(4 soat) 22 MAVZU:ZAMONAVIY INNOVATSION STRATEGIYALAR VA INNOVATSIYALAR MARKETINGI Zamonaviy innovatsion jarayonlar murakkab bo‘lib, ularning rivojlanishi qonuniyatlari tahlil qilinishi lozim. Buning uchun yangilik kiritish har xil tashkiliy – iqtisodiy jihatlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar innovatsion menejerlar zarur. Innovatsion menejerlar ilmiy – texnik va iqtisodiy – psixologik salohiyatga ega bo‘lishlari kerak, ularga muxandislik – iqtisodiy bilimlar zarurdir.
Innovatsion menejerlar innovatsion jarayonni ilgari surishga yordam
beradilar, ehtimol bo‘lgan kataklizmlar (jamiyat va tabiatdagi keskin
o‘zgarishlar) ni va ularni bartaraf qilish yo‘llarini bashorat qilishga
harakat qiladilar. Bozor iqtisodiyoti uchun mahsulotlarni yangilashdan manfaatdor bo‘lgan mustaqil firmalarning raqobati, bir birlari bilan
raqobatlashuvchi yangilik kiritishlar bozoriga xosdir. SHuning uchun yangilik kiritishlarning bozorli tanlovi mavjud, unda innovatsion menejerlar ishtirok etadilarInnovatsion menejment – bu innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat, bu faoliyat bilan band bo‘lgan tashkiliy tuzilmalar va ularning xodimlarini boshqarish tamoyillari, usullari va shakllarning majmuasidir. Menejmentning har qanday boshqa sohalari uchun kabi, uning uchun ham quyidagilar xos: maqsadni qo‘yish va strategiyani tanlash, davraning to‘rtta bosqichi:
1) rejalashtirish;
2) shartlarni belgilash va tashkli qilish;
3) ijro etish;
4) rahbarlik.
Innovatsion menejmentning bosqichlar quyida chizma shaklida
berilgan.
Davraning har bir bosqichida belgilangan vazifalar hal qilinadi.
Birinchi bosqich – rejalashtirish bosqichida – strategiyani amalga oshirish rejasi tuziladi.
Ikkinchisida – shartlar va tashkil qilish belgilanadi, ya’ni innovatsion davrning har xil pallalarini amalga oshirish uchun resurslarni belgilash, xodimlar oldiga vazifalarni qo‘yish, ishni tashkil qilish ketadi. Ijro etish bosqichida tekshirishlar va ishlab chiqishlar bajariladi, reja amalga oshiriladi. Rahbarlik bosqichi nazorat va tahlilni harakatlarga tuzatish, kiritish va tajriba to‘plashni ko‘zda tutadi
Innovatsion menejment maqsadlarini umumiy tasniflash quyidagi
asosiy mezonlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
darajasi (strategik va taktik);
muhit turlari (tashqi va ichki);
mazmuni (iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ilmiy, texnik, tashkiliy va h.k.);
ustuvorligi (ustuvor, doimiy, an’anaviy, bir martali);
harakatlanish muddati (uzoq muddatli, o‘rtacha muddatli, qisqa
muddatli);
vazifaviy tuzilmalari (ishlab chiqarish, ITTKI, xodimlar, moliyalar,
marketing, menejment);
tashkilotning mavjud bo‘lish davrasining bosqichlari (vujudga kelish,
o‘sish, balog‘atga
O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan Respublika “Innovatsion g‘oyalar, ishlamalar va texnologiyalar”, “Sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjalar yarmarkasi”da taqdim etilgan ilmiy-tekshirish ishlamalari va texnologiyalari, qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sifat ko‘rsatkichlari xalqaro ISO/MEK standart talablariga mosligi va O‘zbekistonda lokalizatsiya qilingan import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan ko‘plab tovarlar ishlab chiqarilmoqda.YUqori tartibdagi raqobat afzalliklari (yangi ilmiy ishlamalar, texnologiyalar, novotarlarning innovatsion monopoliyasi)ga asoslangan innovatsion rivojlanishi yangi sohalar va yangi bozorlarga faol bostirib kirishni tashkil qilish uchun katta strategik imkoniyatlar yaratadi. Bu strategik imkoniyatlar o‘z navbatida iqtisodiy o‘sishning sifatan yangi salohiyatini yaratadilar. Kompaniyaning har tomonlama rivojlanishi strategiyalarining variantlari rasmda berilgan.
rasm. Har tomonlama rivojlanish strategiyalarining variantlari.
1 – rasmdan ko‘rinishicha, tashkilot uchun har tomonlama rivojlanishning oltita strategiyalari eng katta ahamiyatga ega:
1. Birlashmalar, yutib yuborishlar yoki yangi va qo‘shma korxonalar tashkil qilish asosida yangi sohaga kirib borish.
2. Turdosh sohalarda har tomonlama rivojlanish.
3. Turdosh bo‘lmagan sohada har tomonlama rivojlanish.
4. Ishlab chiqarishni yig‘ishtirish va tuzatish.
5. Aralash har tomonlama rivojlanish va qayta qurish.
6. Ko‘p millatli har tomonlama rivojlanish.
Agar yangi sohaga kirib borish, yangi kompaniya yoki qo‘shma korxonani tashkil qilish strategiyasi har tomonlama rivojlanmagan kompaniya tomonidan kuchli va foydali raqobat o‘rinlarini egallash uchun qo‘llanilsa, qoloq ishlab chiqarishlarni yig‘ishtirish va tugatish va transmilliy har tomonlama rivojlanish maqsadidagi qayta qurish va har tomonlama rivojlanish maqsadidagi qayta qurish va har tomonlama rivojlanish strategiyasi, qoidaga ko‘ra, kuchli va etarlicha keng har tomonlama rivojlangan korporatsiyalarda vujudga keladi.