O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


INNOVATSIYALARNING IQTISODIY AHAMIYATI(4 SOAT)



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə36/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

INNOVATSIYALARNING IQTISODIY AHAMIYATI(4 SOAT)


  1. MAVZU: KORXONANING INNOVATSION SALOHIYATI

Korxonaning innovatsion salohiyati elementlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • moddiy-texnik resurslar;


  • moddiy va nomoddiy aktivlar;


  • moliyaviy resurslar;


  • tashkiliy resurslar;


  • kadrlarga oid resurslar;


  • ijtimoiy-ruhiy omillar.


SHundan kelib chiqib, korxona innovatsion jarayonlarni tashkil etish uchun ixtiyorida quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:


  • g‘oya va ishlanmalarni moliyalashtirish uchun etarli pul mablag‘lar;


  • yangi mahsulotni yaratish va ommaviy ravishda ishlab chiqarish uchun tegishli moddiy-texnika bazasi;


  • yangiliklarni amalga oshirish va uni joriy etish uchun qobiliyatli xodimlar;


  • har qanday innovatsion jarayon asosida yotuvchi original (rasman) g‘oyalarni ishlab chiqish imkoniyati.


Mamlakatimiz korxonalaridagi ko‘p yillar davomida mavjud bo‘lgan


rejalashtirish amaliyotining tahlili uni korxona rejasini ishlab chiqishga emas, balki shakllantirib bo‘lingan rejaviy vazifani bajarishga
qaratilganligini ko‘rsatadi. Bu avvallari sanoat korxonalari faoliyat
yuritgan ob’ektiv sabablar, hamda iqtisodiyotni rivojlanishining oldingi bosqichida korxonalar oldida turgan vazifalar bilan izohlanadi. CHamasi bunday amaliyot xo‘jalik yuritishning hozirgi sharoitlariga mos kelmasa kerak.
Hozirgi paytdagi korxona iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan murakkab
holat avval amalda bo‘lgan boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik tizimi
bilan bog‘liqdir. U resurslarni ishlab chiqarishning haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olmasdan markazlashtirilgan holda rejalashtirish va taqsimlash, davlat byudjeti hisobidan ishlab chiqarish investitsiyalarini tekinga moliyalashtirish, ishlab chiqaruvchilarning yakka hokimligi, mulkchilikning davlat shaklidan farqlanuvchisining yo‘qligi va xo‘jalik yuritishning bir turdagi shaklarini ko‘zda tutadi. YAna quyidagilar mavjud bo‘lgan: boshqaruvning ko‘p bosqichi tuzilmasi va faoliyatning yakuniy natijalaridan olingan daromadlar va investitsiyalar bog‘liqligini yo‘qligidan kelib chiqqan muassasaviy uzilish va ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining ajralib qolishi.
YUqorida sanab o‘tilgan sabablar, hamda xo‘jalik aloqalarining uyg‘unligini buzilishi bilan bog‘liq bir qator boshqalar qayta ishlab chiqarishning har xil sohalari va xo‘jalik sohalarida mutanosibsizlikni
keltirib chiqargan, defitsitni chuqurlashuvi va ishlab chiqarish intizomini
pasayishi mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul va iste’mol bozori va pul
muomalasidagi holatni keskinlashuviga sabab bo‘lgan innovatsion sohada
tanazzul paydo bo‘lishiga ko‘maklashganlar.
Ko‘rsatib o‘tilgan muammolar va murakkabliklar vujudga kelgan
sharoitlarga adekvat startegiyani, korxonani rivojlanishini shakllantirishga imkon beruvchi haqiqiy rejalashtirishga ehtiyojni kuchaytiradi.
Strategik innovatsion rejalashtirish bozor turidagi iqtisodiyot sharoitida korxonadagi rejalashtirishning umumiy tizimidagi tizimga
bo‘ladi. Korxonadagi strategik innovatsion rejalashtirishning ob’ekti innovatsion faoliyatdan iborat bo‘ladi, uni ko‘rib chiqa turib, quyidagilarni aytish mumkin:

  • Hozirgi sharoitlarda korxonadagi innovatsion faoliyat strategiyasi innovatsion strategiyalarni korxonani rivojlanishining asosiy maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Resursli ta’minlash va xatar omilini hisobga olish, Tashqi muhitning holati va shaxsiy innovatsion imkoniyatlarni oldindan bashoratlash va mustaqil ishlab chiqishning ob’ektiv zaruriyati pishib etilgan;


