TEXNOLOGIYALAR KONSORSIUMI VA INNOVATSIYALAR(4 soat)
8 MAVZU: TEXNOLOGIYALAR KONSORSIUMINING INNOVATSIYALARGA TA’SIRI
Texnologiyalar transferi markazlari (TTM)ilmiy-texnik natijalarning tijoratlashuvini tezlatishi, kichik innovatsion korxonalar, jumladan, texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar tarkibida yaratishni ta’minlashi ko‘zda tutilgan (1-jadval).
1-jadval12
Texnologiyalar transferi markazining asosiy vazifalari
Texnologiyaning rivojlanish bosqichlari
|
Texnologiyalar transferi bosqichlari
|
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari bosqichlarini bajarish
Texnologiyani amalga oshirish imkoniyatini tekshirish
|
Tadqiqot natijalarini e’lon qilish
Patent arizalari berish
Anjuman va ko‘rgazmalarda qatnashish
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari natijalariga egalikhuquqini sotish
|
Tajriba-konstruktorlik ishlari bosqichlarini bajarish
Mahsulotning sinov namunasi Texnologiya prototipi
Texnik jihatdan amalga oshirish imkoniyatini tasdiqlash
|
Texnologiyani amalga oshirish uchun kichik korxona tashkil etish
Texnologiyani sotish
|
Texnologiyani maromiga etkazish
Bozor namunalari yaratish
Sinov tariqasidagi sotuvlar
Servisni tashkil qilish
Ruxsatnoma olish
Sertifikatsiya
|
Mahsulotni ko‘paytirish (kichik seriyada) va sotish
Foydalanuvchilarni o‘rgatish Dillerlarni o‘rgatish
Servis
Texnologiyani sotish
Korxona aksiyalarini sotish
Biznesni sotish
|
Sanoat texnologiyasi yaratish
Ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish
Mahsulotni sertifikatsiyalash va ishlab chiqarish
Diversifikatsiya
|
Mahsulot va xizmatlarni sotish Servis
Texnologiyani sotish
Korxona aksiyalarini sotish
Biznesni sotish
|
Ishlab chiqarishni kengaytirish
Mahsulotlarni ko‘paytirish
Ishlab chiqarishnisertifikatsiyalash
Ishlab chiqarish va mahsulotniyangilash
Diversifikatsiya
|
Mahsulot va xizmatlar sotish
Servis
Foydalanuvchilarni o‘rgatish
Dillerlarni o‘rgatish
Texnologiyani sotish
Korxona aksiyalarini sotish
Biznesni sotish
|
SHuni ta’kidlash joizki, TTM tizimining samarali ishlashiga qator omillar to‘sqinlik qiladi. Ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:
mintaqalar miqyosida innovatsion jarayonlarni boshqarishning sust tashkil etilganligi;
ko‘pchilik TTMda ham ichki, ham xorijiy bozorlarga chiqish bilan bog‘liq muammolar;
TTM tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatishi uchun resurslar bazasining etarli emasligi;
innovatsion faoliyat kuchayishini rag‘batlantiradigan me’yoriy-huquqiy asoslarning yo‘qligi.
“Qanchalar qiziq tuyulmasin, Internet tarmog‘ida ommalashib borayotgan Cloud tizimi iqtisodiyotda ham o‘z ta’siriga egadir. Bunga misol sifatida texnologiyalar konsorsiumini tuzilishini keltirish mumkin. Unga ko‘ra, firmalar gorizontal yo‘nalishda koalitsiyalar tuzishadi. Bu koalitsiyalarning maqsadi birgalikda innovatsiyalarni joriy etish, joriy etish bo‘yicha tajriba almashinish va birgalikda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishdir. Ushbu ishlar texnologik innovatsiyalarni yaratishda tannarx pasayiga olib kelishini hisobga oladigan bo‘lsak, ular eng samarali hamkorlikda ishlardan biridir”13.
