№
|
Patent berish haqidagi talabnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi
|
1.
|
muallif (hammualliflar) va kimning nomiga patent so‘ralayotgan bo‘lsa, ana shu shaxs (shaxslar), shuningdek ularning turar joyi yoki manziliga doir ma’lumotlar ko‘rsatilgan patent berish haqidagi arizani;
|
2.
|
seleksiya yutug‘ining nomi to‘g‘risidagi taklifni;
|
3.
|
seleksiya yutug‘ining tavsifini (texnikaviy anketasini);
|
4.
|
seleksiya yutug‘i namunalarining fotosuratlarini;
|
5.
|
talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazilgan seleksiya yutug‘i sinovlariga doir hujjatlarni;
|
6.
|
talabnoma beruvchining seleksiya yutug‘idan foydalanilmaganligi, u sotilmaganligi, o‘zga shaxsga berilmaganligi hamda uning yangilik talablariga mosligini tasdiqlaydigan deklarastiyasini;
|
7.
|
seleksiya yutug‘ining ustuvorligini tasdiqlovchi hujjatni (zarurat bo‘lganda);
|
8.
|
talabnoma beruvchining seleksiya yutug‘ini sinovdan o‘tkazish uchun materialni belgilangan muddatda ixtisoslashtirilgan tashkilotga taqdim etish majburiyatini;
|
9.
|
talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilganida ularga berilgan ishonchnomani;
|
10.
|
patent boji belgilangan miqdorda to‘langanligini yoxud patent boji to‘lashdan ozod qilish, shuningdek uning miqdorini kamaytirish asoslarini tasdiqlovchi hujjatni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
|