 ehtimol bo‘lgan katta foydani olish maqsadlarida yangi raqobatbardosh


mahsulotni yaratish va uni texnika va texnologiyalarning zamonaviy darajasida ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy – texnik siyosatniishlab chiqish va amalga oshirish innovatsion faoliyatning asosiy mazmuni bo‘lib qolgan;
 innovatsion strategiyani amalga oshirishda ITTKI ning strategik ahamiyati o‘sadi, va shuning bilan bir vaqtda ularni amalga oshirishdagi xatar darajasi oshadi;
 innovatsion faoliyat korxonadagi faoliyatning qolgan barcha turlari va hammadan avval, ishlab chiqarish va marketing bilan birgalikda amalga oshiriladi. Innovatsion strategiya, korxonaning strategiyasi, iqtisodiy holati, ilmiy – texnik salohiyati, ilmiy – texnik vazifalar portfeli va bu vazifalarning o‘zlarining bir birlari bilan bog‘lovchi har xil bog‘liqliklarni baholash va tahlil qilishning uzluksiz jarayoni natijasidan iborat bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbarga yaxshi mahsulotga ega bo‘lish
etarli emas, u raqiblardan orqada qolmaslik uchun yangi texnologiyalarni
paydo bo‘lishi orqasidan e’tibor bilan kuzatishi va ularni o‘z firmasiga
tadbiq etishni rejalashtirish kerak. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun
bir qator strategik vositalar mavjud.
Strategiyani qarorlar qabul qilish jarayoni sifatida belgilash mumkin. Uni tanlash rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatning boshqa shakllarini o‘tkazishni belgilab beradi.
Strategik rejalashtirish quyidagi ikkita asosiy maqsadni ko‘zlaydi:
1. Resurslarni samarali taqsimlash va foydalanish. Bu ichki strategiya deb ataluvchidir. Sarmoyalar, texnologiyalar, odamlar kabi cheklangan resurslardan foydalanish rejalashtiriladi. Bundan tashqari yangisohalardagi korxonalarni xarid qilish, istiqbolsiz sohalardan chiqish, korxonalarning samarali “portfeli” investitsion takliflar majmuasini shakllantirish amalga oshiriladi.
2. Tashqi muhitga moslashish. Quyidagi vazifa qo‘yiladi: tashqi omillar (iqtisodiy o‘zgarishlar, siyosiy omillar, demografik vaziyatlar va boshqalar) ni o‘zgarishiga samarali moslashishni ta’minlash. Strategiyani ishlab chiqish tashkilotning umumiy maqsadini shakllantirishdan boshlanadi. Maqsadni qo‘yilishi firmaning tashqi muhit, bozor, iste’molchi bilan aloqalarida muhim rol o‘ynaydi.
Umumiy maqsad quyidagilarni hisobga olishi kerak:
 firma faoliyatining asosiy yo‘nalishi;
 tashqi muhitdagi ishchi tamoyillar (savdo iste’molchiga
munosabat, ishga doir aloqalarni olib borish tamoyillari);
 tashkilotning madaniyati, uning an’analari, ishchi muhit;
 “sifatni umumiy boshqarilishi” ni qamrab olish.
Keyingisi bozor munosabatlarini rivojlanishida g‘oyatda dolzarb
bo‘ladi.
Tashqi muhitdagi jarayonlar va o‘zgarishlar firmaga hayotiy muhim
ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi muhit bilan bog‘liq asosiy omillar – bu iqtisodiyot, siyosat, bozor, texnologiya, raqobatdir. SHuning uchun asosiy
raqiblarni belgilash va ularning bozordagi o‘rinlari (bozordagi ulushi,
sotishlar hajmlari maqsadlari va h.k)ni aniqlash zarur, raqiblarning
kuchli va kuchsiz tomonlarini sinchiklab o‘rganish va ularning natijalarini shaxsiy ko‘rsatkichlar bilan solishtirish raqobat kurashi strategiyasini yaxshiroq o‘ylab ko‘rishga imkon beradi.
Ichki muhitning tahlili firma faoliyatidagi kuchli va kuchsiz
tomonlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Strategiya nazariy va empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqotlarning boshlang‘ich nuqtasi bo‘ladi. Tashkilotlar, ularning asosiy qarorlarni qabulqiluvchi rahbarlari o‘zlarini yangiliklardan foydalanish strategiyasi bilan qanchalik bog‘langanlari bilan farqlanishlari mumkin. Agar yuqori rahbariyat yangilik kiritishni amalga oshirishga harakatlarni qo‘llab quvvatlasa, unda uni tashkilotlarda tadbiq etishga qabul qilinishi ehtimoli oshadi. Korxonaning maqsadiga muvofiq strategiya shakllantiriladi.
Tashkiliy loyihalashtirish, yangi modellar va tuzilmalardan foydalanish menejmentining muhim yo‘nalishlaridan bo‘ladi. Kelajak
innovatsion tashkilotlarining xususiyatlari 1- rasmda ko‘rsatilganlar.
Ular tizimchalar va elementlarning sifatini va ularning ochiq tizim sifatidagi tashkilot ichidagi aloqalarini namoyish qiladilar. YAngi turdagi tashkilot mo‘ljallashning ikki o‘qiga ega:
birinchisi – ichki tuzilmalar, elementlar, omillar va tizimchalarning
ichki o‘zaro hamkorligiga. Bu mo‘ljal markazlashtirishni tugatilishi va
bo‘linmalarning mustaqilligiga asoslangan, bu ularning yuqori manyorvchanligi, operativligi, tashkiliy shakllarining ko‘pligi, yangi
usullarining ixchamligini ta’minlaydi.
Ikkinchi o‘qi tashqi muhitga qaratilgan, u uzoq muddatli tendensiyalar, barqarorlikni amalga oshirish bilan bog‘liq. Tizimni tashqi muhitda faoliyat yuritishi. Tashkilotni rivojlanishining bu ikkinchi tendensiyasi sinergik (hamkorlik) samarasini yaratuvchi mexanizmni jipslashishi va maqsadiga qaratilgan birlashishlardan tashkil topuvchi samaralarni ko‘payishidan iboratdir. Bu shuni bildiradiki, u elementlarning oddiy summasidan samaradan ko‘proqdir, ya’ni o‘zini o‘zi rivojlantirishi va takomillashishga asoslangan murakkab tizimlarda, innovatsion tashkilot ham ularga kiradi, katta sinergik (hamkorlik) samarasi kuzatiladi.

