O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti abdirashidov A., Babayarov A. I



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/69
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
AbdirashidovA.BabayarovA.I.Hisoblashusullari1-qism2018

Modellar turlari. 
Modellar qandaydir fizik obyektlar yordamida tadbiq qilinishi 
– 
moddiy
(
fizik
)
modellar
dan iborat bo‘lishi va biror formallashgan tilda ifoda-
lanuvchi abstrakt obyektlar – 
abstrakt modellar
sifatida berilishi mumkin. 
 
Moddiy 
(
fizik
)
model
deb, odatda, originalga ekvivalent yoki o‘xshash, ammo 
boshqa fizik tabiatga ega tizimga aytiladi. 
Abstrakt modellar
jumlasiga modellashtirish obyektini tavsiflaydigan matemat-
ik ifodalar kiritilishi mumkin. Ular matematik modellar sinfiga tegishli. Tizimni ab-
strakt ifodalash vositalariga kimyoviy formulalar, sxemalar, chizmalar, xaritalar, dia-
grammalar va shu kabilar tilini kiritish mumkin.
Moddiy 
(
fizik
)
modellarning ko‘rinishlari
: tabiiy; kvazitabiiy; masshtabli; 
analogli. 
Tabiiy modellar
- bu real (moddiy) tadqiq etilayotgan tizimlar (maketlar, tajriba 
nusxalari). Ular orginal bilan to‘liq adyekvatlik (moslik) xususiyatiga ega, ammo 
qimmat. 
Kvazitabiiy modellar
– tabiiy va matematik modellar majmuasidan iborat. 
Bunday ko‘rinishdagi modellardan tizim qismining modelini, uning tavsifi murakkab 
bo‘lgani uchun, matematik ifodalab bo‘lmagan holda (inson model operatori) yoki 
tizimning bir qismi boshqa qismlari bilan o‘zaro bog‘lanishda tadqiq qilinishi kerak 
bo‘lib, ammo ular hali mavjud emas yoki ularni qo‘llash qimmatga tushadigan holda 
foydanaliladi (hisoblash poligonlari, boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi). 
Masshtabli modellar
– fizik tabiati orginal kabi bo‘lgan, lekin undan masshtabi 
bilan farqlanadigan tizimlardir (kichiklashtirilgan obyektlar, obyektlarning hara-
katlanuvchi modellari). Masshtabli modellashtirishning metodologik asosini 
o‘xshashlik nazariyasi tashkil etadi. 
Analogli modellar
 
deb orginaldan farq qiladigan fizik tabiatga ega bo‘lgan, lekin 
faoliyat jarayoni bilan orginalga o‘xshash tizimlarga aytiladi. Anologli modelni hosil 
qilish uchun o‘rganilayotgan tizimning matematik tavsifi kerak. Anologli modellar 
sifatida mexanik, gidravlik, pnevmatik va elektrik tizimlar qo‘llaniladi.
Matematik model
– berilgan obyektning muayyan xossalarini o‘rganish maqsa-
dida uning tadqiqotchi-subyekt tomonidan qandaydir formal (matematik) tizim 
yordamida quriladigan obrazidir.
Matematik model
– bu tadqiq qilinayotgan obyekt-original xossalarining ma-
tematika tilida ifodalanishidir. Masalan, maktab matematika kursidan yaxshi ma’lum 
Pifagor teoremasi to‘g‘ri burchakli uchburchak tomonlarining metrik xossasini tavsi-
flaydi, shuning uchun uni shunday uchburchakning matematik modeli sifatida qarash 
mumkin. Matematik modelni qurish uchun barcha matematik vositalar – algebraik, 
differensial, integral tenglamalar, to‘plamlar nazariyasi, algoritmlar nazariyasi va shu 
kabilar qo‘llanilishi mumkin. Umuman olganda, matematika fanini obyekt va ja-
rayonlarning modellarini qurish va tadqiq qilishdan iborat ilmiy faoliyat natijasi deb 
hisoblash mumkin.



Matematik modellar quyidagi uch xil yo‘l bilan hosil qilinadi: 
real obyekt yoki 
jarayonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganish natijasida

deduksiya jarayoni natijasida
(yangi model biror umumiy modelning xususiy holi sifatida paydo bo‘ladi); 
induksiya 
jarayoni natijasida
(yangi model elementar modellarning umumlashmasi sifatida 
paydo bo‘ladi).
Hozirgi paytda, axborot texnologiyalari tadbiq sohasining kengayishi natijasida 
modellar ularni tasvirlash usuliga ko‘ra 
moddiy
yoki 
tabiiy 
(masalan, samolyotning 
radioboshqaruvli modeli; kubning hajmiy modeli) va 
axborotli modellar 
(masalan, 
Nyuton qonuni; kub chizmasi; dasturlash tilidagi datur) ga ajratiladi.
Real jarayonlarni tadqiq qilishda imitasion modellar ham faol qo‘llaniladi. 
Imitasion modellar
- tizim va unga tashqi ta’sirlarning tavsifi, tizim faoliyatining 
algoritmlari yoki tizim holatining tashqi va ichki ta’sirlar natijasida o‘zgarish qoidala-
ri to‘plami (boshqacha aytganda, obyekt, jarayon, hodisa haqidagi zaruriy axbo-
rotlarni o‘z ichiga olgan miqdorlar to‘plami) demakdir. Bu algoritm va qoidalar ma-
tematikaning analitik va sonli yechish usullarini qo‘llashni bildirmaydi, ammo ular 
tizimning faoliyat jarayonini imitasiya qilish (ifodalash) va uning kerakli xarakteris-
tikalarini hisoblash imkonini beradi. Imitasion modellarni qurishda hisoblash tizim-
laridan foydalanilgani uchun imitasion modellarni formal ifodalash vositalari sifatida 
universal va maxsus algoritmik tillar qo‘llaniladi. Imitasion modellar tizim holatining 
ma’lum vaqt oralig‘idagi o‘zgarishini «qayta ifodalaydi». Bunga vaqt bo‘yicha 
taqsimoti tizim holatining o‘zgarishi haqida muhim axborot beradigan hodisalar qato-
rini identifikasiya qilish (aniqlashtirish) yo‘li bilan erishiladi. Imitasion model-
lashtirish usulini tadbiq qilish uchun EHMda hisoblash jarayonini tashkil qilish kerak. 
Imitasion modellar analitik va sonli usullar qo‘llanadigan hollarga qaraganda obyekt 
va jarayonlarining juda keng sinflari uchun yaratilishi mumkin. 
Model ko‘rinishini tanlash o‘rganilayotgan tizim va modellashtirish maqsadin-
ing o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq holda aniqlanadi. Chunki modelni tadqiq qilish 
faqat muayyan bir savollar guruhiga javob berish imkonini beradi. Boshqa zarur 
ma’lumot olish uchun esa boshqa ko‘rinishdagi model kerak bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin