O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti abdirashidov A., Babayarov A. I



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/69
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
AbdirashidovA.BabayarovA.I.Hisoblashusullari1-qism2018

Modellar klassifikatsiyasi. 
Modellarni klassifikatsiyalashning belgilari:
qo‘llanilish sohasi; vaqt omili va qo‘llanilish sohasini hisobga olish; ifodalanish uslu-
bi bo‘yicha klassifikatsiyalash; bilimlar sohasi (biologiya, tarix, ijtimoiy va hokazo). 
Ana shu me’zonlarlar bo‘yicha modellarni to‘laroq qarab chiqamiz. 
1.
Qo‘llanilish sohasi:
o‘quv modellari
(masalan, ko‘rgazmali qo‘llanmalar; 
o‘rgatuvchi dasturlar; har xil trenajerlar); 
sinov modellari 
(masalan, kemaning cha-
yqalishdagi ustivorligini aniqlash uchun hovuzda uning modeli sinovdan o‘tkaziladi); 
ilmiy-texnik modellar 
(hodisa va jarayonlarni tadqiq qilish uchun yaratiladi, masalan, 
elektronni tezlatgich uskuna; chaqmoqning zaryadini imitatsiya qiluvchi qurilma; tel-
evizorni sinash uchun stend); 
o‘yinli modellar 
(masalan, harbiy, iqtisodiy, sport, 
ishbilarmon o‘yinlari); 
imitatsion modellar 
(real borliqni akslantiribgina qolmasdan


10 
uni imitatsiya qiladi (xuddi uni o‘zidek aks ettiradi), masalan, tabiiy holatdagi voqey-
likning oqibatlarini o‘rganish va baholash uchun yoki har xil sharoitlarga qo‘yilgan 
ko‘plab o‘xshash obyektlar bilan bir vaqtda o‘tkaziladigan tajriba.
 
2.
Vaqt omili va qo‘llanilish sohasini hisobga olish

statik model
– bu obyekt 
bo‘ylab bir vaqtning o‘zidagi kesimlar (
Misol
: Faraz qilaylik bemor stomatologik 
poliklinikaga tish milkini davolatish uchun keldi. Shifokor bemorni ko‘rikdan 
o‘tkazdi va barcha ma’lumotlarni kartochkaga yozib qo‘ydi. Kartochkada yozilgan 
yozuvlar ayni shu daqiqada og‘iz bo‘shlig‘ining holatini tavsiflaydi (masalan, sut 
tishlari soni; doimiy, plombalashtirilgan, yemirilgan va olib tashlangan tishlar soni) 
va statistik model hisoblanadi); 
dinamik model –
boshlang‘ich holati berilgan
 
obyektning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini ko‘rish imkonini beradi (
Misol
: Yuqoridagi 
misolda keltirilgan bemorning tishlarida ma’lum bir vaqt oralig‘ida yuz bergan 
o‘zgarishlarni ifodalovchi kartochka).
 
3.
Ifodalanish uslubi bo‘yicha klassifikatsiyalash

moddiy modellar
yoki, 
boshqacha aytganda, 
predmetli

fizik modellar
(Ular har doim asl nusxaning ge-
ometrik va fizik xossalarini akslantiradi va har doim haqiqiysini ifodalaydi. 
Misol

bolalar o‘yinchoqlari. maktab qo‘llanmalari, fizik va kimyoviy tajribalar, geografik 
xaritalar; quyosh tizimi va yulduzli osmonning sxemasi va shu kabi. Moddiy model-
lar obyektni, hodisalarni va jarayonlarni o‘rganishga moddiy yondashuvni (teginish, 
hidlash, ko‘rish, eshitish mumkin bo‘lgan) ifodalaydi); 
axborotli modellar
faqat ax-
borotlardangina tuzilgan, shuning uchun ularga teginib yoki ularni ko‘rib, his qilib 
bo‘lmaydi (bu modellashtirish usulining asosida haqiqiy muhitni o‘rganishga axbo-
rotli yondashuv yotadi).
 