Mazmunan olganda, innovatsion jarayon ilmiy bilimlarning innovatsiyaga aylanishi jarayonini o‘zida mujassamlashtirib, uni innovatsion g‘oyalardan aniq mahsulot, texnologiya yoki xizmatlarga qadar o‘zgartirish va amalda foydalanishda tarqaladigan jarayon voqealarining ketma-ket zanjiri sifatida tasavvur qilish mumkin. FTTdan farq qilib, innovatsiya jarayoni joriy etish, ya’ni bozorda yangi mahsulot, xizmatning birinchi marta paydo bo‘lishi yoki yangi texnologiyaning loyiha qiymatigacha etkazilishi bilan yakunlanmaydi.


Xovard Ken va E.Korotkovning ta’kidlashicha, “innovatsion soha innovatorlar, investorlar, raqobatbardosh mahsulotlar yoki xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarning o‘zaro ta’siri tizimini o‘zida mujassamlashtiradi”.
Innovatsion jarayon innovatsiyalarni yaratish, o‘zlashtirish va tarqatish bilan bog‘liq bo‘lib, ularni yaratuvchilar (novatorlar) buyumning hayotiy sikli va iqtisodiy samaradorlik kabi mezonlar bilan boshqaradilar. Innovatsion faoliyat strategiyasi iqtisodiy yoki ijtimoiy sohada betakrorligi tan olinadigan yangiliklarni yaratgan holda raqobatchilardan ilgarilab ketishga qaratilgan.
Har qanday innovatsiyani uni olib boradigan innovatsion jarayonning xususiyatlarini hisobga olib, o‘rganish lozimligidan kelib chiqilsa, ilmiy-texnik yangiligi, ishlab chiqarishga qo‘llanuvchanligi, tijoriy amalga oshiriluvchanligi kabi xossalari uning uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rsatilgan xossalardan istalganining mavjudmasligi xususiylashtirilgan korxona darajasidagi innovatsion jarayon pirovard natijalarida salbiy aks etadi.
Innovatsion jarayonning ilmiy-texnik yangiligi, ishlab chiqarishga qo‘llanuvchanligidan farq qilib, tijoriy jihati innovatsiyani bozor ishtirokchilarining real ehtiyojlari orqali anglangan iqtisodiy zaruriyat sifatida ta’riflaydi. SHu bilan bog‘liq ravishda innovatsion jarayon tashkilotchilari uning moddiylashtirilishi va tijoratlashtirilishi o‘rtasida aniq chegarani ko‘rishlari zarur. Agar innovatsiya jarayonining birinchi tarkibiy qismi innovatsiyalar, kashfiyotlar va ishlanmalarni sanoat mahsuloti, mehnat buyumlari va vositalari, ishlab chiqarishni tashkil etish texnologiyalarining yangi texnik jihatdan takomillashgan turlariga aylantirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tarkibiy qismi ularning daromad manbaiga aylanishini ta’minlaydi. Demak, ilmiy-texnik innovatsiyalar nafaqat yangiliklarga, balki bozor talabini qondirish layoqati va tovar ishlab chiqaruvchilarga foyda keltirish imkoniyatiga ham ega bo‘lishi kerak.
Innovatsion jarayonda qatnashadigan inson resurslari salohiyatidan samarali foydalana olish layoqati innovatsion korxonalar izchil faoliyat yuritishining zaruriy sharti hisoblanadi. Quyidagi 2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, innovatsion jarayonlarni amalga oshirish samaradorligiga quyidagi guruh omillari ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatadi.




  1. Yüklə 0,53 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin