Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org
CHet elda patentlash. Litsenzion shartnoma haqida tushuncha CHet elda patentlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi.
Patentlashtiruvchi tashkilot, sanoat mulklarini chet elda patentlash to‘g‘risida qaror qabul qilsa, agar konvensiyaviy ustuvorlik talabnomasi uchun yoki boshqa vaziyatlarga ko‘ra bundan ko‘ra istisno va talab etilmasa, sanoat mulk tavsifini (uning tushuntiruvchi chizmasini) tayyorlaydi. Sanoat mulklarini patentlashga mo‘ljallanayotgan mamlakatning patent qonunchiligi o‘sayotgan talablarga muvofiq tavsif o‘zbek va tegishli chet tilida tayyorlanadi. Bu tavsif etarli nusxada ko‘paytiriladi va jo‘natishdan oldin O‘zbekiston Respublikasining Patent idorasida sanoat mulkini tavsifi va chizmalari chet elda patentlash xizmati bilan kelishib olinadi.
“Kouzning fikricha, mamlakatlarda patentlash tizimi mulkchilik huquqi bilan chambarchas bog‘liq ravishda raqobatdosh yoki noraqobatdosh mahsulotlarga nisbatan o‘zgacha yondashuv bo‘lishi kerak, ya’ni patentlashda mahsulot turini raqobatdoshlik darajasini mulk qo‘mitalari aniqlab berishlari shartdir. Bunday deb ta’kidlashiga sabab, bu kabi aniqlashtrishlar iqtisodiy ahamiyatga egadir”29.
CHet elda patentlash uchun tayyorlangan talabnoma materiallarini Patent idorasi kelishib olish uchun patentlashtiruvchi tashkilotga yuboradi, u bir oy ichida mualliflar bilan talabnoma materiallari kelishilganligini ta’minlaydi yoki o‘z mulohazalarini bayon etib, Patent idorasiga qaytaradi. Agar tashkilotdan belgilangan muddatda hech qanday ma’lumot kelmasa, Patent idorasi materialni kelishilgan deb hisoblaydi. Har qanday vaziyatda ham talabnoma materiallarini kelishib olish bilan bog‘liq ishlar konvensiya ustuvorligini yo‘qotishga sabab bo‘lmasligi lozim.
Patentlashtiruvchi tashkilot, maxsus so‘rovni kutmay, sanoat mulklarini patentlash haqidagi qarorni olgan kundan boshlab bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Patent idorasiga mualliflar, talabnomachilar, haqidagi barcha ma’lumotlarni ixtironi patentlash bo‘yicha chel elda ish olib borish va rasmiylashtirish uchun tadim etadi. O‘zbekiston Respublikasi sanoat mulklarini patentlash uchun chet el patent idoralariga talabnomani O‘zbekiston Respublikasi Patent idorasiga jo‘natadi va ular bilan yozishmalar olib boradi.
Texnika obektlarining patentga loyiqligini va patent sofligini aniqlash tartibi.
Sanoat mulklarini patentlash bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalari rivojlanishi munosabati bilan patent tavsifidagi boshqa masalalar ham yuzaga keladi. SHulardan biri, O‘zbekiston Respublikasi sanoat mahsulotlari (mashina, qurilmalar) ning, shuningdek texnologiya jarayonining patent sofligini aniqlash hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi korxonalari chiqarayotgan buyumlar uchun patent sofligini ta’minlash zarurati mamlakat uskunalarini eksport qilish bilan bog‘liq tarzda yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari chel elda korxonalar qurilishiga texnikaviy hamkorlik qilish va chel el firma hamda tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasiga beradigan patentlari sonining ko‘payishi tufayli ham shunday zarurat paydo bo‘lmoqda. Patent sofligi - patent egasining huquqiy obekti bilan bog‘liq tushuncha. Patent egasi huquqining buzilishi bir qator mamlakatlarda tovarlarni ushlab olish, jarima solish, ba’zan esa jamoa olishgacha olib keladi. Patent egasi, shunday qoidabuzarlik tufayli ko‘rgan zararini qoplashni talab etishi mumkin.
Qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish usullari yoki qandaydir boshqa obektlar qaysi mamlakatda amal qilayotgan patentga xilof bo‘lmasa, shu mamlakatda patent sof hisoblanadi.
Patent sofligi tushunchasini patentga loyiq tushunchasi bilan aralashtirmaslik lozim. O‘rtadagi farq avvalo shundan iboratki, "patent sofligi" atamasini moddiy obektlar (mashina, qurilmalar va h.k.) ga taalluqli, "patentga loyiq" atamasi esa texnikaviy echimga tegishli. Patent sofligi deganda, muayyan buyum begona patent ta’siri ostiga tushib qolmasligi nazarda tutiladi.
Patent sofligiga ega buyum boshqa mamlakatlarda mavjud bo‘lgan patentlarga xilof bo‘lmaydi, shuning uchun unga nisbatan boshqa patent egalari tomonidan hech bir da’vo bo‘lmaydi. Agar buyumdagi texnikaviy echimga patent olish mumkin bo‘lsa, unda bu echim patentga loyiq hisoblanadi.
Patent sofligi va patentga loyiqlik masalasi bir vaqtda yuzaga kelishi mumkin, lekin ularning mohiyati har xil. SHunday qilib, patent sofligi texnika obektining huquqiy xossasi bo‘lib, u mazkur mamlakatlarda amal qiluvchi patentlar mutlaq huquqi uchinchi shaxsga taalluqli degan xavfdan holi, erkin foydalanish mumkinligidan iboratdir. Patent sofligi qandaydir bir mamlakatga nisbatan yoki bir necha mamlakatlarga nisbatan ta’minlanishi mumkin. Sanoat mulklariga bo‘lgan huquqning hududiy tavsifiga ko‘ra, qandaydir texnika obekti (buyum) patenti, masalan, AQSHda berilgan patent ta’siri ostida bo‘lishi mumkin, shu bilan birga Hindistonga nisbatan patent sofligiga ega bo‘lishi mumkin. Patent sofligini aniqlash, u yoki bu mamlakatda berilgan patentning amal qilish muddati bilan ham bog‘liq.