EHM uchun dasturlar. EHM ma’lumotlar bazalari. Mualliflik huquqining buzilishi. Dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatga olish uchun talabnoma Bugungi kunda kompyuter insonlarning o‘zaro munosabatlari, axborot bilan almashishning bosh vositasiga aylandi.
Kompyuter har qanday ishda insonning eng yaqin yordamchisidir. Lekin kompyuterning o‘zi to‘laqonli yordamchi emas. Uning qandaydir masalani hal qilishdagi foydaliligi to‘laligicha u ishlaydigan dasturga bog‘liqdir. Dasturiy ta’minot kompyuterning jonidir.
Har qanday EHMni ikki qismga bo‘lish mumkin:
1. Apparat-texnik (hardware)
2. Dasturiy ta’minot (software).
Dasturiy ta’minot yoki EHM uchun dastur bu EHM, uning tarmoqlari va boshqa kompyuter vositalarining muayyan natijalar olish maqsadida ishlash uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va buyruqlar majmuidir.
Qonunchilikda mualliflar mulkiy huquqlarining mustahkamlanishi Mualliflar mulkiy huquqlari shaxsiy nomulkiy huquqlar kabi o‘zining huquqiy tabiatiga ega. Agarda, muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari uning ajralmas huquqlari toifasiga kirsa, mulkiy huquqlar esa o‘zga (uchinchi shaxs)larga ma’lum muddatlarda va ma’lum harakatlarni amalga oshirish sharti bilan vaqtincha o‘tkazib turilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining “Muallifning mulkiy huquqlari” nomli 19-moddasida muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda mutlaq huquqlarga ega ekanligi mustahkamlangan.
E.P.Gavrilov muallifning huquqlarini ikki guruhga bo‘ladi:
a) shaxsiy nomulkiy huquqlar. Bu huquqlar jumlasiga u asarga muallif bo‘lish huquqini; asarni nomlash huquqini, asar daxlsizligi huquqini va asarni nashr qilish huquqlarini kiritadi;
b) mulkiy huquqlar.
Ayrim olimlar mualliflik huquqlarini shaxsiy va mulkiy huquqlarga ajratilish zarurati va imkoniyatlarini tan olishmasa, ba’zilari muallif huquqlarining bunday ajratilishini shartligi, ba’zilari esa huquqlarni bunday turkumlashni nisbiy ekanligini ta’kidlashadi, yana bir guruh mutaxassislar muallif shaxsiy huquqlarini intellektual huquqlar jumlasiga kiritishadi.
Muallifning huquqlari o‘zining tarkibiga bir vaqtning o‘zida ham shaxsiy, ham mulkiy huquqlarni birlashtiradi, shu ma’noda uning intellektual huquqlari, deb yuritish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Muallif mulkiy huquqlarining tabiati, muallifning shaxsiy huquqlari tabiatidan keskin farq qiladi.