Texnologik innovatsiyalar texnologik jihatdan yangi mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yoki mavjud mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlarda jiddiy texnologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bunda tatbiq etilayotgan mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlar samaradorlikning sezilarli darajada oshishi, mehnat unumdorligi, foydaning o‘sishi, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish uchun xarajatlarning qisqarishiga olib kelishi ko‘zda tutiladi. Texnologik innovatsiyalar innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan yoki takomillashtirilgan mahsulot, xizmat, usullarni o‘z ichiga oladi. Korxona, tashkilot uchun sotib olingan va tatbiq etilgan hamda o‘zlari ishlab chiqqan texnologik innovatsiyalar bir xilda muhimdir. Garchi oxirgi yillarda texnologik innovatsiyalarning o‘rni va ahamiyati keskin oshgan bo‘lsa-da, ularni tadqiq etishga yo‘naltirilgan ilmiy ishlarning ko‘lami ancha tor. Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda texnologik innovatsiyalardan foydalanish masalalarini o‘rganishga qaratilgan urinishlar juda kam. SHu nuqtai nazardan, iqtisodiyotni texnologik innovatsiyalar asosida modernizatsiya qilish masalalarini tahlil qilish hamda shu asosda ushbu jarayonni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotni innovatsiyalar asosida modernizatsiya qilish deganda innovatsiyalarni keng tatbiq etgan holda iqtisodiyotni yuqori texnologik, ilmiy sig‘imi yuqori bo‘lgan, kam energiya talab etadigan mahsulotlar, xizmatlarning salmog‘ini oshirishga xizmat qiladigan strukturaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali yangi darajaga olib chiqish jarayonini tushunish mumkin. Iqtisodiyotni innovatsiyalar asosida modernizatsiya qilishning pirovard natijasi innovatsiya iqtisodiyotini shakllantirishdan iborat. Texnologik innovatsiyalar iqtisodiyotning modernizatsiyasiga jiddiy turtki bo‘lishini ta’minlash uchun bir qator shartlar bajarilishi lozim, xususan: – fan, biznes va davlat o‘rtasida texnologik innovatsiyalarni amalga oshirish uchun samarali o‘zaro hamkorlik; – ishlab chiqilayotgan texnologik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun zarur institutsional asos, tashkiliy tuzilmalar, ularni o‘zlashtirish uchun zarur infratuzilma; – innovatsiyalarni tatbiq etish uchun to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan ehtiyoj. Bulardan tashqari, texnologik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha instrument va mexanizmlar doimiy ravishda takomillashtirib borilishi talab etiladi, chunki ayrim holatlarda aynan mazkur instrumentlarning mavjud holatga etarlicha moslashmaganligi, zamonaviy talablarga javob bermasligi yaratilgan innovatsiyalarning o‘z vaqtida va samarali o‘zlashtirilishiga to‘sqinlik qiladi. Ob’ektiv omillarga ko‘ra sanoat sohasi iqtisodiyotning texnologik innovatsiyalar asosida modernizatsiya qilishning asosiy lokomotivlaridan biri hisoblanadi. 2013 yilda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida yaratilgan 121 ta yangi texnologiyalar (texnik natijalar), dastur mahsulotlarining 103 tasi aynan sanoat tarmog‘iga tegishli. SHularni hisobga olgan holda iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda innovatsiyalarning rolini oshirishga qaratilgan harakatlar, birinchi navbatda, sanoat sohasini modernizatsiya qilish bo‘yicha tadbirlar bilan uyg‘unlashgan holda olib borilishi ko‘zda tutiladi. Sanoatni innovatsiyalar asosida modernizatsiya qilishning samaradorligini ta’minlash vazifasini amalga oshirish uchun tegishli mexanizmni shakllantirish talab etiladi. Mazkur mexanizm iqtisodiyotni modernizatsiya qilish yo‘nalishlarini hamda mazkur jarayonga aloqador bo‘lgan barcha institutlarning funksiyalarini aniq belgilab berishi zarur. SHu nuqtai nazardan davlatning iqtisodiy jarayonlarni tashkil etishdagi roli, iqtisodiyotning innovatsion-texnologik darajasini oshi rish shartlari, modernizatsiyaning moliyaviy ta’minotini tashkil etishga yondashuvlar hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilishdagi bozor mexanizmlarini o‘z ichiga oluvchi quyidagi mexanizm diqqatga sazovor (1-rasm). Albatta mazkur mexanizmni innovatsion rivojlantirishning mukammal instrumenti deb bo‘lmaydi, xususan, bu mexanizmni samarali qo‘llanishi uchun innovatsion rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari etarli darajada shakllangan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, iqtisodiyotning innovatsion-texnologik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasi innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishdagi iqtisodiy risklarni kamaytirish, texnologik innovatsiyalar yuzasidan ma’lumotlarni olish va tarqatish bo‘yicha tadbirlar va shu kabilarni o‘z ichiga olishi zarur. Hozirgi vaqtda hududlarda texnologik innovatsiyalardan foydalanish va ularni amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq qator muammolar mavjud.
Xususan:
● iqtisodiyotni texnologik va boshqa turdagi innovatsiyalar yordamida rivojlantirish, muntazam ravishda modernizatsiya qilib borish bo‘yicha tadbirlar va harakatlarning mujassamlashtirilmaganligi, xususan bu maqsadlarga yo‘naltirilgan dasturiy va strategik hujjatlarning ishlab chiqilmaganligi, innovatsion rivojlantirishga kompleks yondashuvning mavjud emasligi;
● texnologik innovatsiyalarni yaratuvchilar, undan potensial foydalanuvchilar o‘rtasidagi aloqalarning zaifligi, innovatsion klasterlarning mavjud emasligi, ularni tashkil etish uchun rag‘batlantiruvchi omillarning etarli emasligi;
● texnologik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mukammal emasligi.
Dostları ilə paylaş: |