Axborotli modellar
– bu obyekt, jarayon va hodisalarning xossalarini va holatini 
hamda ularning tashqi olam bilan o‘zaro aloqasini ifodalovchi axborotlar to‘plami. 
Ifodalanishiga ko‘ra bunday modellarning ko‘rinishlari: 
geometrik
(grafikli shakllar; 
hajmiy qurilmalar); 
og‘zaki
(tasvirlardan foydalanilgan yozma va og‘zaki tavsiflar); 
matematik
(obyetlar yoki jarayonlarning har xil parametrlari bog‘lanishini akslantiru-
vchi matematik formulalar); 
tuzilmali
(sxemalar; grafiklar; jadvallar va shu kabi);
mantiqiy
(hayoliy va shartlar tahlili asosida amallarni tanlashning har xil variantlari 
ifodasi); 
maxsus
(notalar; kimyoviy formulalar va shu kabi); 
kompyuter
va 
nokompyuter
modellar. 
Obyekt yoki jarayonni ifodalovchi axborot har xil vositalar bilan har xil hajmda 
va shaklda tasvirlanishi, ifodalanishi mumkin. Bu ko‘p xillik shunchalik cheklanma-
gan, inson va uning hayoloti imkoniyatlariga nisbatan shunchalik ulkan bo‘lishi 
mumkinki, hatto ba’zida uni tasavvurga ham sig‘dirib bo‘lmaydi. 
Axborotli modellarni belgili va verbal modellarga ajratish mumkin: 
belgili mod-
el
bu maxsus belgilar, ya’ni ixtiyoriy formal til vositalarida ifodalangan axborotli 
model (bu rasmlar, matnlar, grafiklar va sxemalar; belgili modellar qo‘llanilish uslu-
biga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: kompyuter va nokompyuter modellar); 
verbal 


11 
model
(lotincha "verbalis" – og‘zaki) – bu hayoliy yoki so‘zlashuv shaklidagi axbo-
rotli model (bu modellar o‘ylash va aqlan idrok qilish natijasida olinadi; bu modellar 
fikran yoki so‘zlarda ifodalanishi mumkin. 
Misol
: Ko‘chani kesib o‘tayotgan odamn-
ing holati modeli. Odam yo‘ldagi vaziyatni (svetofor nimani ko‘rsatayotganini, ya-
qinlashib kelayotgan avtomobillarning tezligini, ularning uzoqliligini va hokazo) 
tahlil qiladi va u o‘zining holati modelini tanlaydi. Agar vaziyat muvaffaqiyatli 
modellashtirilsa, u holda ko‘chani kesib o‘tish yo‘lovchiga xavfsiz, aks holda esa 
vaziyat uning hayotiga xavf solishi mumkin. Bunday modellarga ixtirochining miya-
sida yaratgan g‘oyasini, kompozitorning miyasida tug‘ilgan musiqiy mavzu va 
rifmni, shoirning miyasida eshitilgan ritmni misol qilib keltirish mumkin). 
Belgili va verbal modellar, odatda, o‘zaro bog‘langan. Inson miyasida tug‘ilgan 
g‘oyalar belgili shakllarga ko‘chirilishi mumkin, va aksincha, belgili model inson 
miyasida ishonchli hayoliy ifodalanishi mumkin. Bu ikki guruh modellarining nomi 
(moddiy va axborotli modellar) ham ularning nimalardan tuzilganligini ifodalaydi. 
Kompyuter modeli
– bu hayotiy jarayon yoki hodisaning kompyuter vositalari 
yordamida tuzilgan modeli bo‘lib, uning belgili (masalan, matematik model, 
namoyish va imitatsiya dasturlari) yoki axborotli turi ham bo‘lishi mumkin. 
Kompyuter modellarini tuzishda tizimli yondashuvdan foydalaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin