘imi indeksi bo‘yicha mamlakatlarning dunyodagi o‘rinlari.
ICI score – ISI ko‘rsatkichlari tartib bo‘yicha keltirilgan”16.
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Qayd etilsinki, mamlakatda qisqa muddatda innovatsiyaga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga va innovatsiyalarni keng joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Respublikani innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi shakllantirilganligi mazkur yo‘nalishdagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. SHu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga, aloqalarni mustahkamlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, ularga, avvalambor: birinchidan, oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish ko‘rsatkichlarining pastligi hamda qoniqarsizligi;
Dostları ilə paylaş: |