O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


Ilmiy kashfiyotlar. Kashfiyot obektlari. Kashfiyotni aniqlash tartiblari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə54/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

Ilmiy kashfiyotlar. Kashfiyot obektlari. Kashfiyotni aniqlash tartiblari.
“Ishlab chiqarish texnikasi yoki yangi jarayon ko‘rinishidagi texnik o‘zgarishlar texnik ixtirolar va kashfiyotlarni ta’riflash uchun ishlatiladi. Bunday kashfiyotlar ishlab chiqarish va xarajatlarni firma va sanoat tarmoqlari darajasida o‘zgartirishi mumkin. Soluning neoklassik o‘sish modelida texnologik rivojlanish kashfiyotlar tufayliligiga to‘xtalib o‘tilgan. Texnologik jarayonning bir nechta pog‘onaga ega ekanligiga ham batafsil to‘xtalib o‘tilgan”27.
Kashfiyot deb bilim darajasiga tubdan o‘zgartirish olib kiradigan ilgari noma’lum bo‘lgan, ammo obektiv mavjud moddiy nuqtaning hodisa, xossa va qonuniyatlarini tushuntirib beruvchi ta’limotga aytiladi.
Kashfiyotni himoya qilish maqsadi:
• Ilmiy mazmun ishonchliligini tasdiqlash uchun;
• Muallif va davlat ustunligini o‘rnatish;
• Kashfiyot muallifining xususiyatlarini tan olish va unga tegishli imtiyozlar berish;
• Kashfiyot bilan bog‘liq ilmiy-texnologik masalalarni hal qilishda ko‘maklashish;
• Fan va texnikada, foydalanish uchun kashfiyotlarni davlat tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinishi va hisobga olinishi.
EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Kashfiyotlarni aniqlash bosqichlari


Kashfiyotni aniqlash bosqichlari


Amalga oshiriladigan ishlar


1-bosqich

Asos qidiruv tadqiqotni ilmiy-amaliy injenerlik tadqiqotdan ajratish lozim. Tadqiqotning obekti tabiiy yoki texnik bo‘lishi mumkin va uni tartibli amalga oshirish kerak.




2-bosqich

Kashfiyot predmeti hodisa, xossa, qonuniylikni oldindan belgilash.




3-bosqich

Kashfiyot shakliga muvofiq kashfiyot predmeti qat’iy shakllantiriladi.




4-bosqich

Bunda ilmiy qoidalar jamoatchilik tomonidan muhokama qilinadi.



O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni 06.05.1994-yilda qabul qilingan va 05.04.2002 va 30.08.2002-yillarda o‘zgartirishlar kiritilgan. Ushbu Qonun EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularning huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni O‘zbekiston Respublikasida tartibga soladi.
Qoraqalpoiston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar Qoraqalpoiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonun EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazalarini mualliflik huquqi obektlari sirasiga kiritadi.
Vazifasi va afzalliklaridan qat’i nazar, obektiv shaklda ifodalangan, bosib chiqarilgan hamda bosib chiqarilmagan, muallif (hammualliflar) ijodiy faoliyatining natijasi bo‘lgan, EHM uchun yaratilgan har qanday dastur va ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi tatbiq etiladi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik huquqi aksi isbotlanmagunga qadar saqlanib qolaveradi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin