O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


YUqori texnologik mahsulotlarning marketing xususiyatlari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə65/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

YUqori texnologik mahsulotlarning marketing xususiyatlari
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri innovatsion faoliyat, iqtisodiy rivojlanishning mazkur yo‘nalishida faoilikni ta’minlovchi omillarni, shuningdek, innovatsion jarayonlarni qoilab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar xususiyatlari o‘rganish va ulardan foydalanish hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish haqida yuqorida shakllantrilgan iezis jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi vaziyatda innovatsion o‘sish strategiyasini amalga oshirish ustuvor hisoblansada, bir qator sabablarga ko‘ra bugungi kunda uni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun mamlakat korxonalari hamkorlar e’tiborini jalb qilish o‘zaro raqobatlashishi lozim. Buning uchun nima sababdan xorijiy firmalar strategik ittifoq va hamkorlikka qadam qo‘yishini aniq tasavvur etish lozim.

24-MAVZU. INNOVATSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH TIZIMI
Innovatsiya loyihasining asosiy maqsadlaridan biri – korxona yuqori sifatga ega bo‘lgan kerakli miqdorda mahsulot ishlab chiqarish layoqatiga ega ekanligini raqobatchilarga isbotlashdan iborat.
“Innovatsion loyiha” tushunchasi bir qancha nuqtai nazardan qaralishi mumkin:
– innovatsion maqsadlarga erishishga xizmat qiladigan tadbirlar yig‘indisi sifatida;
– innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayoni sifatida;
– ushbu tadbirlarni asoslovchi va bayon qiluvchi hujjatlar paketi sifatida.
Ushbu uch jihatlar innovatsion loyihaning innovatsion faoliyatini tashkil qilish va maqsadli boshqarish shakllari sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
SHunday qilib, innovatsion loyiha – bu resurslar, muddatlar va ijrochilar bo‘yicha o‘zaro bir-birini asoslaydigan hamda o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan, ilm-fan va texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarida muayyan maqsadlar (vazifalar)ga erishishga qaratilgan jarayonlarning murakkab tizimidir.
Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ularni moliyaviy asoslash va investitsiyalash muhim ahamiyatga ega. Bunda loyihaviy moliyalashtirish jarayonlari nuqtai nazaridan o‘ziga xos xususiyatlarga ega innovatsion loyihalarni farqlash kerak:
a) investitsion loyihalar, masalan, yangi sanoat ob’ektlari qurilishiga (energetika, transport, aloqa va h.k.) yirik kapital qo‘yilmalar;
b) ilmiy-texnik (innovatsion) – ilg‘or texnologiyalar, yangiliklar, mahsulotlar va xizmatlar.
Ushbu ikki xil loyiha o‘rtasida muhim farqlar mavjud:
1. Sanoat ob’ektlariga kapital qo‘yilmalar haqidagi mavjud moliyaviy axborot, hattoki eng oddiy ilmiy-texnik loyihalarga qaraganda, ayniqsa, ularning erta bosqichlarida, ishonchliroqdir;
2. Innovatsion ilmiy-texnik loyihalar mavhumlikning yuqori darajasiga ega ekanligi bilan farq qilib, ular shunday afzallikka egaki, ular ishlanmaning erta bosqichidayoq katta bo‘lmagan moliyaviy yo‘qotishlar bilan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin;
3. Ilmiy-texnik loyihalarda axborot investitsiyaviy loyihalarga qaraganda ko‘proq cheklanganligi va mos emasligi bilan farq qiladi. Bu esa mustaqil ekspertlarning loyihalarini baholash bo‘yicha fikrlarini korrelyasiyalashni nihoyatda qiyinlashtiradi;
4. Innovatsion loyihalar ko‘p mezonliligi va yuqori darajali mavhumliligi bilangina farq qilmasdan, balki sifatli baholash bo‘yicha ham farqlanadi.
“Loyiha” tushunchasi bilan bir qatorda, “innovatsion dastur” degan tushuncha ham mavjud. Bu tushunchalar o‘zaro chambarchas bog‘langan. Dastur – bu loyiha shakllaridan biri, dasturlash esa (dasturni shakllantirish) – loyihalar hayot sikli bosqichlaridan biri bo‘lsa-da, ularning xususiyatlari anchagina farqlanadi, dastur qo‘shimcha qator yangi xususiyatlarni orttiradi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin