Sanoat namunalari. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari Sanoat namunasi inson ijodiy faoliyati yo‘nalishining amalga oshishi bo‘lib, aniq maqsad va iste’molchilar doirasiga ega. Ta’rifga ko‘ra sanoat namunalariga qandaydir bir obekt tashqi ko‘rinishining badiiy-konstruktorlik (dizayn) echimi kiradi. Sanoat namunalari hajmiy (modellar), yassi (rasmlar) yoki ularning aralash ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sanoat namunasining yangiligi, o‘ziga xosligi va sanoatda qo‘llanilishi uning patentga layoqatlilik shartlari hisoblanadi.
Agar sanoat namunasining buyumning estetik va (yoki) erganomik xususiyatlarini belgilovchi muhim belgilari (alomatlari) majmui uning ustuvorlik sanasidan oldin jahondagi nufuzli axborot manbalari orqali barchaga ma’lum bo‘lmagan bo‘lsa yangi deb tan olinadi. Sanoat namunasining muhim belgilari majmui buyum estetik xususiyatlarning ijodiy xarakteri bilan bog‘liq bo‘lsa u o‘ziga xos deb tan olinadi. Sanoat namunasi ko‘p karra qayta ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan bo‘lsa sanoatda qo‘llaniladigan deb tan olinadi.
“Aynan sanoat namunalarini patentlash bugungi kunda eng risk yuqori hisoblangan sohadir. Bunday deyishimizga sabab, jahon bozorida bu kabi “xato”larga ko‘p martalab yo‘l qo‘yilgandir. Muammoning negizi nimada? Buni topish uchun firmalar qaysi, qanaqa va nima uchun innovatsiyalarga ehtiyoj sezishlari to‘g‘risida asosiy savollarga javob berishlari kerak”30.
Sanoat namunasiga talabnomalarning tuzilishi va patentlash tartibi Sanoat namunasiga O‘zbekiston Respublikasining patenti berish uchun talabnoma quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak.
• Patent yoki dastlabki patent berish to‘g‘risida belgilangan shaklda tuzilgan ariza, u sanoat namunasi muallifi (mualliflari), patent kim (kimlar)ning nomiga berilishi so‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs (shaxslar) va talabnoma beruvchi to‘g‘risidagi talab etiladigan ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
• Buyum, maket yoki rasmni aks ettiruvchi fotosuratlar to‘plami, ular buyumning huquqiy muhofaza hajmini belgilab beruvchi muhim belgilar majmuini aniqlash imkonini beradigan tashqi ko‘rinishi to‘g‘risidagi mufassal tasavvur hosil qiladi.
• Buyum tashqi ko‘rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion kartasi, agar ular sanoat namunasi mohiyatini ochib berish uchun zarur bo‘lsa.
• Sanoat namunasining tavsifi, u fotosuratlarda aks ettirilgan buyumning tashqi ko‘rinishini so‘zlar vositasida ochib berishi va uning muhim belgilari majmuini o‘z ichiga olishi kerak.
• Talabnomaga berilgan miqdorda boj to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi zarur.
Qonun talablariga muvofiq har bir talabnoma bitta sanoat namunasiga tegishli bo‘lishi va bu namunaning variantlarini o‘z ichiga olishi mumkin (sanoat namunasining birligi talablari). Bunda bitta sanoat namunasi deyilganda yagona bir buyumning badiiy-konstruktorlik echimi, vazifalari umumiy bo‘lgan buyumlar majmui (masalan, mebel garnituri, serviz va boshqalar) tushuniladi.
YAgona bir buyum deyilganda birorta butun buyum (masalan, avtomobil), hamda uning bir qismini tashkil etuvchi buyum (masalan, bamper, fara va boshqalar) tushuniladi.
Sanoat namunasi variantlari deyilganda bitta buyum (to‘plam, komplekt) ning bir xil estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlarini belgilab beradigan muhim belgilari majmui bilan farqlanadigan badiiy-konstruktorlik echimi tushuniladi.