Patent huquqining rivojlanish tarixi Patent huquqi. U dastlab feodalizmning so‘ngi davrlarida feodal jamiyat negizida xo‘jalik yuritishning kapitalistik usuli vujudga kelib, rivojlana boshlashi bilan yuzaga keldi. Patent huquqi – ishlab chiqarishning kapitalistik usuli ustun kelishi va hokimiyatning burjuaziya yo‘liga o‘tishi natijasida shakllandi.
Milliy patent tizimlari sxemasi “Innovatsion musobaqa patentlar poygasini o‘z ichiga olib, firmalararo innovatsiyada birinchilikka sazovor bo‘lish deganidir. Patentlar poygasida birinchilikni olgan firma o‘z mahsulotini sotishda maxsus huquqqa ega bo‘lib bozorda o‘z monopoliyasiga 15 yildan 20 yilgacha bo‘lgan davrda erishadi”25.
Intellektual mulkni O‘zbekistonda muhofazalash O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan ixtiro, foydali modellar, sanoat namunalari tarkibidagi qurilmalarni boshqa davlat – Parij konvensiyasi ishtirokchisining transport vositasida, bu transport vositasi vaqtincha yoki tasodifan O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lganda qo‘llanish, bunda bu qurilmalar faqat shu vosita ehtiyojlari uchungina foydalanilishi shart;
Tarkibida patentlangan obektlar bo‘lgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajribalar o‘tkazish.
Tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tarkibida patentlangan obektlar bo‘lgan vositalarning qo‘llanishi. Vazirlar Mahkamasi milliy xavfsizlik manfaatlari yo‘lida patentlangan obektlardan foydalanish to‘g‘risida patent egasining roziligini olmasdan turib qaror qabul qiladi, lekin bunday hollarda obe’ktdan foydalanilgani uchun unga tegishli tovon to‘lanadi.
Tarkibida patentlangan obektlar bo‘lgan vositalarni, agar bu vositalar qonuniy yo‘l bilan xo‘jalik aylanmasiga kiritilgan bo‘lsa, qo‘llanish (masalan, patent egasining o‘zi yoki uning litsenziyasi).
Dorixonalarda shifokor restepti bo‘yicha dorilarni bir marta tayyorlash.
Ixtiroga patent – ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab yigirma-yil mobaynida amal qiladi, mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beriladi.
Ixtiroga dastlabki patent (2002-yil oktyabr oyigacha) – dastlabki ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng berilib, ustuvorlik sanasidan boshlab besh-yil mobaynida amal qiladi. Talabnoma beruvchining mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosiga ko‘ra patentga aylantirilishi mumkin. O‘zbekiston Butunjahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etuvchi Konvensiyaning ishtirokchisi, Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha 1883 yildagi Parij Konvensiyasining qatnashchisi, Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida gi 1977 yildagi Parij shartnomasining ishtirokchisi, Tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi 1891 yil (1976 yil) Madrid Kelishuvining, Mahsulot ishlab chiqarilgan joyning nomini himoya qilish to‘g‘risidagi Lissabon kengashining, Sanoat namu nalarini deponent qilish bo‘yicha Gaaga kelishuvining va shunga o‘xshash qator xalqaro shartnoma va konvensiyalarning ishtirokchisidir. 1993 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Intellektual mulkning Butunjahon tashkiloti (VOIS)ni tashkil qilish bo‘yicha Parij konvensiyasiga va Patent kooperatsiyasi (RST) to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga imzo chekdi. 1993 yil 18 avgustda VOIS O‘zbekiston Respublikasining ushbu konvensiyalarga qo‘shilganligini ma’lum qildi. O‘zbekiston Respublikasi savdo markalarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid Kelishuvining ham a’zosi hisoblanadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga kirgan davlatlar hududida intellektual mulk sohasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida O‘zbekiston maxsus bitimga qo‘shildi va sanoat mulkini himoya qilish bo‘yicha quyidagi davlatlar: Rossiya Federatsiyasi (1995 y. 27 iyun), Gruziya (1996 y. 28 may), Qirg‘iziston Respublikasi (1996 y. 24 dekabr), Qozog‘iston Respublikasi (1997 y. 2 iyun), Ozarbayjon Respublikasi (1997 y. 18 iyun), shuningdek intellektual mulkni muhofaza qilish sohasida, Ukraina (1998 y. 19 fevral) va Turkiya Respublikasi (1998 y. 13 aprel) bilan ikkitomonlama shartnomalar tuzdi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida (FKning 1177- moddasi), "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida"gi Qonunda (42-moddada), "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va 55 tovar kelib chiqqan joy nomi to‘g‘risida"gi Qonunda (35-modda), "Elektron hisoblash mashinalari va ma’lumotlar to‘plamini huquqiy himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunda (9-modda), "Seleksiya yutuqlari"to‘g‘risidagi Qonunda (2-modda) milliy tartib to‘g‘risidagi maxsus qoidalar nazarda tutiladi. Xalqaro shartnomalar yuzasidan vujudga kelgan nizolarning sudga taalluqligi, sud qarorlarining bajarilishi bo‘yicha xalqaro bitimlar va konvensiyalar mavjud. Bunga Evropa ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlarning nizolarning sudga taalluqligi va sud qarorlarini ijro etish bo‘yicha 1968 yil va 1979 yilda yangi tahrirda qabul qilingan Bryussel Konvensiyasini misol keltirish mumkin. Evropa erkin savdo assotsiatsiyasiga kirgan Evropa davlatlari 1980 yilda Lugano shahrida fuqarolik va savdo masalalari bo‘yicha ishlarning sudga taalluqligi va sud qarorlarini ijro etish to‘g‘risida shartnoma tuzdilar. 1954 yil 1 martda Gaagada Fuqarolik protsessi masalalariga doir Konvensiya imzolandi. O‘zbekiston ushbu Konvensiyaga 1995 yil 22 dekabrda qo‘shildi. 1958 yil 10 iyunda Nyu-Yorkda CHet el mamlakatlari arbitraj qarorlarini e’tirof etish va ijro etish to‘g‘risidagi Konvensiya imzolandi. O‘zbekiston ushbu konvensiyaga 1995 yil 22 dekabrda qo‘shildi.